Ushbu fanning ahamiyati nimada?
“Adabiyotshunoslik” so‘zi ham ikki qismdan iborat bo‘lib, u “adabiyot bilan shug‘ullanish”, “adabiyotni o‘rganish” ma'nosini anglatadi. Bundan ayon bo‘ladiki, adabiyotshunoslik adabiyot haqidagi fandir. Har bir fan singari adabiyotshunoslik ham adabiyotning mohiyati, uning paydo bo‘lish asoslari, rivojlanish tamoyillarini o‘rganadi. Bu fan adabiy-badiiy asarlarning tuzilishi, tarkibi, adabiy-tarixiy jarayonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Adabiyotshunoslik adabiyotning ijtimoiy fikr taraqqiyotiga ta'siri, adabiyotning boshqa fan, soha, tarmoqlar bilan aloqadorligini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |