Muhammad Solih o'zbek va fors tillarida baravai tebratgan shoirlardan edi. Tarixchi Mirzo Haydar uning devon tartib qilganini tilga oladi. Biroq bu devon bizgacha yetib kelgan emas. Alisher Navoiy „Majolis un-nafois" asarida u haqda shunday yozadi: „Muhammad Solih ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o'g'li turur. O'zi muloyim yigildur... Tab'ida xeyli choshni (maza) bor. Xatqa ham qobiliyati ko'pdur..." Navoiy fikrini dalillash uchun shoirning forsiy bir g'azali matla'sini ham keltiradi. Umrining yaqin o'n besh yilini Shayboniy bilan kurashib o'tkazgan Zahiriddin Bobur ham Muhammad Solihning salohiyatini e'tirof etadi. „...choshnilik g'azallari borligi"ni ta'kidlaydi. Biroq Navoiy ham, Bobur ham uning shaxsi haqida ijobiy fikr bildirishdan o'zlarini saqlaydilar. Navoiy, garchi unga „o'zi muloyim yigitdur" deb baho bergan bo'lsa-da, Shayboniy tomoniga o'tib ketishini oqlamaydi. Aksincha, mazkur holni „yamon musohib"larning' „yamon yo'lga" boshlashi bilan izohlaydi. Bobur ham uning shaxsini qoralaydi. Bunday munosabat goho uning ijodini bir tomonlama baholashga olib keladi.
„Shayboniynoma" dostoni. Shayboniylar sulolasining asoschisi Muhammad Shayboniy (1451 — 1510) haqida bir qator badiiy asarlar yaratilgan. Masalan, Mulla Shodiyning „Fathnomai xoniy", Kamoliddin Binoiyning „Shayboniynomai Binoiy", Ro'z- behxonning „Mehmonnomai Buxoro" va nihoyat, Po'lkan shoirning „Shayboniyxon" dostoni kabilar. Bularning Po'lkan- nikidan boshqa hammasi fors tilida. Muhammad Solihning asari o'zbek tilida yozilgan tarixiy jangnomadir. U, nomlanishidan ko'rinib turganidek, Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan kurashlarini, ularni yengib. taxt tepasiga kelishi voqcalarini, ya'ni 1499 -1505- yillarda yuz bergan real tarixiy hodisalami yoritadi. Shu jihatdan, u o'zbek adabiyotidagi aniq va real tarixiy voqealar tasviriga bag'ishlangan birinchi jangnomadir. Asarning muallif o'z qo'li bilan yozgan nusxasi topilgan emas. 1510- yilda shoir tirikligida Qosim kotib tomonidan ko'chirilgan nusxasi Venada saqlanadi. German Vamberi uni 1885- yilda nemischaga tarjima qilib. nashretgan. So'ngroq u boshqa tillarga ham tarjima qilindi. „Shayboniynoma" asari O'zbckistonda 1961 va 1989- yillarda chop etildi.
„Shayboniynoma" 9000 misraga yaqin bo'lib, 76 bobni tashkil qiladi. An'anaga ko'ra hamd. munojot va na't bilan boshlanadi. So'ng so'z ta'rifi keltirilib. Muhammad Shayboniyxon vasfiga o'tiladi. Uning aqli, ilmi, faqirfe'lligi, halimligi, qiroati, tab'i-dididan tortib karam – saxovatigacha, hatto qurol –aslahasigacha birma-bir ta’rif – tavsif etiladi.Nihoyat, o’n beshinchi bobga kelib, kitob nazmining sababi” beriladi. Unda shoir o'z taqdi jumladan otasining temuriylarga xizmat qilgani, muru ko'rmagani, shahid ketgani, o'zining boshiga tushgan savd haqida hikoya qilib, gapni ikki sulola — temuriylar va shaybon haqidagi el-yurt orasida kechayotgan gap-so'zlarga buradi:
Dedilar, borcha manga donolar.
Kim adam bo'lg'usidur mirzolar.
Navbat o'zga kishiga yetgusidur,
Ul kishi bordur Shayboniyxon,
Xoni Shaybondur-u mahdiyi zamon.
Shu tariqa, shoir Shayboniyxonning taxtga chiqishi qoni ekanligini asoslashga urinadi. Jumladan, temuriylar faoliy: muhokama qilib, ularning aysh-ishratga berilib ketganlikla ota-bola, aka-uka o'rtasi tinimsiz janjal-urush bilan kechayotgan „mirzolar"ning din, shariatdan uzoqligi haqida gap ochad „donolar" tilidan „Temur davlati" ketib, o'rniga „Shayboniyx kelishi muqarrar ekanligi uqtiriladi. Asarning qolgan oltmish I Shayboniyxonning harbiy yurishlari tasviriga bag'ishlangan.
Doston markazida Shayboniyxon timsoli turadi. Muallifi asosiy maqsadi uni ulug'lash, diyonatli, adolatli bir shoh sifatida ko'rsatish edi. Shayboniyxonni ko'klarga ko'tarib maqtaydi. Ul davlat tutumini maishatparast temuriylarga zid qo'yadi. Temur asarda imkon qadar qora bo'yoqlarda chiziladi. Muallif manzaralarini, Shayboniyxon va uning atrofidagilarning harakatlarini tasvirlar ekan, goho o'z maqsad va e'tiqodiga bo'lgan ma'lumotlarni ham keltirib qo'yadiki, bu Shayboniyning adolatli va diyonatli hukmdor ekanligi haqidagi ta'riflarni ba'zan chippakka chiqaradi. Bu hol muallifning voqelikni haqqoniy tasvirlashga urinishi natijasidir. Asarda Muhammad Solihning Shayboniyxon oldiga birinchi marotaba bor tafsilotlari haqqoniyligi bilan e'tiborni tortadi:
Kim yetishgan dam ul qo'rg'onga,
Bandalik aylag'amen ul xong'a.
Chun yetishtim, kelibon necha qazoq ,
Borchasi rahm tariyqidin yiroq.
Qahr ila keldilar andog'ki, magar,
Bor edilar bori dilxoh manga.
Borchasini tunadilar...
Adolatli podshoh odamlari bilan dastlabki uchrashuv shu tarzda tasvirlanadi. Yoki Muhammad Solih guvoh bo'lgan ilk urush — Shayboniyxonning 1499- yilda Buxoroni zabt etishi voqeasi tasviri ham qiziq. Xon shahar ahlining mol-mulkini bitta qo'ymasdan talashga farmon beradi. Bu yetmaganidek, Buxoro hukmdori Boqi Tarxonning 12 yashar qizini o'z nikohiga oladi. Shu yili Samarqandni olishda esa, bundan ham g'aroyibroq voqea yuz beradi. Shahar Zahiriddin Boburning amakivachchasi Sulton Ali qo'lida edi. Nima bo'ladi-yu, hokimning onasi Zuhrabegimning Buxoroda turgan Shayboniyxonga ko'ngli ketib, kishi yuboradi. U orqali xonning kanizagi bo'lishni o'zi uchun baxt hisoblashini ta'kidlab, tezroq Samarqandga kelib, yurtni boshqarishini, o'g'lini o'g'illikka qabul qilishini o'tinadi. Tabiiyki, bu Shayboniyxonga ham yoqib tushadi va „o'ldim-kuydim"ni o'rniga qo'yib, xabarchining qo'ynini puch yong'oqqa to'ldirib, qaytaradi. Benomus, kaltafahm Zuhrabegim esa Shayboniyxon qo'shiniga shahar darvozalarini ochib, xonga:
El — saning, mulk — saning, shahr — saning,
Man — saning, lutf — saning, qahr — saning,
deya yana odam yuboradi. Xon shaharga kirgach, barcha a'yonlarni Bog'i Maydonga to'playdi. Zuhrabegimni chorlab, birovga in'om qiladi. Sulton Alini ,,tinchlik kerak" qabilida o'ldirtirib yuboradi. Yurtni esa ayovsiz talatadi. Mazkur voqeaga niuallif shunday baho beradi:
La'nat ul nav' onag'akim, ul,
Nafsi uchun o'luma berdi o'g'ul...
Kimki xotun so'zig'a solsa quloq,
Joyi ul borki, bo'lg'ay andoq.
Shayboniyxon xalq orasida katta nufuzga ega bo'lgan Xoja Yahyoni Samarqand shahridan chiqartirib yuboradi. Chamasi, xon yonida yurgan Muhammad Solihning o'zi ham bu holga chiday olmaydi. Dostonning bir o'rnida quyidagi so'zni keltiradi:
Xoja Yahyo dedi: „Bobur Mirzo
Koshki kelgay edi ushbu aro".
„Boburnoma"da qayd qilinishicha (buni Muhammad Solih ham ta'kidlaydi), Shayboniyxon Samarqandda Jonvafobiy degan kishini qoldirib ketganida, Bobur shaharni ikkinchi marotaba qo’lga kiritadi.
Muhammad Solih:
Aylabon bogiar ichra manzil,
Qildilar komlarini hosil.
Mevalar yetti-yu g'am ketti bori,
Bir-biri so'ngidin yetti bori.
Tut bisyor namoyon bo'ldi,
O'ruk-u olma farovon bo'ldi.
Bo'ldi bisyor uzum birla qovun,
Har biri debki, maning birla ovun...
Tashqari bog'lar ichra anhor,
Ichkari suvsiz ulus yig'lab zor.
Asru ma'mur viloyat erdi,
Ochlig' anda ne hikoyat erdi.
Hazrati mavt1 zuhuri qildi, Malakul mavt huzuri qildi. Boshlarin baski qilichlar bo'ldi, Birisining boshi ikki bo'ldi...
Shoir urush va talon manzaralarini chizar ekan, xalq boshiga yog'ayotgan bu balo va ofatlarning sababchisi kim degan savol o'z-o'zidan o'rtaga chiqadi. Va o'quvchining ko'z oldiga, birinchi navbatda, Shayboniyxon kcladi. Muhammad Solihning niyati bunday emas edi. U xonni yaxshi nom bilan tarixda qoldirish uchun doston yozgan edi. Shayboniy va shayboniylarni iloji boricha zamondoshlariga o'rnak qilib ko'rsatmoqchi, temuriylarni esa, barcha fojia va baxtsizliklar sababchisi demoqchi edi. Lekin Muhammad Solih ham ba'zi o'rinlarda Bobur singari tanti yo'l tutadi. Kezi kelganda, Boburning shijoatini, adolatini, haqgo'yligini, elparvarligini, ayni paytda xalqning ham uni yaxshi ko'rganini yashirmaydi. Ikki qarama-qarshi tarafda turgan ikki davlat va madaniyat arbobining goho bo'lsa-da bir-birlarining fazilatlarini tan olishlari ularning yorqin shaxsiyatidan darak beradi.
Muhammad Solih hukmdorga maddohlik qilmaydi, balki asl shoh qanday boiishi haqida fikr yuritadi:
Shoh uldirki. yesa el g'amini, Doim o'ziga desa el g'amini. lstamay o'zining oroyishini, Istagay xalqning osoyishini. Nafs uchun aylamasa sultonlig', Qilmasa ahli havodek xonlig'... Arsai mulkni2 yobon bilsa, Elni qo'y, o'zni cho'bon bilsa.
Tabiiyki. bu faqat orzu edi. Shoir Shayboniyxonni mana shu talablarga javob bergan shoh sifatida ko'rsatmoqchi edi. Biroq voqealarning xolis tasviri uni boshqa odamga aylantirib qo'ydi. Asarning ahamiyati ham shunda. Doston, birinchidan, tariximizning g'oyat muhim bir davrini, xalqimizning nomdor shaxslari faoliyatini qalamga olgan bo'lsa, ikkinchidan, ular bilan bog'liq voqealarni haqqoniy, butun murakkabligi bilan yoritishga qaramasdan, Shayooniyxon va boour oorazianni yaratisn yc muhim tajribalardan bo'ldi.
Dostonning tili sodda. Chamasi, muallif asarni, b navbatda. dasht o'zbeklari didiga moslashga uringan ko'rinai sababli, mumtoz poetika qoidalariga ko'pda rioya qilavermayd qavatli obraz va murakkab ifodalarni chetlab o'tadi. SI qaramay, asar o'zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o'rin Xususan, tariximizning eng muhim va mas'uliyatli davrl bo'lgan XV asrdan XVI asrga o'tish voqealarini haqqoniy ba va xalq orasiga olib kirishda katta xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |