11-mavzu: Oddiy karbyurator va uning ishlash uslubi.
Reja
1. Oddiy karbyurator va uning vazifasi
2. Oddiy karbyurator va uning tuzishi
3. Oddiy karbyurator va uning ishlash uslubi.
Zamonaviy karbyuratorlarning ishlashi purkash uslubiga asoslangan xavo oqimi pastdan yuqoriga, oqimi yuqoridan pastga va oqimi yotiq yo’nalgan karbyuratorlar bo’ladi. Xozirgi kunda xavo oqimi yuqoridan pastga yo’nalgan karbyuratorlar eng ko’p tarqalgan. Ularda aralashma qilish ancha sifatli va qulay bo’lib, tsilindrlar yoniuvchi aralashmaga yaxshi to’ladi.
|
Rasmda oqimi yuqoridan pastga yo’nalgan karbyuratorning soddalashgan tasviriy chizmasi keltirilgan, uning ishlash usluli quyidagicha: kiritish taktida porshen 7 yu. ch. n. dan p. ch. n. ga harakatlanayotganda, uning yuqorisida tsilindr bo’shlig’i 6 da siyraklanish hosil bo’ladi, natijada karbyurator quvuri 1 dan o’tayotgan xavo oqimi ta’sirida to’zitgich 15 ning qil teshigidan yonilg’i otilib chiqadi va u xavo
|
bilan aralashib, kiritish quvuri 8 va klapan 5 orqali tsilindrga kiradi. qalqovichli bo’linma 11 da benzin sathining bir me’yorda saqlanishini nazorat qilish uchun ichi kovak qalqovich 12 o’rnatilgan. qalqovichli bo’linmaga kerakli miqdorda yonilg’i to’ldirilganda, qalqovich ninasimon klapan 13 bo’linmaga benzin kiradigan teshikni ochadi. Qalqovichli bo’linma yuqorisidagi teshik 14 bu bo’linmani tashqi muhit bilan birlashtirib, bosimni o’zgartirmaydi. Diffuzor 2 da xavoning tezligi keskin ortib, bosimi kamayadi. To’zitgich 15 dan oqib chiqayotgan benzinning miqdori diffuzordagi siyraklanishga va jiklyor 10 teshigining kesimiga bog’liq va u aralashma tarkibiga ta’sir etadi. Drossel-zaslonka karbyuratorning aralashma o’tadigan qirqimini o’zgartirib, tsilindrga yuborilgan aralashma miqdorini o’zgartiradi. U o’q 4 da buriladigan zaslonka 3 dan iborat. Karbyurator quvurining diffuzor 2 dan drossel-zaslonka 3 gacha bo’lgan qismi aralashtirgich bo’linmasi deb ataladi va unda yonuvchi aralashma qilinadi. YUqorida ko’rib o’tilgan soda karbyurator dvigatelning har xil ish maromida ishlashini qanoatlantirmaydi. Chunki bunday xollarda yonuvchi aralashma keskin kambag’allashadi. Oqibatda beqaror ish maromiga o’tib, o’chib qolishi mumkin. Dvigatelning turli ish maromlarida qanoatlantiradigan yonuvchi aralashma tayyorlash uchun zamonaviy karbyuratorlar konstruktsiyasiga bir qancha qo’shimcha tarmoq va moslamalar o’rnatilgan. Bular yurgizib yuborish tuzilmasi, salt ishlash tarmog’i, asosiy mezonlovchi (dozalovchi) tuzilma, boyitgich hamda tezlatgich moslamalar va boshqalardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |