Axborot tashuvchilari 2 turga bo‘linadi. Ular bir marta foydalanishlik (qog‘oz, termoqog‘oz, fotoqog‘oz, fotolenta, fotoplyonka, perfolenta, perfokarta) va ko‘p marta foydalanishlik (magnit qoplamali, optik qoplamali) bilan farqlanadi.
Texnologiya o‘zi nima?
Texnologiya - so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, mahorat, ko‘nikma kabi ma’nolarni anglatadi. Mohir trener-pedagog bo‘lish uchun zo‘r mutaxassis bo‘lish bilan birgalikda, yuqori darajadagi san’atkor, ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lgan ustoz bo‘lishlari talab qilinadi.
Texnologiyani qo‘llash jarayonsiz sodir bo‘lmaydi. Demak, jarayon orqali texnologiya tadbiq etiladi va bajariladi.
Jarayon - deganda qo‘yilgan maqsadga erishish borasidagi barcha harakatlar majmuasi tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |