1-mavzu: Avtomobil transport harakat tarkibi


- mavzu: Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorlarining vazifalari va



Download 1,41 Mb.
bet40/51
Sana17.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#816102
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
1-mavzu Avtomobil transport harakat tarkibi

32- mavzu: Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorlarining vazifalari va
ishlash uslubi.


Reja

1. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorlarining vazifasi


2. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorlarining tuzilishi
3. Ko’ndalang turg’unlik stabilizatorlarining ishlash uslubi
Avtomobil harakatlanganda uning qulaylik darajasini yaxshilash uchun xususanyengil avtomobillarda va avtobuslarda o’rnatilgan osma deyarli yumshoq bo’lishi lozim, ammo bunda avtomobil to’g’ri yo’lda yurganda yoki qayirilishlarda burilganda kuzovning to’satdan ko’ndalang og’ish vaziyati yuzaga keladi. Bunday salbiy xolatni yo’qotish maqsadida ko’pinchayengil avtomobillarda va ba’zan avtobuslarda ko’ndalang turg’unlik stabilizatori qo’llaniladi.
Ko’ndalang turg’unlik stabilizatori kuzovning ko’ndalang tekislik bo’yicha tebranishini va og’ishini kamaytirish hamda avtomobilning turg’unligini barqarorlash uchun xizmat qiladi.

Stabilizatorning umumlashgan tasviriy ko’rinishi «Moskvich 412» avtomobili misolida keltirilgan. Stabilizator 4 ko’ndalang kesimli yumaloq P-simon po’lat o’zakdan iborat bo’lib, tagramachaning ikala bo’ylama balkasiga rezina vtulka 3, changak 2, boltlar 1 yordamida qotiriladi. Uning ikkinchi uchi ustunlar 7 yordamida osmaning pastki richagiga metal qobiq 6 va rezina yostiqchalar yordamida biriktirilgan bo’ladi.
Stabilizator avtomobil noo’rin harakatlanganda kuzovning og’ish xolati yuzaga kelgan paytda ishlaydi. Mabodo o’ng g’ildirak pastroqqa tushib, chap g’ildirak nisbatan o’z xolatini o’zgartmasa, kuzov ma’lum burchakka og’adi va stabilizator o’zagi 4 buriladi. Natijada elastik kuch paydo bo’lib, osmaning burchak bikrligi ortadi, kuzovning og’ish burchagi kamayib, avtomobilning turg’unlik va yurish qulayligi yaxshilanadi. Stabilizatorlar asosan mustaqil turdagi osmalarga o’rnatiladi. Stabilizatorlarni qo’llash natijasida avtomobil og’ishi 20-30 foizga kamayadi.


33-mavzu: G’ildirakning vazifasi va tuzilishi


Reja

1. G’ildirakning vazifasi


2. G’ildirakning tuzilishi
3. G’ildirakning ishlash uslubi
G’ildirak avtomobilning o’qi bilan yo’lini uzviy bog’lovchi qismlar majmuasi bo’lib, aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirib beradi. Undan tashqari notekis yo’lda yurganda hosil bo’lgan turtkilarni yumshatadi. Avtomobil g’ildiraklari vazifasiga ko’rayetaklovchi, boshqariluvchi, aralashgan bo’ladi. SHunga ko’rayetakchi g’ildiraklar dvigateldan kuch uzatmasi orqali kelayotgan burovchi momentni aylanma harakatga va aylanma harakatni avtomobilning ilgarilama harakatiga aylantirib beradi.
Yuk avtomobillarida va avtobuslarda diskli yoki disksiz,yengil avtomobillarda esa asosan diskli g’ildiraklar ishlatiladi. g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qism disk orqali gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildiraklar diskli g’ildiraklar deb yuritiladi. Agarda g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qismi bevosita gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildirak disksiz g’ildirak deb ataladi.

Rasmda avtombillarda keng ko’lamda qo’llaniladigan g’ildirakning umumiy ko’rinishi va to’g’inlarning ikki xil konstruktsiyasi keltirilgan.
G’ildirak disk 2, to’g’in 4 ko’priga va shina 3 dan iborat. g’ildirak gupchagi 1 avtomobilning har bir ko’prigi uchun yig’uv birikmasi bo’lib hisoblanadi va u disk 2 ning biriktiruvchi qismlari orqali to’g’in 4 bilan tutashadi.
Yig’ilgan g’ildirak gupchagi 1 ga shpilka yordamida diskning teshigi 6 ga maxkamlanadi, to’g’in 4 ga esa pnevmatik shina kiygiziladi. Diskli g’ildirakning to’g’ini ikki turda bo’ladi: chuqur to’g’inli - yaxlit va tekis to’g’inli - bo’laklarga ajratilgan. YAxlit to’g’inli g’ildiraklaryengil avtomobillarda ishlatilib, unda shinalar joylashtirish uchun botiqcha va bort bor. Tashqi tomonida chegarasibo’yicha mustaxkamligini oshirish uchun qobirg’a 6 ishlangan. Shuningdek, zeb beruvchi qalpoqchani o’rnatishga mo’ljallangan chiqiq 7 qilingan.
Tekis to’g’inli bo’laklarga ajratilgan xili yuk avtomobillarida ishlatilib, u shinani kiygizish qulay bo’lishi uchun bitta borti ajratiladigan qilib yasaladi. Bunda bu bortning ajratiladigan bort halqasi 8 kesilgan qulflar - halqa 9 bilan qotiriladi. To’g’in 4 va disk 2 bir-birga payvandlash yo’li bilan mahkamlangan. Ba’zi bir avtomobillarda bitta bortni batamom ajratib olish mumkin bo’lib, shina joylashtirilganch boltlar yordamida yo’g’iladi. Hozir asosan yuk avtomobillarida va avtobuslarda kengaytirilgan tokchali va disksiz g’ildiraklar ishlatilmoqda. Diskli g’ildiraklarda to’g’in bir oz konussimon qilib ishlangan bo’lib, o’z ichki sirti bilan bevosita gupchakning konussimon o’tqazish sirtiga o’rnatiladi va ayrim qismlar yordamida mahkamlanadi. Shina to’g’inda bort halqasi va qulf - halqa vositasida tutib turiladi. g’ildirak diski gupchakka bolt yoki shpilka yordamida qotiriladi.
Har bir toifadagi avtomobil uchun g’ildirakning quyidagi asosiy ko’rsatkichlari bor: diametri - D, to’g’in eni - V va bort qotirilmasining balandligi - N.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish