10-mavzu
Xoja hayoti va ijodi
(1480- 1547)
REJA:
-
Xo’ja hayoti va faoliyati haqida
-
Xo’ja saltanat xizmatida
-
Adib haqida o’g’li H.Nisoriy
-
1515-1516-yillar uning hayotida qanday rol o’ynaydi
-
H.Nisoriy otasi haqida qanday ma’lumotlarni berdi?
To'liq ismi sharifi — Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. Xoja 1480- yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida tug'ilgan. Shayxulislom islom dinidagi eng katta mansab, unvondir. Xojaning o'g'li Hasanxoja Nisoriy (1516—1597) o'zining ,,Muzakkiri ahbob"(„Do'stlar yodnomasi") asarida ota-bobolari haqida batafsil ma'lumot beradi. Ma'lum bo'lishicha, ular Zangi Otaning Anbar onadan bo'lgan farzandlaridir. Anbar ona esa, Xorazmlik mashhur so'fiy Hakim ota (1186- yilda vafot etgan)ning rafiqasi bo'lgan.
Poshshoxoja dastlab otasi qo'lida, so'ng e'tiborli murabbiylar qo'lida tahsil oladi. Niso, Marv madrasalarida o'qiydi. Tahsilini tugatar-tugatmas, temuriylar xizmatiga kiradi. Jumladan, 1496- yilda Husayn Boyqaroning o'g'li Muhammad Muhsin Mirzo (Kepak Mirzo nomi bilan ham mashhur) hukumatida ishlay boshlaydi. 1507-yilda Muhammad Muhsin Mirzo Mashhad yaqinida Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon bilan bo'lgan urushda asir tushib, qatl etiladi. Shundan so'ng Xoja ona yurtiga ketib, badiiy ijod bilan shug'ullana boshlaydi. Lekin oradan bir yil o'tmay, Niso va Obivard shaharlari ham Shayboniyxon qo'liga o'tadi. Din arboblariga, sayyid-u xojalarga alohida ixlos bilan qarovchi xon Xojani yo'qlab, Nisoga tegishli Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Shu yili Nisoga Muhammad Solih hokim bo'lib keladi. 1510- yilda Shayboniyxon Eron bilan urushda halok bo'lgach, Xoja dastlab Samarqandga, so'ng Buxoroga o'tib yashab qoladi. Shayboniyxonning o'g'li Temur Sulton hukumatida xizmat qiladi. 1514- yilda u halok bo'lgach, o'zbeklar hokimiyatining eng yoshi ulug'i Abulxayrxonning o'g'li Ko'chkinchixon huzuriga boradi. 1515-1516- yillarda Karmana hokimi Jonibek sulton hukumatida mas'ul vazifalarda ishlaydi.
1529-yilning oktafrida Xoja ma’lum va mashhur Hirot shahrining shayxulislomi edi. Bu voqeaning o’z tarixi bor. Ubaydullaxon shu yili oktabrda Hirotga yurish qilib, bostiradi. 21- oktabr kuni shaharning Chorsu maydonida aybdorlarni qatl qiladi. Ular orasida „buzg'unchi shi'a"lik aybi qo'yilgar shoir, „Shoh va gado" dostonining muallifi Badriddin Hiloliy bor edi. Bunday hol oldinlari ham ro'y bergandi: 1510- yild Shayboniy bilan Ismoil Xatoiyni jang maydonida yuzma-yuz ikkisi ham shoh edi. Ikkisi ham shoir edi. Uncha-buncha" emas, devon tuzgan shoir edilar. Shoh Ismoilning qo'li keldi. G'olib shoh Shayboniyning boshini kesish bilan qanoatlanmadi. Boshi chanog'idan jom yasatib, davralarda may ichib yurdi. Ikki yil keyin uning harbiy qo'mondoni Najmi Soniy Q Kamoliddin Binoiyni sunniy bo'lganligi uchun qatl qiladi.
1529- yilda Xojaga alohida hurmat bilan qaragan Ubayd uni o'z yoniga chaqirgan va shayxulislomlik mansabini in'om etgan edi. Bu bilan kifoyalanmay, zamonasining eng katta martab; bo'lgan Abdulla Ansoriy (1006—1088) maqbarasi shayxligini shayxulislomlikka siyla qilib topshiradi. (Hirotning Gozu joylashgan ushbu qabrning „jorubkash"ligini Alisher Navoi yilda Husayn Boyqarodan tilab olganini eslasak, bu vazifaning obro'-e'tiborini tasavvur qilishimiz qiyin bo'lmaydi). Shuning uchun bo'lsa kerak, Xoja:
Garchi avval sadr aylab, bizni badnom ettilar,
Lutf etib, oxir Hirida shayxulislom ettilar
deb yozgan edi.
1534-yildan Xoja Balx shahrining shayxulislomi va ishladi. Shu yili Ubaydullaxon Nishopurga borgan edi. Di e'tiborli hukmdorlaridan bo'lgan Kistan Qaro Xojani dullaxondan so'rab oladi va Balxga shayxulislom qilib tay Dasht o'zbeklaridan bo'lgan Kistan Qaroning laqabi “Odil”dir. Shunga ko'ra u adolatli hukmdorlardan bo'lgan bo'lishi kerak. Darhaqiqat, yetti-sakkiz yil ular orasidagi munosabat judyaxshi kechdi. Xoja o'zining „Gulzor" nomli bir asarini unga bag’ishlashi bejiz emas. Biroq 40- yillarning boshida ular orasidagi munosabat sovuqlashadi. Buning sababini tadqiqotchilar hukmdorini kasallikka chalinib, huda-behudaga qozilik, shayxulislomlik aralashaverganligidan, ayrim olim va donishmandlarni nohaq qatl ettirganidan ko'radilar. Xullasi kalom, adib mansabidan iste’fo beradi va Buxoroga qaytib badiiy ijod bilan shug'ullanadi.
G'ijduvoniy asos solgan mashhur „xojagon" silsilasining ko'zga ko'ringan vakillaridan edi. Bu silsila dunyoga Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi ko'plab dovruqli so'fiylarni yetkazib bergan.
Xojaning o'g'li Hasanxoja Nisoriy „Muzakkiri ahbob" asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqei zamonasida baland bo'lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe'li, adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan, „maxdumi a'zam" nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida fikr yuritib, „shahbozi balandparvoz" (baland uchuvchi lochin) deb baholagan ediki, bu bejiz emas. „Muzakkiri ahbob" muallifi Xojaning fazilatlari haqida so'z yuritib. She'r ilmini, inshoni mukammal bilganini xabar qiladi. Jumladan, podsholikning chet ellarga jo'natiladigan xatlarini ko'pincha, shu kishi yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |