27- mavzu: Ramaning vazifasi, tuzilishi va turlari
Reja
1. Ramaning vazifasi
2. Ramaning tuzilishi
3. Ramaning ishlash uslubi
Avtomobilning yurish qismi uning aravasi hisoblanadi. Yurish qismining asosi rama bo’lib, unga avtomobilning barcha agregatlari bikr qilib o’rnatilgan. Yuk avtomobillarida rama ko’tarib yuruvchi vazifasini o’tab, unga ta’sir etuvchi hama kuchlarni qabul qiladi.
Demak, avtomobilda barcha agregat, mexanizm va kuzovni bikr qilib o’rnatishga va ko’tarib yurishga mo’ljallangan qurilmaga rama deb yuritiladi. Ramaga ta’sir etuchi kuchlar dvigateldan g’ildiraklarga uzatilayotgan momentlar va yo’ldan berilayotgan har turli kuchlar bo’lib, bu kuchlar avtomobilga ortilgan yukning vazni, uning yurish sharoiti hamda tezligiga ko’ra o’zgarib turadi. SHuning uchun ramayetarlicha mustahkam va butun agregatlarni joylashtirishga qulay bo’lishi lozim.
Ramaning umumiy tuzilishini ZIL-130 avtomobili misolida tavsif etamiz. Rama ko’ndalang balkalar biriktirilgan ikkita bo’ylama balkadan iborat.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, ramaning asosi ikkita bo’ylama joylashgan balkadan tarkib topgan bo’lib, ulani lonjeron deb yuritiladi.
Lonjeren 7 lar asosan shvellersimon shaklga ega bo’lib, yuklanish ko’proq tushadigan joyi kengroq qilib ishlangan. Ular ko’ndalang balkalar 3, 14, 17, 20, 23 yordamida har joyidan ketma-ket birlashtirilib, bikr to’rtburchak shaklni tashkil qiladi. Ko’ndalang balkalarning kesimi quyi, shveller (P-simon) va qo’shtavr shaklida bo’lishi mumkin. Lonjeron va ko’ndalang balkalar asosan po’latdan qizdirib turib bosim bilan ishlash yo’li bilan yani shtamplash usuli bilan tayyorlanadi. Ular bir-birlari bilan parchin mixlari yordamida biriktirilgan, bu esa ramaningyetarlicha puxtaligini ta’minlaydi. Oldingi ko’ndalang balka 3 ga cheklagich 4 va shatakka olinuvchi ilmoqlar 2, orqa, ko’ndalang balka 22 ga esa shatakka olinuvchi ilmoq 24 biriktirilgan. Shatakka olish qurilmasi tsilindrsimon korpusdan tuzilgan bo’lib, uning ikala uchida tayanch shaybasi bor elastik prujina 25 erkin qo’yilgan. Elastik prujina orqali, shatakka olish ilmog’i 24 ning o’zagi 26 o’tgan.
Tortish kuchini avtomobildan tirkamaga uzatishda tirkamaning avtomobil ustiga chiqib ketishidan ham gayka bilan qotirilgan qayishqoq rezina asraydi.
Yuk avtomobillarining yuk ko’tarish qobiliyatiga va dvigatellarning joylashuv tartibiga qarab ramaning tuzilishi turlicha bo’lishi mumkin. Undan tashqarii avtomobilning turiga qarab ramaga bo’lgan talab tubdan o’zgaradi. Shu sababli rama lanjeronlarining o’rnatilish xolati va shakli turlicha bo’lishi mumkin
(73-rasm). Masalan, lonjeronlar bir-biriga muvoziy, lonjeronlarning bir tomondan oralig’i toraygan, lonjeronlari egilgan shakldagi, ikki pog’onali, umurtqali X-simon, narvonsimon, X-simon shakldagi ko’ndalang to’sinli va umurtqasiomon shakldagi va boshqa turli ko’rinishda joylashgan bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |