Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari o’rtasida qanday munosabat bor?
Ularning har biri adabiyot hodisalarini ma'lum bir yo‘nalish, nuqtai nazar asosida o‘rganadi. Barchasining bosh ob'ekti esa adabiy-badiiy asarlar sanaladi. Har bir fan singari adabiyotshunoslik ham adabiyotning mohiyati, uning paydo bo‘lish asoslari, rivojlanish tamoyillarini o‘rganadi. Bu fan adabiy-badiiy asarlarning tuzilishi, tarkibi, adabiy-tarixiy jarayonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Adabiyotshunoslik adabiyotning ijtimoiy fikr taraqqiyotiga ta'siri, adabiyotning boshqa fan, soha, tarmoqlar bilan aloqadorligini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |