1-MAVZU. ASFALTBETON VA SEMENTBETON
QOPLAMALARINI QURISH.
REJA:
1.
Asfaltbeton qorishmalarining turlari.
2.
Ishlatilish soxalari va ularga qo‘yilgan talablar.
3.
Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash texnologik jarayonlari.
4.
Asfaltbeton qorishmalarini turlari.
5.
Asfaltbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari.
6.
Asfaltbeton tarkibini tanlash.
7.
Issiq asfaltbeton aralashmalaridan qoplamalar qurilishi.
8.
Asfaltbeton qoplamalarini qurishning texnologik xaritasi.
9.
Sovuq asfaltbetonga qo‘yilgan talablar. Sovuq asfaltbetondan qoplama qurish
texnologiyalari.
10.
Qoplama ustki yuzasiga ishlov berish texnologiyasida himoya va emirilish
qatlamlarini qurish.
11.
Asfaltbeton qoplamalarini qurishda texnik nazorat va ishlarni qabul qilish.
12.
Sementbetonning tarkibini tanlash. Sementbeton qoplamali yo‘l to‘shamalari
konstruksiyalari.
13.
YAxlit sementbeton qoplamalarini qurish texnologik jarayonlari. Ko‘ndalang va
bo‘ylama choklar.
14.
Sementbeton qoplamasini qurish texnologik xaritasi.
15.
Yig‘ma sementbeton qoplamalarini qurish texnologik jarayonlari.
16.
Sementbeton qoplamalarini qurishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar
otryadini shakllantirish.
17.
Sementbeton qoplamalarini qurishda sifat nazorati.
Tayanch iboralar:
Asfaltbeton, issiq va sovuq asfaltbeton, qorishma, qorishmalarni
tayyorlash, yo‘l to‘shamasi konstruksiyasi, sovuq asfaltbeton, ustki yuzaga ishlov
berish, texnik nazorat, sementbeton, sement markalari, beton sinflari, qotish davri,
parvarishlash, yaxlit s/b, yig‘ma s/b.
Qattik bo‘lmagan turdagi yo‘l to‘shama lari konstruksiyalarini tanlashda
quyidagi fikrlarga tayaniladi:
Yo‘l to‘shama larining barcha qatlamlarida oldindan ishlov berilgan va
maxkamlangan maxalliy tosh va bog‘lovchi materiallar keng qo‘llanilishi kerak.
Maxkamlangan gruntlardan bo‘lgan asoslar samarali xisoblanadi. Konstruksiya
texnologik bo‘lishi va maksimal darajada mexanizatsiyalash imkoniyatini
ta’minlashi kerak xamda kurilitttni sanoatlashtirilishi kerak.
Asfaltobeton koplamali yo‘l to‘shamalari konstruksiyalari chizmasi 89-
rasmda ko‘rsatilgan. Keltirilgan chizmalar yo‘l to‘shama larini zamonaviy
tendensiyada - kam sonli qatlamlar bilan qurishni ko‘rsatadi. Qatlamlar sonini
kamaytirishda bitum qo‘llanilgan materiallarning ikkita qatlami bilan chegaralanish
maqsadga muvofiq. Asfaltobetonning katta qalinlikdagi yuqori qatlamini
chaqiqtosh, shag‘al va bitum, degt yoki emulsiya bilan ishlov berilgan yoki
bog‘lovchilar bilan ishlov berilmagan boshqa mineral materiallardan bo‘lgan
qatlamlarga yotqizish mumkin.
89-rasm. Asfaltobeton koplamali yo‘l to‘shama lari konstruksiyalari:
1- koplamaning yuqori qatlami zich asfaltobetondan; 2 - koplamaning
pastki qatlami galvirsimon asfaltobetondan; 3-asosning yuqori qatlami
yuqori galvirsimon asfaltobetondan; 4 - asosning pastki qatlami (yoki bir
qatlamli asos) chaqiqtosh yoki shag‘aldan; 5 - qumdan kilingan asosning (suv
o‘tqazuvchi) qo‘shimcha qatlami; 6 - yuzaga ishlov berishdagi emirilish
qatlami; 7 - beton, zurikkan beton va sement bilan maxkamlangan gruntdan
kilingan asos.
Oxirgi yillarda asoslarda zurikkan beton qo‘llanilmokda. Qoplamalarni
yorilishga va issiqdikka chidamliligini oshirishga imkon beruvchi
suv-issiqlik
rejimini yaxshilash maqsadida asoslarni stirporbetondan, ya’ni stirporali
tuldiruvchili, kichik massaga va past issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan
betondan qurish maqsadga muvofiq..
Issiq asfaltbeton qorishmalardan qoplamalar quruq ob-havoda, bahor va yoz
fasllarida quriladi, bunda havoning harorati +5
0
S dan past, kuzda esa +10
0
S dan
past bo‘lmasligi kerak; issiq asfaltbeton qorishmalari quruq, havo harorati 10
0
S
gacha bo‘lganda quruq, muzlamagan asoslarga yotqiziladi.
Issiq asfaltbeton qorishmalaridan havo harorati 5
0
S dan va issiq qorishmani
harorati 10
0
dan past bo‘lganda 10.52-10.69- bandlarga asosan qurishga ruhsat
etiladi. Asfaltbetondan qoplamalar qurish ishlarini, odatda, 2 smenada olib boriladi.
Kunduz kunlari yuqori qatlamni yotqizish tavsiya qilinadi. Kechki smenada
mashinalar, uskunalar, agregatlar va avtomatik boshqaruvda texnik xizmat ishlari
bajariladi. Asfaltbeton qoplamalarining tekisligini ta’minlash har bir qatlamni
yaxshi tekislash va qunt bilan zichlash orqali bajariladi: yo‘l poyi va asosning
yuqori darajadagi tekisligi va zichligiga qoplamani ma’yoriy darajaga zichlash,
ko‘ndalang ulanishlar sonini kamaytirish, ishlab chiqarishni qunt bilan nazorat
qilish orqali erishiladi. Yo‘l poyi qish davrida qurilgan, er osti suvlarining sathi
yaqin bo‘lgan sharoitlarda, shuningdek ko‘tarma balandligi 3 m dan yuqori
bo‘lganda, yo‘l to‘shamasini qurish ishlari yo‘l poyi qurilgandan so‘ng ikkinchi yili
bajariladi. Asfaltbeton qoplamaning tekis va ravon bo‘lishiga belgilangan tekislik va
ravonlik ko‘rsatkichini ta’minlovchi qoplamaning qalinligini avtomatik ravishda
boshqaradigan asfalt yotqizuchi mashinalardan foydalanish bilan erishiladi.
Asfalbeton qopla-malarni quruq, toza va muzlamagan asosga yotqiziladi.
Qoplamaning asos bilan yaxshi yopishish uchun, asosni asfaltbeton qorishma
yotqizishdan oldin mexanik cho‘tkalar, ko‘chma kompressordan siqilgan havo yoki
boshqa uskunalar bilan iflos changlardan tozalanadi. Namlangan asos 150÷200
0
S
gacha qizdirilgan qum hamda isitgichlar bilan quritiladi. Zarur bo‘lganda asfaltbeton
qorishma yotqizishdan 3-5 soat oldin asos yoki asfaltbeton qoplamaning quyi
qatlami yuzasiga bitum bilan ishlov beriladi.
Asos yoki asfaltbeton qoplamaning quyi qatlami yuzasiga ishlov berish uchun
joyiga qarab 1 m
2
ga 0.5-0.3 va 0.2-0.3 litr suyuq bog‘lovchi sarf bo‘ladi. Agar shu
maqsadlar uchun 60% li bitum emulsiyasi ishlatilsa, unda sarf joyiga qarab 1 m
2
ga
0.6-0.9 i 0.3-04 litr bo‘ladi.
Agar qoplama organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan yangi yotqizilgan
asos ustiga qurilsa, hamda yangi yotqizilgan quyi qatlam ustiga ustki qatlam
yotqizilsa, yuzaga bog‘lovchilar bilan ishlov berish talab qilinmaydi. Yo‘lning
bo‘ylama nishabligi 30%
0
dan oshganda, asfalbeton qoplamani yotqizish ishlari
yuqori tomoniga qarab bajariladi. Eski asoslarning ko‘ndalang kesim nishabligi
me’yor talablariga javob bermasa, uni to‘g‘irlash ishlarini qatlam 5 cm dan kamroq
bo‘lganda qora chaqiqtosh yotqizish bilan bajariladi. Asfaltbeton qorishmani
yotqizishdan oldin rejalash ishlarini bajarish zarur, bunda qoplamaning loyihaviy
kengligi va ko‘ndalang nishabligini, hamda qoplama chetining bir to‘g‘ri chiziqda
bo‘lishligini ta’minlash nivelir yoki vizirka yordamida amalga oshiriladi, hamda
tegishli rangli belgilar bordyur toshlariga qo‘yiladi yoki boshqa usllar bilan
belgilanadi.
Qorishmalarning yotqizishdagi eng past harorati bitumlarning turiga qarab
10.3-jadval talablariga javob berishi kerak. Har bir avtosamosvalda keltirilayotgan
qorishmaning harorati tekshiriladi. Asfaltbeton qoplamalarni qurish uchun
mexanizatsiyalashgan guruhlar tashqil qilinadi va ularda: asfaltyotqizuvchi
mashina, motorli katoklar, yordamchi mashinalar va zaruriy uskuna-jihozlar (yo‘l
tozalov mashinalari, ko‘chma bitum qozonlari, qizdiruvchilar, asboblar, yoritgich
elektr stansiyalari va boshqalar) bo‘lishi kerak.
Mexanizatsiyalashgan guruxlarga yo‘nalish ishlarini bajarish uchun
uskunalarni tanlash asfaltbeton qorishmaning turiga, qabul qilingan qurilish
tezligiga, bir smenada bajariladigan (200-500 m) ishga bog‘liq. Qoplamalar issiq va
issiq asfaltbetonlardan yotqizilganda, guruh tarkibiga bir yoki ikkita
asfaltyotqizuvchi mashina va har bir mashinaga o‘rtacha 3 ta dan katok (bitta engil
va ikkita og‘ir katok) tanlanadi. Yo‘lda ish hajmi katta bo‘lganda, bundan tashqari
qoplamalarni qurishda A turdagi qorishmalar ishlatilsa, ularni qoplamaning butun
kengligi bo‘yicha yotqizish uchun bir vaqtning o‘zida 2 yoki 3 ta asfaltyotqizuvchi
mashinadan foydalanish maqsadga muvofiq, bunda bo‘ylama choklarning yaxshi
ulanishi ta’minlanadi. Ikki yotqizuvchi mashina yonma-yon qatorlarda
ishlatilayotganda, biri ikkinchisidan 10-30 m ortda bo‘lishi kerak.
Asfaltyotqizuvchilarni ishlatishda asosan yangi pnevmog‘ildirakli yoki
gusenitsada yuruvchi turdagi, yotqizish kengligi 7.5 m. gacha (bir o‘tishda) bo‘lgan,
qoplamaning tekisligini, belgilangan kenglik va nishablikni to‘g‘ri bajarilishini
avtomatik ravishda kuzatuvchi mashinalardan foydalanish lozim.
YOtqizish kengligi qoplama kengligiga karralik etib, asfalt yotqizuvchi
mashinaning kengaytiruvchi qismini hisobga olib qabul qilinadi. Bitta asfalt
yotqizuvchi bilan issiq asfaltbeton qorishmasini yotqizishdagi yo‘lakning eng
maqbul uzunligi yonma-yon yo‘laklarning bir-biri bilan yaxshi ulanishini
ta’minlanishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu uzunlik havoning haroratiga bog‘liq
(29-jadval). Agar issiq asfaltbeton qorishma havo harorati 10-20
0
S da yotqizilsa,
bunda yo‘lak uzunligi 250 m gacha bo‘lishi mumkin, agar 20
0
S dan yuqori bo‘lsa,
uzunlik smenada bajariladigan masofa bilan chegaralanadi.
Issiq asfaltbeton qorishma yotqiziladigan yo‘lakning eng maqbul uzunligi
29- jadval
Havo harorati,
o
S
YOtqizilgan yo‘lakcha uzunligi, m
SHamoldan himoyalanmagan, tekislik va
o‘rmonli erlar, chuqur o‘ymalar
Ochiq
joylar
5-10
30-60
25-30
10-15
60-100
30-50
15-25
100-150
50-80
25
150-200
80-100
Qoplamaning ko‘ndalang ulanishlari yo‘lning o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi
shart. Ilgari yotqizilgan yo‘lakchaning (ko‘ndalang va bo‘ylama) cheti vertikal ip
tortilib kesib olinadi vasuyuq bitum yoki bitum emulsiyasi suriladi. Qoplama
chetini chopish yoki kesib olishni zichlash tugagandan so‘ng bajarilganligi
maqsadga muvofiqdir. Bu narsa ayniqsa issiq va issiq, A turdagi asfaltbeton
qorishmalari qo‘llanilganda qo‘l keladi. Aytilgan ishlarni bajarish uchun pnevmatik
lomlar yoki perforatorlar, katok g‘ildiraklariga mahkamlangan erkin aylanuvchi
disklar (o‘ta mustahkam metallardan) dan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bo‘ylama va qo‘ndalang ulanishlarni nihoyatda sinchkovlik bilan bajarish zarur,
chunki bu joylar suvning ta’siri ostida bo‘ladi, qoplamaning ulangan erlari, ayniqsa
bo‘ylamasi yaxshi zichlanishi kerak. Buning uchun yotqizilayotgan qoplamaning
qalinligi ulanayotgan yo‘lakning qalinligiga teng bo‘lmasligi kerak. Bo‘ylama va
ko‘ndalang ulangan joylardagi qatlamlarni qunt bilan yaxshi zichlash kerakki,
bunda qoplamalarning ko‘rinishi va zichligi bir xil bo‘lishini ta’minlash lozim.
To‘g‘ri ulanadigan erlardagi choklarning ko‘rinishi xuddi qoplamalarning boshqa
erlaridagidek bo‘ladi.
Issiq va issiq asfaltbeton yotqizilayotganda, ulanish erlarni yaxshi
birlashishshi uchun ilgari yotqizilgan qoplamalarning chetini qizdirish (masalan
infraqizil nurlar bilan) kerak yoki oldin yotqizilgan qoplama ustiga eni 15-20 cm
bo‘lgan issiq qorishma qoplab yotqiziladi. Keyingi yo‘lakning qoplamasini
yotqizish oldidan u yig‘ishtirib olinadi. Agar qoplamani qurishda asfaltyotqizuvchi
mashina (shibbalovchi uskunali turi) ishlatilsa asfaltbeton qatlamning qalinligini
loyihaviy qalinlikdan 15-20%, qo‘lda yotqizilganda 25-30% ziyod qalinlikda
yotqiziladi. YOtqizilayotgan qatlamning qalinligi, tekisligi asfaltyotqizuvchi
mashinaning vibroplitasi yordamida ta’mnlanadi. Sovuq havoda va ish boshlashdan
oldin vibroplita, unga o‘natilgan forsunkalar bilan qizdiriladi. Ba’zan, ish hajmi
kichikroq bo‘lganda qoplama qo‘lda yotqiziladi, bunda belgilangan qalinlikni
ta’minlash uchun, belgi qo‘yilgan ko‘chma reyka yoki tirgakli to‘siqlardan
foydalaniladi. Bu holda uzunligi 6 m. gacha bo‘lgan taxtalarni qorishma yotqizish
oldindan o‘rnatiladi, bu qoplama chetini tekis va qorishmani yoyilib ketishdan
saqlaydi. CHekka toshlarni asfaltbeton qoplamasini yotqizishdan oldin o‘rnatish
maqsadga muvofiq. Ularga balandligi to‘g‘risida belgilar tushiriladi. Qo‘shimcha
mustahkamlanayotgan yo‘l yoqasining qalinligi, yotqizilayotgan qoplama
qalinligiga teng bo‘lishi kerak.
Asfaltbeton qorishmalarini yotqizish paytida shibbalovchi to‘sin doimo ishlab
turishni doimo nazorat qilish zarur. Uning yordamida asfaltbeton qorishmalari
dastlabki zichlanishni oladi, bunda katoklarning ishi 20-25% ga kamayadi.
SHibbalovchi to‘sin yaxshi ishlab asfalt-yotqizuvchining yon shchitlari borligida
tirsak to‘sinlarni qo‘llanmasa ham bo‘ladi.
Asfaltyotqizuvchilar erta bahor va kuz sharoitlarida ishlatilganda, yirik
qotgan bo‘laklarni maydalash, hamda qo‘shimcha ravishda aralashtirish uchun
uning qorishtirgich uskunasidan foydalaniladi. Asfaltyotqizuvchi o‘tgandan so‘ng
yotqizilgan qatlamning yuzasi tekis, bir xil, uzuluksiz va g‘ovaksiz bo‘lishi shart.
Agar asfaltyotqizuvchi o‘tgandan so‘ng ingichka, tor qorishma tushmagan bo‘laklar
qolsa (masalan: virajda, kengaygan erlarda va hokazo), unda qorishma yotqizishni
asfaltyotqizuvchi bilan barobar qo‘lda yotqizishga ruhsat etiladi, bunda asfaltbeton
qoplamada birlashgan choklar bo‘lmaydi va zichlash bir varakayiga qoplama
kengligida bajariladi. Issiq asfaltbeton qorishma qo‘lda yotqizilganda, uni qatnov
qism yuzasiga belkuraklar bilan yoyiladi, tekislagich bilan puxta tekislanadi, so‘ng
temir sugichlar bilan qo‘shimcha tekislanib zichlanadi. Ishlatilayotgan asboblar
oldindan tayyorlab qo‘yilgan isitgichlarda qizdirib olinadi.
Asfaltobetonlar va ularning aralashmalari uchun qabul kilingan tasniflar
bo‘yicha ularni fizik holati va ishlov berishga kulayligiga ko‘ra zichlanadigan va
quyiladiganga ajratiladi.
Zichlanadigani yuqori qatlami 1% dan kam bo‘lmagan hajmda qoldiq govakli
asfaltobetonlarni xosil qilish bilan xarakterlanadi, bunda har xil turdagi katoklar
bilan ularni zichlash talab etiladi.
Ko‘yilgan aralashmalardan katta miqdordagi bitum va yuqori isitish harorati tufayli
zich, govaksiz asfaltobetonlar olinadi. Bu aralashmalar engil tarqaladi va
yotkizuvchining bruslari yordamida tekislanib, oxirgi zichlik olinadi, bu xsusiyat
katoklarni qo‘llashdan voz kechish imkonini beradi.
Mineral materiallar donalarining eng katta o‘lchamiga bog‘liq ravishda kaynok
aralashmalar yirik donaliga - 40mm gacha bo‘lgan o‘lchamdagi donalar, mayda
donaliga - donalar o‘lchami 20 mm gacha bo‘lgan va qumli - 5 mm gacha bo‘lgan
o‘lchamli donaliga ajratiladi.
Sovuq aralashmalar mayda donali va qumliga ajratiladi.
Aralashmalar zichligi bo‘yicha quyidagilarga ajratiladi: zich — issiq qoldiq
govakli 2—7 %, govakli — 7—12 % i yuqori govakli — 12-18%.
Govakli va yuqori govakli aralashmalar qoplamalarning pastki qatlamida va
asosning yuqori qatlamida, zichlari - qoplamalarning yuqori qatlamida ko‘llaniladi.
CHaqiqtosh
va
shag‘alli aralashmalar ulardagi chaqiqtosh va qumli
aralashmalarning miqdoriga bog‘liq ravishda qum turiga bog‘liq holda quyidagi
turlarga bulinadi: A — ko‘p chaqiqtoshli; B — chaqiqtoshli; V — kam chaqiqtoshli;
G — maydalangan qumli; D — tabiiy qumli qum.
A turdagi issiq va iliq aralashmalar sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda ikki
markaga (I i II), B, V i G turdagi — uchta «marki (1, II i III), D turi — ikki markaga
(II i SH)ajratiladi.
B
x
i V
x
sovuq aralashmalar ikki markaga ajratiladi: (I i II), G turdagisi I- marka, D
turdagisi — faqatII marka bo‘ladi.
Govakli va yuqori govakli asfaltobetonlar uchun issiq va iliq aralashmalar ikki
markaga ajratiladi (I i II).
Asfaltobeton markalari nafaqatxususiyatlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha balki
mineral materiallarning tashqil etuvchilarining sifati bo‘yicha ajratiladi: I markali
aralashmalarda eng chidamli chaqiqtosh va yuqori sifatli mineral kukun ko‘llaniladi;
II i III markali aralashmalarda materiallar tashqil etuvchilari sifatiga kuyilgan talab
pasayadi.
Koplamaning yuqori qatlamini shakllantirish, ya’ni asfaltobetonni me’riy
xususiyatlarga erishishi aralashmalarda bitumning yopishkokligi qancha
ko‘proqbo‘lsa shuncha tezrok sodir bo‘ladi.
Issiq aralashmalardan qoplamalarni shakllantirish asosan zichlangan
asfaltobeton qatlamini sovushidan keyin tugaydi.Issiq aralashmalardan bo‘lgan
asfaltobetonni, barcha yo‘l-iqlim zonalarida, barcha toifali yo‘llarda qo‘llash
mumkin, sababi u eng mustahkam va uzoq muddat xizmat qilishga yarokli
xisoblanadi.
Iliq aralashmalardan shakllangan qoplamalar tezligi bir necha soatdan 15
sutkagacha tebranadi. Kamyopishkok bitumli iliq aralashmalardan bo‘lgan
qoplamalarni xarakat uchun zichlangandan keyin tez ochish mumkin. Suyuk bitumli
iliq asfaltobeton 1-2 xafta davomida transport vositalari
harakati bilan zichlashni talab etadi, bunda ularni boshqarish kerak bo‘ladi. Iliq
aralashmadan bo‘lgan asfaltobeton kam chidamli va undan kilingan koplama issiq
aralashmadan kilingan qoplamalarga qaraganda kam xizmat qiladi.
Issiq asfaltobeton aralashmalaridan qoplamalar, temperatura 5
a
S dan past
bo‘lmagan xavoda va asos kotmagan, quruq bo‘lganda, iliq xavoda kurila
boshlanadi. Kuzda, xavo temperaturasi 10 °G ga pasayganda issiq aralashmalardan
kilingan qoplamalarni qurish tugatiladi, iliq — 5 °S gacha. Juda past temperaturada
aralashmalarni yotqizishda maxsus choralar kuriladi. Bu chegaralanish asfaltobeton
aralashmalar tez sovumasligi uchun zarur, chunki qoplamalar zichlanmasdan kolib
ketishi mumkin. YOtqizish zvenosiga har bitta asfalt yotkizuvchiga uchtadan kam
bo‘lmagan katok xisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |