1-mavzu: Avtomobil transport harakat tarkibi


-mavzu: Rul boshqarmasining vazifasi, asosiy qismlari



Download 1,44 Mb.
bet66/77
Sana01.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#301154
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
Avtomobil tuzilishi

37-mavzu: Rul boshqarmasining vazifasi, asosiy qismlari
Reja
1. Rul boshqarmasining vazifasi

2. Rul boshqarmasining tuzilishi

3. Rul boshqarmasining ishlash uslubi

Rul boshqarmasi avtomobil harakatlanganda old g’ildiraklarni burish yo’li bilan uning yo’nalishini o’zgartiradi va yurishini haydovchi belgilangan yo’sinda saqlash uchun xizmat qiladi. Rul boshqarmasi avtomobilning aniq va qulay boshqarilishini ta’minlash uchun old g’ildiraklariga tushadigan siltanish va turtkilarni rul chambaragiga uzatmasligi hamda haydovchining avtomobilning kam kuch sarflabyengil boshqarishga imkon yaratishi kerak. Buning uchun rul chambaragini burish uchun sarflanadigan kuch va uning burilishi burchagi belgilangan kattalikda cheklangan bo’lishi lozim. Bundan tashqari rul boshqarmasi oldingi g’ildiraklarning burilishini belgilangan tizim asosida boshqarib avtomobilning xavfsizligini oshirgan holda aniq va ishonchli ishlashini ta’minlishi kerak. Shuningdek, g’ildiraklar burilishida uning g’ildirakshi sirpanishga olib kelmasligi lozim. Chunki sirpanish burilishini birmuncha qiyinlashtiradi va shinalarningyeyilishini tezlashtiradi. Avtomobil burilayotganda haydovchi tomonidan belgilangan yo’nalish bo’ylab yurishi uchun uning barcha g’ildiraklari yoniga sirpanmasdan aniq belgilangan yo’nalishda g’ildirashi lozim. Buning uchun g’ildiraklar avtomobil keyingi ko’prigining geometrik o’qi davomida yotuvchi bitta markazdan hosil qilingan chiziq bo’ylab g’ildirashi va avtomobil burilayotganda old g’ildiraklar har xil burchakka burilib, o’zlarini yoy chiziqlari bo’yicha harakatlanishi kerak.

Rul boshqarmasi rul mexanizmi bilan rul yuritmasidan tashkil topgan bo’lib, uning soddalashgan sxemasi rasmda keltirilgan.

Boshqariluvchi g’ildiraklar burish tsapfasi 3 va 13 ga o’rnatilgan bo’lib, tsapfalar o’z navbatida oldingi o’q 2 ga sharnirli ravishda shkvoren 14 bilan biriktirilgan. Burish tsapfalari o’zaro yana richaglar 1, 6 va 4 hamda bo’ylama tortqi 7 va 5 bilan ham ulangan. Rul chambaragi 12 ning burilish momenti kolonka 11 ichida joylashgan val 10 orqali rul mexanizmining chervyak - rolik 9 birikmasiga borib, soshka 8 ga o’tadi, undan bo’ylama tortqi 7 orqali tsapfaning yuqori richagi 1 ga keladi. Chap g’ildirak tsapfa 13 richag yordamida shkvoren 14 atrofida burilib, pastki richagi 6 orqali ko’ndalang tortqi 5 ga harakat uzatadi va bu harakat o’ng g’ildirak tsapfasining richagi 4 ga borib, bu tsapfani shkvoren 14 tegarasida buradi. Natijada boshqariluvchi g’ildiraklar buriladi.yengil va qulay burilish rul boshqarmasining uzatmalar soniga bog’liq. Rul boshqamasining uzatmalar soni deb rul chambaragining burilish darajasining chap va o’ng g’ildiraklarning umumiy burilish burchagining yarim qiymatiga teng bo’lgan nisbatiga aytiladi.

Rul boshqarmasining uzatmalar soni rul mexanizm iva rul yuritmasining uzatmalar soniga bevosita bog’liq bo’lib, ularning detallariyeyilishi tufayli o’zgarib boradi.


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish