1 - mavzu: Avtomobilning umumiy tuzilishi
Reja
Avtomobilning umumiy vazifasi.
Avtomobilning tuzilishi.vazifasi.
Avtomobilning ishlash uslubi.
Zamonaviy avtomobil juda murakkab mashina bo’lib, u bir-biriga bog’liq xolda ma’lum bir vazifani bajaruvchi bir necha mexanizm qurilma va qismlardan tashkil topgan. Ko’pchilik avtomobillarning umumiy tuzilish sxemasi, ularning mexanizm va sistemalarining ishlash uslubi va ish sharoiti bir-biriga o’xshash. Suu sababli avtomobilning umumiy tuzilishini o’rganish uchun ba’zi soddalashtirishlar kiritamiz.
Umuman olganda, avtomobil detallar, birikmalar, mexanizmlar, qurilmalar va tarmoqlar yig’indisidan iborat.
Detal – mexanizm va mashinalarning yig’ish ishlarisiz tayyorlangan ayrim-ayrim qismlari (masalan, bolt, porshen barmog’i, shesternya va xokozo).
Uzel - bir necha detallarning mashina yoki mexanizmda ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi birikma.
Mexanizm – harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o’zgartiruvchi qurilma.
Agregat – bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan xolda ishlovchi qurilma (masalan, avtomobil dvigateli, uzatmalar qutisi, taqsimlash qutisi vayetaklovchi ko’prik)
Tarmoq (sistema) – bitta umumiy vazifani bajaradigan qismlar yig’indisi (masalan, ta’minlash tarmog’i, moylash tarmog’i yoki sovutish tarmog’i va boshqalar).
Avtomobil, konstruktiv xususiyatlari va vazifalaridan qat’iy nazar, asosiy uch qismdan iborat: kuzov, dvigatel va shassi. Shuningdek, avtomobilning elektr jixozlari uchala qismning har birida o’z aksini topganligi sababli u umumlashgan katta va murakkab qismni tashkil qiladi.
Avtomobil kuzovi yuk tashish yoki yo’lovchilarni joylashtirish vazifasini bajaradi. Ko’pchilikyengil avtomobil va avtobuslar kuzovlarining qattiq va puxta ishlangan asosi rama vazifasini o’taydi. Bunday kuzovlar ko’taruvchi kuzov deb ataladi. YUk avtomobillarining kuzov qismida yuk tashishga mo’ljallangan saxni (platforma) dan tashqari, xaydovchining kabinasi bo’ladi, u dvigatelning orqasida (GAZ 53A, ZIL -130) yoki dvigatelning ustida (GAZ – 66, MAZ – 5335, KamAZ - 5320) joylashadi.
Avtomobilning umumiy tuzilishi va mexanizmlarining joylashuvini aniq tasavvur qilish maqsadida, transport vositasi sifatida keng tarqalgan ikki o’qli, dvigateli shassining old qismida joylashgan avtomobil (uning kuzovi shartli ravishda olib tashlangan) bilan tanishib chiqamiz.
Dvigatel 1 avtomobilning harakatlanishi uchun zarur bo’lgan mexanik energiya qiluvchi manba bo’lib xizmat qiladi. Mexanik energiya esa dvigatelda yonilg’i yonishi natijasida bo’lgan ximiyaviy energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi natijasida bo’ladi. Dvigateldan olingan mexanik energiya bir qator mexanizm va agregatlar orqaliyetakchi g’ildiraklargayetkazib beriladi. Zamonaviy avtomobillarda, asosan, porshenli ichki yonuv dvigatellari o’rnatiladi (karbyuratorli yoki siqish natijasida o’z-o’zini alangalanuvchi dizel dvigatellari).
Do'stlaringiz bilan baham: |