1-mavzu Adabiyot – san’at turi sifatida. Reja


-Mavzu:Jahon bolalar adabiyoti



Download 173,05 Kb.
bet42/52
Sana23.01.2022
Hajmi173,05 Kb.
#401711
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
bolalar adabiyoti majmua

25-Mavzu:Jahon bolalar adabiyoti

Reja:

  1. Jahon xalq ertaklari va ularning tarbiyaviy ahamiyati

  2. Turli yosh guruhlari uchun jahon xalq ertaklarini tanlash va sahnalashtirishish

Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir boʻlagi boʻlgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining oʻrni, ahamiyati katta. Negaki, tarjima asarlarini oʻqigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, oʻsha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshna boʻladilar.

Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga oʻtib, dillarni yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(Sh. Perro), “Robinzon Kruzo” (D. Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J. Svift), “Dyumchaxon” (H. Andersen), “Oltin baliq” (A. S. Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado” (M. Tven), “Kapitan Grant bolalari”, “Ostin-ustin” (S. J. Vern), “Don Kixot” (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini joʻsh urdirib yuboradi.

XX asrda bunyod etilgan “Maugli” (R. Kipling), “Kichkina Shahzoda” (A. De Sent – Ekzyuperi), “Katta va kichik Karlson” (A. Lindgren), “Toshkent – non shahri” (A. Neverov), “Vinni Pux” (A. Miln), “Ahmoq sichqoncha haqida ertak” (S. Marshak), “Uch baqaloq” (Y. Olesha), “Quvnoq japbaqlar” (B. Kerboboyev), “Doktor Aybolit” (K. Chukovskiy), “Temur va uning komandasi” (A. Gaydar), “Chipollinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Styopa amaki” (S. Mixalkov), “Kim boʻlsam ekan?” (V. Mayakovskiy), “Bilmasvoy quyosh shahrida” (N. Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar oʻzbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.

Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir oʻrgatadi, nimagadir daʼvat etadi. Bu asarlarning koʻpchiligida onaVatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqaloq”), noshukur boʻlmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”), tabiatga buyuk mehr (,, Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (“Doktor Aybolit”), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam koʻrsatish (“Temur va uning komandasi”), oʻziga pishiq-puxta boʻlish, ichki sirlarni oʻzgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil Shapkacha”), namunali oʻqish, kasb-hunar egasi boʻlish (“Kim boʻlsam ekan?”), sergak, tadbirkor boʻlish hamda quvnoqlikka intilish (, Quvnoq japbaqlar”)dek oliyjanob gʻoyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan boʻlgan qiziqish va ishtiyoqlarini oʻstiradi.

Bir misol. Italiyaning butun jahon bolalari taniydigan J. Rodari (1920–1980) degan yozuvchisi bor. Uning “Chipollinoning sarguzashtlari” degan ajoyib asarini bolalar huzur qilib oʻqiydilar. Qarang, Chipollino Chipolonining oʻgʻli edi. Uning yettita akalari ham bor edi. Chipollotto, Chipollochcho, Chipolluchcho va boshqa piyoz xonadonining Chipolotto oʻgʻillari shular jumlasiga kiradi. Ayonki, qayerda piyoz boʻlsa, oʻsha yerda koʻzlarda nam boʻladi. Chipollinolar uncha keng boʻlmagan bir yashikning ustidagi joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo, bularning uylarining oldilaridan olifta zodagonlar oʻtib qoladigan boʻlsalar, darhol dastroʻmollari bilan burunlarini berkitib, koʻzlaridan yosh oqizib oʻtib ketar edilar. Negaki, ular piyozning achchiq hidiga chiday olmas edilar-da!Ana shunday quvnoq kuychi J. Rodarining “Hunarning hidi qanaqa?” degan bir sheʼri bogʻchalarimiz dasturidan uzoq yillardan beri joy olib keladi. Sheʼr quvnoq misralar asosiga qurilgan. Har qanday oʻquvchini bir oʻqishda, tinglashda oʻziga rom etib oladi. Boshda kitobxon: “Iya, hunarning ham hidi boʻladimi?” – deydi. Lekin sheʼrni oʻqigach, tinglagach, Rodariga ishonadi, qoyil qoladi, xulosa chiqaradi. Keling, eng yaxshisi “Hunarning hidi qanaqa?”ni hammamiz yana bir bor qayta boshdan oʻqib qoʻya qolaylik:

Har hunarning oʻzicha

Bordir hidi – belgisi.

Novvoyxonadan kelar

Xamirturushning isi.

Ustaxona yonidan

Oʻtib qolsang-chi agar, –

Yangi taxta, payraha

Hidi dimoqqa tegar.

Boʻyoqchida boʻyoqning

Hidi boʻladi har xil.

Oyna quchogʻidan ham

Zamaska hidi anqir.

Shofyorning kurtkasida

Benzin hidi bor doim.

Ishchining kiyimidan

Kelar mashina moyi.

Qandolatchidan esa

Magʻizning hidi kelar.

Doktorning xalatidan

Anqir xushboʻy dorilar.

Omoch ortidan asta

Dalada yurar dehqon.

Tuproq va oʻtloq hidi

Boʻlar unda har qachon.

Baliqchining egnidan

Dengiz hidi chiqqanday.

Faqat bekorchilarning

Hidi boʻlmas hech qanday.

Ishyoqmas boy qanchalik –

Atir sepsin, behuda!

Bolalar! Uning hidi

Qoʻlansa boʻlar juda!

Bunday asarlarni yosh kitobxon qancha koʻp oʻqisa, shuncha koʻp maʼnaviy oziqa oladi.




Download 173,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish