1-mavzu: adabiyot. Bolalar adabiyoti va bolalar kitobxonligi reja



Download 30,91 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2022
Hajmi30,91 Kb.
#431400
  1   2
Bog'liq
1-мавзу


1-MAVZU: ADABIYOT. BOLALAR ADABIYOTI VA BOLALAR KITOBXONLIGI
Reja:

  1. Bolalar adabiyoti fanining predmeti va vazifalari.

  2. Bolalar adabiyotining o‘rganilish tarixi.

  3. Tayyorlov guruhlarida bolalar adabiyotining o‘rganilishi va kitobxonlikka jalb etishning muqobil usullari.

  4. Bugungi bolalar she’riyati va nasri haqida ma’lumot.

Tayanch iboralar: nasriy sa’j shakli, hakim, donishmand, alloma, kitobxonlik, musavvir, matbuot, kitobatchilik, xarakter, tur, janriy xusisuyatlar, emotsionallik, lirik, komik, matbaa, badia, publitsistika, detektiv, fantastik, dilogiya, trilogiya, tetralogiya.
So‘z san’ati sifatida e’tirof etiladigan badiiy adabiyotni o‘rganish bolalar adabiyotidan boshlanadi. Bolalar adabiyotining asosiy vazifasi ta’lim bilan birga tarbiya bermoqlikdir. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 9-sentabrda e’lon qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida alohida belgilab berilganidek, bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash haqidagi1 , 2017-yil 13- sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi2 qarorlari ham bu fanning maqsad mohiyatini oydinlashtirishga yordam beradi.
Bolalar adabiyoti deganda bolalar shoir va yozuvchilari tomonidan ularga mo‘ljallab yozilgan maxsus asarlar tushuniladi. Bunday asarlar bolalar ma’naviyatini boyitadigan, ularga ma’naviy-estetik zavq berishi kerak. Bolalar adabiyotida aks ettirilgan voqea-hodisalar hayotiy, haqqoniy tasvirlanishi, bolalarning ruhiy olamiga mos tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra, bolalarga atalgan badiiy asarlar ularning fe’l-atvorlarini to‘la namoyon qilishi bilan bir qatorda pedagogika va psixologiya fanlari bilan uzviy aloqada bo‘lishi lozim.
Chindan ham bu jiddiy vazifalarni bajarishda, aniqrog‘i, mustaqil yurtning har tomonlama yetuk, barkamol avlodini tarbiyalashda asrlar osha xalq an’analari, milliy qadriyatlari, folklor namunalari, milliy adabiyotimiz va jahon xalqlari adabiyoti an’analari zaminida voqelikka aylangan o‘zbek bolalar adabiyotining
beqiyos o‘rni bor. O‘zbek bolalar adabiyotining badiiy jihatdan yuksak namunalariga keng e’tibor qaratish, yangi asr kichkintoylarining shiddat bilan rivojlanayotgan qiziqishlari, ruhiy, ma’naviy olami, ularning ijtimoiy hayotga munosabati masalalari aks etgan asarlar tahlili orqali talabalarda estetik, axloqiy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy tarbiyani shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbek bolalar adabiyoti haqidagi fanning yaratilishi XX asr boshlarida
ma’rifatparvar pedagog va adabiyotshunoslar maqolalarida ko‘zga tashlangan
bo‘lsa, ilk xrestomatiyalar va o‘quv qo‘llanmalarini tuzish harakati asr o‘rtalariga
to‘g‘ri keldi. Pedagogika bilim yurti talabalariga mo‘ljallangan, I.Ahmedov,
A.Suyumovlar tomonidan 1953-yilda birinchi marta tartib berilib, 1967-1978
yillarda qayta takomillashtirilib, nashr etilgan «Bolalar adabiyoti» xrestomatiyasi,
1957-yilda e’lon qilingan «Bolalar adabiyoti» o‘quv materiallari qo‘llanmasi shu
harakatning dastlabki natijasi hisoblanadi. Keyinchalik, 1973-yilda A.Suyumov
tomonidan maxsus o‘rta o‘quv yurtlari uchun nashrga tayyorlangan «Bolalar
adabiyoti» qo‘llanmasi o‘zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo‘lidagi dastlabki
qadam bo‘ldi. Bu qo‘llanma keyinchalik M.Jumaboyev tomonidan qayta ishlanib,
1995-yildan e’tiboran majmua va darslik sifatida kasb-hunar kolleji o‘quvchilari
hamda oliy o‘quv yurtlari uchun amalda foydalanib kelinmoqda. Bu sohada P.Shermuhammedov, J.Tursunov, O.Safarov, X.Egamovlar muallifligidagi «O‘zbek bolalar adabiyoti» darslik xrestomatiyasi (1976), O‘zbekiston FA Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlab nashr etilgan «O‘zbek bolalar adabiyoti tarixi ocherklari» (1978), «Bolalar adabiyoti va zamonaviylik» (1981), «O‘zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon» (1989) kabi monografiyalar ham o‘ziga xos hodisa bo‘ldi.
Bugungi kunda qudratli qurol bo‘lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).
3. O‘rta.
Kitobxonlik haqida gap ketganda beixtiyor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi «Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida»gi ma’ruzasida kuyunchaklik bilan yoshlarimizning kelajagida muhim o‘rin tutgan vazifalar haqidagi so‘zlari yodga tushadi.
Insoniyat tarixida har bir zamonning yoshlarini ilmli qilish, ma’naviy yuksaltirish masalasi asriy qadriyat ekanligi ma’lum jarayondir. Bu qadriyat har bir hududning turmush tarzida, madaniyatida, ilmiy-ma’rifiy tafakkurida o‘z aksini topadi. Eng muhimi, ajdodlarimizning yaratgan eng bebaho xazinasi bu kitoblar bo‘lib, ular o‘z zamonasining muxlislariga, ilmga ishtiyoqmand ma’rifatparvarlariga atab yaratilgan. Keyinchalik bu bebaho xazina o‘z qimmatining yuksakligi bois, keyingi avlodlarga ham beminnat xizmat qila boshladi.
O‘zbek xalqi uzoq yillik tarixga va boy madaniy merosga ega bo‘lgan qadimgi turkiy xalqlardan biridir. Xalqimizning qadimiy yozuvida yozib qoldirgan yodgorliklari toshlarga, terilarga, yog‘ochlarga yozilgan bo‘lsa-da, ular buyuk xoqonlar sha’nini ifodalagan matnlardan iborat bo‘lgan. Bular asosan, xorazm, sug‘d (oromiy), o‘rxun-enasoy va uyg‘ur yozuvlari bo‘lib, ular keyinchalik tanazzulga yuz tutgan yozuvlardir. Garchi bu yozuvlar iste’moldan chiqqan bo‘lsa-da, kitob deb atalmish bebaho xazinaning yaratilishiga asos bo‘lgan deb aytishimiz mumkin. Har bir davrning komil insoni uchun zaruriy ehtiyojga javob, dastlab og‘zaki tarzda hikmat va pand-u nasihat holida bayon etilgan bo‘lsa, keyinchalik hayotiy tajribaga tayanilgan yozma asarlar yaratila boshladi. Dastlabki, yaratilgan islom ahlining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»ni, alohida e’tirof etish lozim. U ilm-ma’rifatning targ‘ibotidagi o‘rni beqiyosdir.
Qur’oni Karim klassik arab tiliga xos murakkab uslub va tilda, nasriy sa’j shaklida yozilgan bebaho xazinadir. Asar VII asrning birinchi yarmida nozil bo‘lgan bo‘lib, u o‘z tarixiy, madaniy, ma’naviy-axloqiy ahamiyati bilan butun Sharq xalqlarining taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Shu bois, mazkur muqaddas kitobga sharhlar yozish turli tillarga tarjima kilish avj oldi. Insoniyatga kitob tushunchasini hadya etgan, uning ta’siri qator falsafiy pandnoma ruhidagi yozma adabiyot maydonga kela boshladi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (1069-1070), Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Ahmad Yassaviy «Hikmatlar»i, Ahmad Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq», «O‘g‘uznoma», Nasriddin Rabg‘uziyning «Qissasul anbiyo», «Tafsir» kabi asarlar Shular jumlasidandir.
Bu kitoblarda donishmand, xakim, davlat arboblari tilidan aytilgan hikmatli so‘zlar, hikoyatlar, adolat, saxiylik, mardlik haqidagi qimmatli fikrlar insonni kitobga yakin muxlis qilib qo‘ydi. Ayniqsa, hadislarning xalq orasida keng tarqalishi, kitob shakliga keltirilishi natijasida dastlab masjidlarda va boshqa jamoat joylarida ilohiyotga oid masalalar sharhlab berilgan va targ‘ib qilingan. Keyinchalik esa ilk dunyoviy ilmlarning taraqqiy etishi natijasida alohida o‘quv muassasalariga ehtiyoj tug‘ilgan va Shu tariqa maktab va madrasalar paydo bo‘la boshlagan.
Davrlar o‘tishi bilan xon saroylarida, amaldorlar, kitob muxlislari xonadonlarida kutubxonalar tashkil etila boshlaydi. Bu haqda ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Shu o‘rinda qomusiy olim Ibn Sinoning kitob mutolaasi tufayli qator ilmiy asarlar va kashfiyotlar yaratganligini eslashimiz kifoyadir. U 16 yoshidayoq ko‘zga ko‘ringan tabib sifatida shuhrat qozongan. Uning tarjimai holida kitob mutolaasi bilan bog‘liq muhim ma’lumot saqlanib qolgan. Kunlardan bir kuni, Ibn Sino Buxoro amiri Nuh ibn Mansurning kasalini davolash uchun saroyga chaqiriladi. U amirni davolaydi. Unga qimmatbaho hadyalar taklif etishadi. Ammo, u o‘zining xizmati evaziga saroy kutubxonasidan foydalanishni so‘raydi. Chunki, bo‘lajak olim saroy kutubxonasida nodir kitoblar mavjudligini yaxshi bilgan. Ruxsat olgandan so‘ng Ibn Sino bu kutubxonadagi ko‘plab kitoblarni mutolaa qiladi. Bu ma’lumotdan ko‘rinadiki, Ibn Sino har qanday moddiy boylikdan kitobni ustun qo‘ygan. Shunga o‘xshash ma’lumotlar yurtimizda yetishib chiqqan mashhur olimlardan Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy va boshqa allomalar hayotida ham uchraydi. Ular hatto nodir kitoblarning qaysi yurtda mavjudligini daragini topsa, o‘sha yurtga poy-u piyoda axtarib borganligi haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, kitobga mehr, tashnalik bizga ajdodlarimizdan qolgan bebaho ma’naviy merosdir. Olis tarixning zarvaraqlarida kitob, kitobxonlik bilan bog‘liq alohida ilm sohasi vaqt o‘tishi bilan takomillashib, shakllanib bora boshladi.
Taniqli olim Erkin Oxunjonov kutubxonachilik va uning bibliografiyasi tarixi bilan uzoq yillar davomida shug‘ullanib kelmoqda. U fan sohalariga oid kitoblar tasnifi xususida quyidagi ma’lumotni keltiradi. «Ayni kitob fanning turli tarmoqlarida erishilgan ilmiy darajasini o‘zida mujassam etib fan differensiyalashuvini o‘zining tasnifiga xam olib kirishda moddiy asosga aylangan. Shunday qilib, fan sohalarining xulosalari ma’lum tartib bilan ko‘chirilib kitob matniga aylana borgan».3
Bolalarga yoshligidan boshlab Qur’oni Karim qissalaridan, payg‘ambarlarning hayoti haqida naql qiluvchi turli rivoyatlardan, xalq ertaklari va dostonlaridan, topishmoqlar, maqol va matallardan o‘qib berish, so‘zlash yoki ularning o‘zlariga o‘qitish ham kerak. Bu bilan bolalarning zehni o‘sadi, fikri kengayadi, dunyoqarashi boyiydi, xotirasi kuchayadi. Eng asosiysi, bola eshitganlaridan ibratlanib, yaxshi odamlarga ergashishga intiladi, ularning xulq-u odobidan bahramand bo‘ladi.
O‘g‘il-qizlarining zehni o‘sishini, aql-idrokli, fikrlovchi bo‘lib ulg‘ayishini istagan ota-onalar ularga kichikligidan turli ibratli hikoyalarni, ulug‘larimizning hayot yo‘llari va fazilatlari haqidagi rivoyatlarni, ramziy ma’nodagi yaxshilikka, chiroyli axloq va odobga chorlovchi ertaklarni so‘zlab berishsa, ular ma’naviyatini yuksaltirishda katta tarbiyaviy ish qilgan bo‘lishadi.


Download 30,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish