1-mavzu: Avtomobil transport harakat tarkibi


-mavzu: Nomustaqil osmaning kontruktiv xususiyatlari



Download 1,41 Mb.
bet39/51
Sana17.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#816102
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51
Bog'liq
1-mavzu Avtomobil transport harakat tarkibi

30-mavzu: Nomustaqil osmaning kontruktiv xususiyatlari


Reja

1. Nomustaqil osmaning vazifasi


2. Nomustaqil osmaning tuzilishi
3. Nomustaqil osmaning ishlash uslubi
Nomustaqil osma tajribada ma’lum bo’lgan va ishlatiladigan osmalarning eng qadimgisi bo’lib, shu kungacha asosan yuk avtomobillarida va avtobuslarda, ularning oldingi va ketingi o’qlarida, shuningdek ko’pinchayengil avtomobillarningyetakchi bo’lgan ketingi o’qlarida qo’llanilib kelinmoqda. Binobarin,yengil avtomobillar to’liq yuritmali va o’tag’on bo’lgan xollarida ham nomustaqil osmalar old o’qlari uchun ba’zan ishlatiladi.


31-mavzu: Amortizatorning vazifasi, tuzilishi va ishlash uslubi


Reja

1. Amortizatorning vazifasi


2. Amortizatorning tuzilishi
3. Amortizatorning ishlash uslubi
Ma’lumki, avtomobil notekis yo’ldan yurganda osmaning elastik qismi ressora g’ildiraklariga ta’sir etayotgan turtki va silkinishlardan tebranadi. Bu tebranishlar so’nuvchi bo’lishiga qaramay, muayyan vaqtgacha davom etadi va rama orqali kuzovni o’zgaruvchan silkinish bilan tebrantiradi. Bu nuqsoni yo’qotish maqsadida avtomobil osmasida amortizator ishlatiladi. Amortizator avtomobil harakatlanganda g’ildirakning yo’ldan sapchishini bartaraf qilish, yani yo’l qoplamasi bilan g’ildirakning ilashish darajasini barqarorlashtirib, kuzovning tebranishiga to’sqinlik ko’rsatadi. Shunga ko’ra, amortizator avtomobil harakatlanganda xavfsizlik va qulaylik darajasini ham oshiradi. Avtomobil osmalarida suyuqlik bilan ishlaydigan amortizatorla qo’llaniladi, ularning ishlash uslubi suyuqlikning bir bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa torgina tuynuklar orqali siqib chiqarilishiga ko’rsatilgan qarshilikka asoslanadi.
Amortizator konstruktsiyasi bo’yicha richagli va teleskopli, ishlash uslubi bo’yicha ikki tomonlama va bir tomonlama ishlaydiganturlari bo’ladi. Amortizatorlarning ishlash uslubi bir-birga o’xshash bo’lib, faqat klapan va detallarining ba’zi bir konstruktsiyasi bilan farq qiladi. Richagli amortizatorlar tezligi uncha katta bo’lmagan qattiq osmali eski nusxa avtomobillarda qo’llanilgan. Bunday amortizatorda tebranishlarni so’ndirish darajdasi yaxshi emas. Undan tashqarii vazni katta, tan narxi qimmat, kulachog va richag tayanchiga tushadigan kuchlarning qiymati birdagina ortib borib zarb bilan ishlaydi. Natijada richagli amortizatorlarning ishonchli ishlash darajasi va ishlash muddati teleskopik amortizatorlarga nisbatan ancha past. Shu sabablarga ko’ra bu turdagi amortizatorlar keyingi yillarda avtomobil osmalarida kam qo’llanilmoqda. Avtomobillarda asosan ikki tomonlama ishlaydigan teleskopik amortizatorlar ishlatiladi. Uning asosiy afzalligi ixcham va kam vaznga ega hamda osmada joylashtirish qulay. Undan tashqari osmada hosil bo’lgan tebranishlarni ikki tomonlama va yaxshi so’ndiriladi.

Ikki tomonlama ishlovchi teleskopik amortizatorlarning konsruktsiyasi o’rnatilishi va ishlash uslubi 87-rasmda a va b rasmda keltirilgan. Amortizator korpus 6, tsilindr 7, yo’naltiruvchi tirgak 3 va muxofazalanuvchi qobiq 5 dan iborat. Korpus 6 va yo’naltiruvchi tirgak 3 bir-biriga qopqoq yordamida mahkamlanib, birga harakat qiladi. Uning pastki ichigsha ikki qator teshiklari bor porshen 9 o’rnatilgan porshenning pastki qismi ish tsilindri bo’shlig’i A bo’lib harakat qiladi va salniklar 2 yordamida moy o’tkazmaydigan qilib ishlangan. Silindr 4 ning pastki qismi tuynuk 15 li qopqoq bilan berkitilgan. Markaziy teshikka egarga 16 va prujinali qisqich 13 joylashtirilgan.
Amortizatorlar detallarning birikishi natijasida porshen osti bo’shlig’i B va porshen ustida joylashgan ish bo’shlig’i hamda barqarorlashtirish idishi S hosil bo’ladi. Ular bir-biri bilan siqish 13, kiritish 12 va uzatish 10 platanlari va o’tkazish platani 8 orqali tutashadi.
Amortizatorlar ichiga maxsus moy amortizator suyuqligi quyiladi, bunda suyuqlik barqarorlashtirish bo’shlig’ining yarmigacha bo’lgan satxini qoplagan bo’lishi shart. qolgan xajmi esa moy issiqligidan kengayganida qo’shimcha xajm vazifasini o’taydi. Undan tashqari, bu xol, tashqi muxit harorati 40°S issiq pasayganda moy quyuqlashadi, natijada ish bo’shlig’i A ga havo so’rilishidan asraydi.
Shunday qilib, amortizatorga ta’sir etuvchi siquvchi va cho’ziluvchi kuchlar ta’sirida suyuqlikning bosimi o’zgarib turadi va klapanlarning o’z-o’zidan ochilib va yopilib turishi ta’minlanadi. Klapanlarning suyuqlik bosimiga bo’lgan qarshiligi osmaning ishini ravonlashtiradi.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish