1-mavzu Alisher Navoiy hayoti va faoliyati (1441-1501) reja



Download 477,5 Kb.
bet8/13
Sana16.10.2019
Hajmi477,5 Kb.
#23621
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-kurs 1-sem adab maruza


Savol va topshiriqlar
1. Muhammad Soiihning hayot va ijod yo'li haqida so'zlang.

2. Muhammad Soiihning temuriy shahzodalarga salbiy mur sabablarini izohlashga urining.

3. Muhammad Solih dostonining badiiy qurilishi hamda n yo'nalishi haqida to'xtaling.

4. Dostonda muallifning Shayboniyxon odamlari bilan ilk uch tasviriga asoslanib, bu qo'shin haqidagi fikringizni ayting.

5. Temuriylar tasviriga oid biryoqlamalik asarning qaysi o'r ko'rinadi va buning sabablarini qanday izohlaysiz?

6. Dostondagi Samarqand qamali tasviriga tayanib. Sh; qo'shinlari ma'naviyati haqida to'xtaling.

7. Shoirning ideal shoh haqidagi orzulari qanday va ular Sh; qiyofasiga to'la muvofiq keladimi?

8. Doston tili, badiiyati haqida mulohaza bildiring.



10-mavzu

Xoja hayoti va ijodi

(1480- 1547)

REJA:


  1. Xo’ja hayoti va faoliyati haqida

  2. Xo’ja saltanat xizmatida

  3. Adib haqida o’g’li H.Nisoriy

  4. 1515-1516-yillar uning hayotida qanday rol o’ynaydi

  5. H.Nisoriy otasi haqida qanday ma’lumotlarni berdi?

To'liq ismi sharifi — Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. Xoja 1480- yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida tug'ilgan. Shayxulislom islom dinidagi eng katta mansab, unvondir. Xojaning o'g'li Hasanxoja Nisoriy (1516—1597) o'zining ,,Muzakkiri ahbob"(„Do'stlar yodnomasi") asarida ota-bobolari haqida batafsil ma'lumot beradi. Ma'lum bo'lishicha, ular Zangi Otaning Anbar onadan bo'lgan farzandlaridir. Anbar ona esa, Xorazmlik mashhur so'fiy Hakim ota (1186- yilda vafot etgan)ning rafiqasi bo'lgan.

Poshshoxoja dastlab otasi qo'lida, so'ng e'tiborli murabbiylar qo'lida tahsil oladi. Niso, Marv madrasalarida o'qiydi. Tahsilini tugatar-tugatmas, temuriylar xizmatiga kiradi. Jumladan, 1496- yilda Husayn Boyqaroning o'g'li Muhammad Muhsin Mirzo (Kepak Mirzo nomi bilan ham mashhur) hukumatida ishlay boshlaydi. 1507-yilda Muhammad Muhsin Mirzo Mashhad yaqinida Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon bilan bo'lgan urushda asir tushib, qatl etiladi. Shundan so'ng Xoja ona yurtiga ketib, badiiy ijod bilan shug'ullana boshlaydi. Lekin oradan bir yil o'tmay, Niso va Obivard shaharlari ham Shayboniyxon qo'liga o'tadi. Din arboblariga, sayyid-u xojalarga alohida ixlos bilan qarovchi xon Xojani yo'qlab, Nisoga tegishli Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi. Shu yili Nisoga Muhammad Solih hokim bo'lib keladi. 1510- yilda Shayboniyxon Eron bilan urushda halok bo'lgach, Xoja dastlab Samarqandga, so'ng Buxoroga o'tib yashab qoladi. Shayboniyxonning o'g'li Temur Sulton hukumatida xizmat qiladi. 1514- yilda u halok bo'lgach, o'zbeklar hokimiyatining eng yoshi ulug'i Abulxayrxonning o'g'li Ko'chkinchixon huzuriga boradi. 1515-1516- yillarda Karmana hokimi Jonibek sulton hukumatida mas'ul vazifalarda ishlaydi.

1529-yilning oktafrida Xoja ma’lum va mashhur Hirot shahrining shayxulislomi edi. Bu voqeaning o’z tarixi bor. Ubaydullaxon shu yili oktabrda Hirotga yurish qilib, bostiradi. 21- oktabr kuni shaharning Chorsu maydonida aybdorlarni qatl qiladi. Ular orasida „buzg'unchi shi'a"lik aybi qo'yilgar shoir, „Shoh va gado" dostonining muallifi Badriddin Hiloliy bor edi. Bunday hol oldinlari ham ro'y bergandi: 1510- yild Shayboniy bilan Ismoil Xatoiyni jang maydonida yuzma-yuz ikkisi ham shoh edi. Ikkisi ham shoir edi. Uncha-buncha" emas, devon tuzgan shoir edilar. Shoh Ismoilning qo'li keldi. G'olib shoh Shayboniyning boshini kesish bilan qanoatlanmadi. Boshi chanog'idan jom yasatib, davralarda may ichib yurdi. Ikki yil keyin uning harbiy qo'mondoni Najmi Soniy Q Kamoliddin Binoiyni sunniy bo'lganligi uchun qatl qiladi.

1529- yilda Xojaga alohida hurmat bilan qaragan Ubayd uni o'z yoniga chaqirgan va shayxulislomlik mansabini in'om etgan edi. Bu bilan kifoyalanmay, zamonasining eng katta martab; bo'lgan Abdulla Ansoriy (1006—1088) maqbarasi shayxligini shayxulislomlikka siyla qilib topshiradi. (Hirotning Gozu joylashgan ushbu qabrning „jorubkash"ligini Alisher Navoi yilda Husayn Boyqarodan tilab olganini eslasak, bu vazifaning obro'-e'tiborini tasavvur qilishimiz qiyin bo'lmaydi). Shuning uchun bo'lsa kerak, Xoja:

Garchi avval sadr aylab, bizni badnom ettilar,

Lutf etib, oxir Hirida shayxulislom ettilar

deb yozgan edi.

1534-yildan Xoja Balx shahrining shayxulislomi va ishladi. Shu yili Ubaydullaxon Nishopurga borgan edi. Di e'tiborli hukmdorlaridan bo'lgan Kistan Qaro Xojani dullaxondan so'rab oladi va Balxga shayxulislom qilib tay Dasht o'zbeklaridan bo'lgan Kistan Qaroning laqabi “Odil”dir. Shunga ko'ra u adolatli hukmdorlardan bo'lgan bo'lishi kerak. Darhaqiqat, yetti-sakkiz yil ular orasidagi munosabat judyaxshi kechdi. Xoja o'zining „Gulzor" nomli bir asarini unga bag’ishlashi bejiz emas. Biroq 40- yillarning boshida ular orasidagi munosabat sovuqlashadi. Buning sababini tadqiqotchilar hukmdorini kasallikka chalinib, huda-behudaga qozilik, shayxulislomlik aralashaverganligidan, ayrim olim va donishmandlarni nohaq qatl ettirganidan ko'radilar. Xullasi kalom, adib mansabidan iste’fo beradi va Buxoroga qaytib badiiy ijod bilan shug'ullanadi.

G'ijduvoniy asos solgan mashhur „xojagon" silsilasining ko'zga ko'ringan vakillaridan edi. Bu silsila dunyoga Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi ko'plab dovruqli so'fiylarni yetkazib bergan.

Xojaning o'g'li Hasanxoja Nisoriy „Muzakkiri ahbob" asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqei zamonasida baland bo'lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe'li, adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan, „maxdumi a'zam" nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida fikr yuritib, „shahbozi balandparvoz" (baland uchuvchi lochin) deb baholagan ediki, bu bejiz emas. „Muzakkiri ahbob" muallifi Xojaning fazilatlari haqida so'z yuritib. She'r ilmini, inshoni mukammal bilganini xabar qiladi. Jumladan, podsholikning chet ellarga jo'natiladigan xatlarini ko'pincha, shu kishi yozgan.

Adabiy merosi. Nisoriy uning turkcha va forscha devon tartib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan emas. Taqdiri noma'lum. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar, haqiqatan ham Xojaning iste'dodli shoirlardan bo'lganini ko'rsatadi. Xususan, bir g'azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she'r unga ma'qul bo'lib, maqtaganini qayd etib o'tadi. Mana o'sha she'r:

Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur,

Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.

Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari,

Yil-u, oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.

Ulki, jondin kechadur, sham'i visolingni ko'rub,

Vah na xush vaqtu na xush soat na oson kechadur.

Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi,

Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.

Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar,

Kim mahalli nolavu faryodu afg'on kechadur.

Darhaqiqat, she'r yuksak san'atkorlik bilan yozilgan. Shoir so'zlarning ma'no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan. Masalan, g'azalda radif bo'lib kelayotgan „kechadur" ko'p o'rinlarda ikki ma'noda kelyapti. Uchinchi-to'rtinchi baytlarda bular yoniga „voz kechmoq", „gunohini kechmoq" ma'nolari ham qo’shilyapti. Bir so’z bilan aytganda, butun she’rni birgina so’z – “kechadur” har maqomga solib o’ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir. Dastlabki baytlariga tashlaylik.

She'rning har bir misrasi bir necha xil ma'no ifodalaydi. Jumladan, birinchi bayt birinchi misrasining birinchi ma’nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o'ta (kecha)di. Ikkinchi ma'nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli qora tun (kechadur). Shu baytning ikkinchi misrasining birinchi ma'nosi: holim kechasi ham yoyilgan sochlaringdek parishondir; ikkinchi ma'nosi: tun ham sochlaring singari hamma yoqni qoplab olgandir. Ikkinchi baytning birinchi ma'nosi: ey pari, anbar hidli qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko'zimga bir xil (yakson), ya'ni qop-qora ko'rinadi. Ikkinchi ma'nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko'zimga bir xil (yakson), ya'ni qop-qora kechadir. Shu baytning uchinchi ma'nosi: „yakson" (bir xil) so'ziga „yil, oy, kun, soat birdek o'tadi", degan ma'no berish mumkin. Shunda birinchi aniqlovchi so'z „yil" bo'lgani uchun hammasi birdek, ya'ni yildek o'tadi degan mazmun chiqadi. Shu tariqa, g'azalning har bir baytidan qavat-qavat ma'nolarni uqish mumkin.

Xojaning ,,Maqsad ul-atvor" nomli bir dostoni ham kelgan. Doston 1514— 1520- yillarda Jonibek sulton nomiga bitilgan bo'lib, Nizomiy Ganjaviy „Xamsa"sining birinchi dostoni „Maxzan ul-asror"ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. Xoja adabiyot tarixida ko'proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi. Uning bizgacha ikki hikoyalar to'plami — Temur Sultonga bag'ishlangan „Miftoh ul-adl" („Adolat kaliti"), Kistan Qaro Odilga bag'ishlangan „Gulzor” yetib kelgan. „Miftoh ul-adl" 1508-1510- yillarda, „Gulzor” 1538- yilda yozilgan. Har ikkisining birgalikda muqovalangan necha nusxasi saqlanib qolgan bo'lib, ular O'zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti Qo'lyozmalar fondida saqlanadi. 1962- yilda ulardan ayrim namunalar chop etilgan.

„Miftoh ul-adl" katta-kichik mansabdorlarga, shariat uchun o'ziga xos yo'riqnomadir. Kitob o'n besh bobdan iborat. Har bir bobda ma'lum bir ijtimoiy tabaqa yoxud masala tilga atroflicha tavsiflanadi, din-iymon nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi va ularga mos hikoyalar beriladi. Masalan, unda olimli sultonlar (2), zolim sultonlar (3), hukm qilmoq (6), da'vo qilmoq (7), ont ichmoq (8), o’g’rilik (9), zino (10), ov qilish (15) kabilar haqida maxsus boblar keltirilgan va har biriga hikoya ilova qilingan. Adib ko'targan masalalar hamda asarning tili haqida ma'lum tasavvur hosil qilish uchun ,,Miftoh ul-adl" kitobidagi hikoyalardan birini to'la keltiramiz:
Hikoyat

Kunlardan bir kun bir podshoh bor edi. Bisyor odil erdi. Bir kun vazirina aydi:

— Haj tavof qilmoqg'a borurman, san borurmusan?

Vazir aydi:

— Ey podshohim, taxtni bo'sh qo'yub, Ka'bag'a borsangiz, el-xaloyiq boshtoq bo'lmasmu?! — tedi.

Podshoh aydi:

— Boshtoq bo'lmas, yo'q ersa, manga haj qilg'on hojining savobin sotg'un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman.

Vazir „Podshoh uchun haj sotg'un olmoq kerak" deb istab yurur erdi, bir kimarsag'a yo'luqti. Ul kishi aydi:

— Falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka'bag'a yayog' boribturur va taqi haj qilibturur va hech kishining oshin yemas, anga boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.

Borib ul zohidni podshohg'a olib keldilar. Podshoh aydi:

— Ey zohid, bir yo'li qilg'on hajingning savobin bizga soturmisan? Zohid aydi:

— Nega olursiz?

Sulton aydi:

— Ming qizil tanga berayin.

Zohid aydi:

— Ming qizil tanga oz turur.

Sulton aydi:

— Ey zohid, oz bo'lsa, o'n ming qizil tanga berayin.

Zohid aydi:

— Oz turur.

Sulton aydi:

— O'zing na tilasang tilagil.

Zohid aydi:

— Ey podshohim, bir haj na bo'lg'ay, yigirma hajimning

Savobini sanga berayin, san bir soat adl qilg’oningning savobini manga bersang.

Sulton aydi:

— Ey zohid, bir soat adl qilg'onning savobi na bo'lur?

Zohid aydi:

— Bir soat adl qilg'onning savobi odamlarning va farishtalarning va hurlarning ibodatidin ortuq turur.

Xoja shariat ahkomlariga suyangan holda adolatning maqom shu qadar baland tutgan edi. Xo'sh, adolatning o'zi nima? Adolatni u to'g'rilik, so'z va ish birligi, qonunlarga qat'iy rioya etmoq tarzi tushungan. Hikoyalar, hajman ixcham, tili ham ancha sodda tushunarli. To'g'ri, ular orasida hajman biroz katta, qurilishi murakkabroq bo'lganlari ham yo'q emas. Masalan, ont ichish bog'liq bir hikoyaning mazmunini ko'rib chiqaylik:



Bir talaba Sulton Mahmud G'aznaviyga bir qozi ustidan arz qilib boradi. Talaba tahsil uchun boshqa shaharga ketar ekan otameros ming tilla pulini hamyonga solib, muhrlab qoziga omonat topshirib ketgan edi. Kelib, olib ko'rsa, hammasi mis tanga chiqadi. Hech yeri teshilmagan, muhri joyida. Qozidan so'rasa: „Bilmayman, muhri joyidami, bo'pti-da, nima deysan? Xohlasang qasam ichaman", — deb javob qildi. Sulton o'ylanib qoladi va nega ont ichirmading, deb so'raydi. Shunda talaba, uning ontiga ishonib bo'ladimi, qozining qasami Laylakniki bilan birdek-ku, deb javob beradi. Sulton Laylak hikoyatini so'raydi. Talaba so'zlab beradi: bir kuni ilonlar to'planishib: „Kelinglar, bu — qismat. Har daqiqa Laylakdan jon hovuchlab qochib yurganimizdan ko'ra har kuni bittamiz navbat bilan boraylig-u qolganlarimiz xotirjam yashab turaylik", — deb gapni bir joyga qo'yib, bir ilonni elchi qilib yubordilar. Laylak rozi bo'ldi, har kuni bir ilondan ortiq yemaslikka ont ichdi. Biroz vaqt o'tib ilon bolaladi, laylak esa kichik bir ilon to'ymas bo'ldi. Laylak uchib boraversa, ilonlar xotirjam suhbati yonlariga keldi-yu, ikkitasini tirnog'iga olib jo'nadi. Ilonlar yig'ilib arzga bordilar, ichgan ontini o'rtaga soldilar. U: „Sizlar bilasizlar men kimman?! Men minora ustida yashayman, masjidni tepasidaman, gunohdan qo'rqmayman, shunday odamning onti bo'ladimi?" — deb javob bergan ekan. Xuddi shu kabi xoin, poraxo'r qozining onti bo'ladimi, deb hikoyasini tugatadi talaba. Hikoya Sultonga ma'qul keladi. Talabaning mis tanga solingan hamyonini olib qolib, o'ziga javob beradi. O'yladi: talabaning so’zi bilan qozini o'ldirsam, pul uchun qildi deb malomat etishlari aniq, otim yomonga chiqadi. Yo’lini topish kerak. Sulton xayoliga birdan shunday fikr keldi. Hamyon qayta tiktirilib, tillasi almashtirilib qo'yilmaganmikan. Ertasiga yotgan shohona to'shagining o'rtasidan pichoq tortib ovga ketdi. Farrosh yig'ishtirishga kirsa, to'shak bir ahvolda. Uni vahima bosadi. Tezlikda shahardagi eng usta tikuvchini qidirib topadilar. Bir-ikki kun o'tkazib ovdan qaytgan podsho to'shakning tilinganjoyini topa olmaydi. Farroshni tergaydi. Haqiqat ma'lum bo'ladi: qoziga hamyonini shu usta tikib bergan ekan. So'ng sulton pulchilarni qidirib topadi. Ulardan qozi uchun mis tanga yasaganligini aniqlaydi. Nihoyat, sulton qozi bilan talabani huzuriga chaqiradi. Talaba arz qiladi, qozi da'voni rad etadi. Qozi o'z gaplarining to'g'riligiga ont ichadi. Sulton qozini tikuvchi usta va pulchiga yuzma- yuz qiladi. Qozi dorga osilib, talaba uning o'rniga qo'yiladigan bo'ladi. Biroq talaba sultonning taklifini rad etadi va fikrini dalillash uchun bir qator hikoyalar keltiradi. Ulardan birida aytilishicha, bir kuni amiral mo'minin hazrati Alining yonlariga bir guruh odamlar ekin ekiladigan yerdan shikoyat qilib keldilar, — boshlaydi hikoyasini talaba. Ayniqsa bittasi: „Yo Ali, uch yil bo'ldi hosil ekaman, bu yer hech narsa bermaydi",— deb kuyinadi. „Qog'oz, qalam keltiringlar", — deb buyuradi Ali va xat yozib dehqonning qo'liga tutqazadi hamda hosilsiz yerning o'rtasiga ko'mishni buyuradi. Kelasi yil bu yer shunday hosil beradiki, hamma hang-u mang bo'lib qoladi. Sekin o'sha xatni yerning o'rtasidan qidirib topadilar va o'qiydilar. Unda shunday yozilgan ekan: „Ey yer! Bu yil ham hosil bermasang, qozining o'ligini sening bag'ringa ko'mdiraman". It har tunda aytar emish: „Alloh taologa shukrlar bo'lsinki, meni qozi qilmasdan it qilib yaratgan".

Bulardan ko'rinadiki, Xoja adolat masalasigajuda jiddiy qaragan. Qozilarning adolatli bo'lishiga juda qattiq turgan. Aksar qozilaiing xiyonatga moyilliklarini, poraga o'chliklarini din va shariat nuqtayi nazaridan ayovsiz fosh etgan.

Gulzor" ham hikoyalar to'plami. U ko'p jihatlari bilan Sa'diy Sheroziyning „Guliston", Abdurahmon Jomiyning „Bahoriston" asarlariga o'xshab ketadi. Ayniqsa, „Guliston"ning ta'siri juda kuchli. Oldingi hikoyalar to'plami — „Miftoh ul-adl"da Shayboniyxonning o'g'li Temur Sultonga pand-nasihat, yo'l-yo'riq ko'rsatish maqsadi ko'zda tutilgan bo'lsa, bu asar Kistan Qaro uchun dasturulmulk (mamlakatni boshqarish dasturi) vazifasini bajarishi lozim edi. Haqiqatan, undagi hikoyatlar ham juda ibratli, ikkinchidan, bu hikoyatlarning aksariyati xalq og'zaki ijodidan olinib, qayta ishlangan. Masalan, Iskandar va darvesh bilan bog'liq hikoya Navoiyning „Saddi Iskandariy" dostonidan olingan. Iskandar bir viloyatga borib, uning hokimini so'ratadi. Podshoh o'lgan, shahzoda esa darveshlik maqomini tutib, go'ristonda yashar ekan. Xalq devona deb atarkan, o'shani chaqiradilar. U taxtni rad etadi va jahongir chorloviga kelmaydi. Iskandar majburlab olib kelishlarini amr qiladi. Devona ikki kalla suyagini ko'tarib keladi va ularni shoh qo’liga berib, ularning biri shohniki, ikkinchisi gadoniki ekanligini aytadi va farqlab berishini talab qiladi. Iskandar, tabiiyki, farqi yo’qligini ma'lum qiladi. Devona u holda podshohlikdan hech bir murod yo'q ekanligini ta'kidlaydi. Iskandar uning devona emas oqil ekanligini aytib, yana taxtni taklif etadi. Devona yana rad etadi. Oxiri u: „Mayli, quyidagi to'rt shartimni bajarsang, podsho qabul qilaman", — deydi va shartlarini aytadi: 1. So'ngida o’limi bo'lmagan tiriklik. 2. So'ngida qariligi bo'lmagan yigitlik. 3. So’ngida faqirligi bo'lmagan boylik. 4. So'ngida g'ami bo'lmagan shodlik. Iskandar javobda lol qoldi.

Ko'rinadiki, bu hazrati Navoiyning „Saddi Iskandariy” dostonidan olinib, nasriy yo'sinda qayta hikoyalangan. Lekin muallif unda imkon qadar har bir personajning o'ziga xos tabiatini ifodalashga harakat qilgan.

Sulaymon alayhissalom bilan bog'liq hikoya esa, xalq o ijodidan olingan.

Sulaymon payg'ambarga bir kishi ozgina obi hayot keltiradi. Sulaymon barchani maslahatga chorlaydi. Lekin Butimor degan qush kelmaydi. Uni bir amallab keltiradilar va u shunday maslahat beradi: agar bu suv barcha qarindoshlaring va yon atrofdagilaringga yetsa, ichsang bo'ladi. Agar bir o'zing ichsang, yakka-yu yolg’iz qolasan, ularsiz sening tirikligingdan nima foyda, pushaymon bo'lasan. Sulaymonga bu so'z ma'qul bo'ladi va suvni ichmaydi.

Hikoyalardan biri Xorun ar-Rashid va shayx Bahlul haqida. Xorun ar-Rashid — o'rta asr Sharqining mashhur donish hukmdorlaridan. Shayx Bahlul — latifanamo, afandisifat bilan mashhur kishi. Bir kuni shayx Bahlul podshoh ziyoratiga borsa, xalifa qayoqqadir chiqqan bo'lsa kerak, taxt bo'm-bo’sh turgan bo'ladi. Uyoq-buyoqqa qarab, yugurib borib, taxtga chiqibdi. Nogoh, bundan yasovullar xabar, topib qolibdilar. Shayxni tanishmas ekan, shosha-pisha qo'1-oyoqlaridan tortib, taxtdan tushirishga kirishibdilar. Hech siljimas emish. Kaltaklashga tushibdilar. Shu vaziyatda Xorun ar-Rashid kirib qolibdi. Xalifa shayxning qoshiga kelib, odob-tavoze' bilan: „Ha, shayx, sizga nima bo'ldi va nega bunday kulasiz?" deb so'rabdi. Shayx debdi: „Man bir soat saning taxtingda o'lturdum ersa urub boshimni yordilar. Sankim, yillardurki. bu taxtning ustida o'lturubsan, saning holing ne bo'lg'ay, deb kularman".

Shu tariqa podsholik ishlari, qozilik mashmashalari, umr va uning mazmuni haqidagi falsafiy mushohadalar va eng muhimi, adolat va zulm, xiyonat va sadoqat kabi azaliy va abadiy mavzular Xoja ijodining tub mazmun-mohiyatini tashkil etgan. Muallif bu masallarni goh jiddiy, goh hazil-mutoyiba, goh xalqona chandish shakllaridan samarali foydalangan holda tasvirlagan. Ular janr nuqtai nazaridan o'zbek mumtoz hikoyachiligining eng sara namunalaridan edi. Shu jihatdan, u o'zbek mumtoz adabiyotidagi nasr an'analarini, ayniqsa, Rabg'uziy hikoyachiligini rivojlantirdi va yangi bosqichga olib chiqdi. Ayniqsa, hikoyatlardagi aksariyat timsollarning o'ziga xos fe'l va tabiatga ega qilib tasvirlangani diqqatga molikdir. Ko'pchilik mutaxassislarda o'zbek adabiyotida hikoyajanri yigirmanchi asrdan keyin paydo bo'ldi degan qarash bor. Xojaning asarlari bu fikrlarning unchalik to'g'ri emasligini ko'rsatishi jihatidan ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy o'zbek hikoyalari faqat Ovro'podan o'rganishning oqibati emas, balki o'z milliy ildiziga ega bo'lgan estetik hodisadir.


Savol va topshiriqlar
1. Xojaning hayoti va faoliyati haqida so'zlab bering.

2. Xojaning she'riy merosi, uning Boburga ma'qul tushgan she'ri haqida mulohazangiz qanday?

3. Xojaning ..Miftoh ul-adl" asaridagi adolat va ibodat savobi solishtirilgan hikoyani tahlil qilib bering.

4. Mahmud G'aznaviyning qasamxo'r qozini fosh etishi tasvirlangan hikoyani badiiy jihatdan tahlil qiling.

5. Iskandar bilan darvesh hikoyasi Sizda qanday taassurot qoldirdi? Shunga o'xshash voqeani qayerda o'qiganingizni eslang.

6. Sulaymon haqidagi hikoyada uning obihayotni ichmaganligini oqlaysizmi, qoralaysizmi? Fikringizni asoslang.

7. Shayx Bahlulning Xorun ar-Rashid bilan taxt ustidagi uchrashuvi tasvirlangan hikoyadagi shayx obrazini insoniy sifatlari va badiiy vazifasiga ko'ra tahlil qiling.

12-mavzu

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida

(1483-1530)

REJA:


  1. Shoir faoliyatining boshlanishi

  2. Samarqand yurishi

  3. Sargardonlikning boshlanishi

  4. Yurt bilan diydorlashuv

  5. Notinch kunlar

  6. Kobul azimati

  7. Hindiston orzusi

Bobur adabiyotimizning Navoiydan keyingi eng buyuk vakilidir. U 1483- yilning 14-fevralida Farg'ona viloyatining poytaxti Andijonda tug'ildi. Otasi ushbu viloyat hokimi Umarshayx Mirzo (1455—1494) Teinurbekka evara (Abusaid Mirzo — Sulton Muhammad Mirzo — Mironshoh — Amir Temur) edi. Onasi Qutlug' Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o'zbeklashgan mo'g'ul urug'idan bo'lib, o'n ikki avlod orqali Chingizxonga tutashgan. Bobur uni „Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoyxon naslidandir" deb tanishtiradi. Umarshayx Mirzoning Zahiriddin Muhammad Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo ismli uch o'g'li, Xonzodabegim, Mehrbonubegim, Shahrbonubegim, Yodgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim ismli besh qizi bo'lib, Bobur o'g'illarining eng kattasi edi. O'zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar. Umarshayx Andijonning g'arbida joylashgan Axsi (Axsikat deb ham aytilgan, Sirdaryoning o'ng sohilida, hozirda Namangan viloyati, Shaxand qishlog'i hududida xarobalari saqlanadi) shahrini poytaxt qilgan edi.



Faoliyatining boshlanishi. 1494- yilda Boburning tog'asi Sulton Mahmudxon, boiajak shoh va shoirning amakisi Samarqand podshohi Sulton Ahmad Mirzo bilan ittifoq tuzib, biri Sirdaryoning janubidan, ikkinchisi shimolidan Axsi ustiga qo'shin tortadilar. Shu orada falokat yuz beradi. 899- yil ramazon oyining to'rtida, dushanba kuni (1494- yil 9- iyun) Axsi qo'rg'onidagi jaryoqasida turgan Umarshayx Mirzo xobxona-yu xosxonasi bilan birgalikda jarga qulab, halok bo'Iadi. Ertasi kuni bu xabar Andijonga yetib boradi. Taomil bo'yicha, to'ng'ich o'g'il Zahiriddin Bobur otasi o'rniga hokim bo'lib, shoshilinch Axsiga yo'l oladi. Yaqinlari, beklar yordamida yurt himoyasini tashkil qiladi. Omad yosh hukmdorga kulib boqadi. O'ratepa, Xo'jand, Marg'ilonni qoiga olib, Qubo (Quva)ga kirgan Sulton Ahmad qo'shini shaharni kesib o'tuvchi Qorasuv ko'prigida toshqinga uchrab, ko'p ot va tuya botqoq suvga cho'kib nobud bo'Iadi. Ustiga-ustak o'lat tarqaydi.

Sharoitdan foydalai qolmoqchi bo'lgan Koshg'ar va Xo'tan hokimi Abobakr pug'latning ham O'zgand yaqinidagi harakatlariga chek qo'yila Qo'ldan chiqqan yerlarning ko'pi qaytib olinadi. Dushrr bartaraf qilingach, Umarshayx Mirzoning azasi barcha ras rusumlari bilan o'tkaziladi. Shu orada, Boburning ukasi Jahon Mirzoni shoh qilish niyatida yurgan Hasan Ya'qub bosh fitnachilar fosh etiladi. Akasi Sulton Ahmad o'lgach, unga tobe Samarqand va Buxoroni o'z qo'liga olgan Sulton Mahmud ham vafot etadi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so’ng Boboquli Boboalibek, Qosim qavchin kabi beklar yordam hokimiyatni idora qilishga kirishadi.



Samarqand yurishi. 1495- yilda Sulton Mahmudning o’g’illari - Boburning amakivachchalari Sulton Mahmudning o'g'illari: Sulton Mas'ud va Boysung Mirzolar Samarqand uchun kurash boshlaydilar. Samarqand ukalari Sultom Ali qo’lida edi. Bobur ham baxtini sinab ko'rg Samarqandga yo'l oladi. Samarqand buyuk Temurbekning poyt edi. Uni egallash har bir temuriyzodaning eng ulug' orzusi edi. Xullas, yosh Bobur qo'shin tortib, Samarqandni qamal qil. Biroq Sulton Ali o'rtaga do'stlik, ittifoqlikni qo'yib, odam yuboradi. Bobur mardlik, tantilik qilib orqaga qaytadi. Shunga qaramay shahar Boysung'ur qo'liga o'tadi.

1497- yilda Bobur mingga yaqin kishi bilan yana Samarqan otlanadi. Boysung'ur Mirzo Turkistondan — Shayboniyxon yordam so'raydi. Yordam natija bermaydi. Qamal yetti oy davom etadi. Boysung'ur Mirzo ikki-uch yuz odam bilan shaharni tashlab, Qunduzga, Xisravshoh panohiga qochadi. Bobur shaharga kiradi. Shahar ulug'lari, beklar uning istiqboliga chiqadilar. Bu voqea 1497- yil noyabrida yuz beradi. O'n besh yoshida bu poytaxtni egallagan Boburning xursandchiligi uzoq davom etmadi. Azim shahar bosqin va talonlardan nochor holga tushgan, elining sabr-u bardoshi tugagan edi.



Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish