Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalariga qaysilar kiradi?
Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunoslikning yuqorida sanalgan asosiy sohalari bilan bir qatorda, ularning faoliyati uchun zarur bo`lgan muayyan amaliy vazifalarni bajarish bilan shug`ullanuvchi matnshunoslik, manbashunoslik, kitobiyot (bibliografiya) kabi qator yordamchi sohalar ham mavjud.
Asosan adabiyot nazariyasi fan sifatida degandan boshlab o’rganildi?
Adabiyotning tabiati, vazifalari xususida barcha davrlarda juda ko‘plab asarlar yozilgan. Jumladan, sho‘ro siyosati hukm surgan davrda ham rus, o‘zbek va boshqa xalqlar olimlari tomonidan adabiyot haqida qator tadqiqotlar yaratilgan. Ularda adabiyotning paydo bo‘lishi, shakllanishi, rivoji, janrlari tabiati, adabiyotdagi an'anaviylik va yangilanish jarayonlari xususida mulohazalar ilgari surilgan. Biroq sho‘ro davrida bosilgan aksariyat kitob va maqolalarda adabiyotning sinfiyligini ta'kidlashga, uning shu xususiyatini bo‘rttiribroq ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |