1-mavzu Adabiyot – san’at turi sifatida. Reja


-Mavzu: Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, she'rlar va ularning mualliflari haqida ma'lumot



Download 173,05 Kb.
bet38/52
Sana23.01.2022
Hajmi173,05 Kb.
#401711
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
Bog'liq
bolalar adabiyoti majmua

21-Mavzu: Bolalar uchun yaratilgan badiiy asarlar, she'rlar va ularning mualliflari haqida ma'lumot

Bolalar adabiyoti bugungi kunda o`zining janriy va tematik xususiyatlari jihatidan turli-tuman, o`ziga xos tarzda shakllanib ulgurdi. Unga dunyoning eng taniqli yozuvchilari o`z iste`dodlarini va faoliyatlarini bag’ishlashgan. Chunki ular insoniyat kelajagi o`sib borayotgan avlod qo`lida ekanligini yaxshi anglashadi... Eng asosiysi, yosh inson adabiyot yordamida, fransuz shoiri Polya Elyuara ta`biri bilan aytganda, o`zining dunyoqarashida "bir kishi ufqidan barcha kishilar ufqiga" ko`tariladi. Binobarin, hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti quyidagi omillar ta`sirida maydonga keldi, deyish mumkin:

1. Folklor asarlari hamda klassik yozuvchilarning avval kattalarga mo`ljallangan, ammo vaqt o`tishi bilan bolalar kitobxonligi doirasiga kirib, kichik kitobxonga so`zlab berish uchun hikoya tarzida qayta ishlangan asarlari (qadimgi yunon afsonalari, D. Defo, D. Svift, M. Servantesning romanlari).

2. Bolalar kitobxonligi doirasiga qisqartmalarsiz va qayta ishlanmasdan kirgan fol'klor hamda mumtoz asarlar (fol'klordagi erkalamalar, topishmoqlar, allalar, shuningdek, V. Skott, Ch. Dikkens va boshqalarning asarlari).

3. Bevosita bolalarga mo`ljallangan asarlar. Biz ba`zida adabiy ijodga tirik asos bo`lgan narsa haqida mushohada qilib ham o`tirmaymiz. Bu esa "so`z" edi. Ibtidoiy zamonda aytilgan "hikmatli so`z" odamlar uchun "samo"dan kelgan belgi, "ilohiy ishora" sifatida namoyon bo`lgan, qaysiki, bu hikmatlarni xotirada saqlash, uni avloddan avlodga etkazish mas`uliyati paydo bo`lgan. Bu urinishlar dastlab, aytish mumkinki, sinkretik shaklda inson bilan u ilohiylashtirgan tabiat kuchlari orasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi marosim qo`shiq va raqslarida ifoda etilgan. Asta-sekin insonning mehnat faoliyati davomida, uni tabiat ne`matlaridan foydalanishni o`zlashtirishi davomida hamda hali o`zi ham atrof-muhitda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarni to`g’ri anglab yetmagan, qanaqadir kuchlarni o`zicha his etib, uni inson qiyofasid tasavvur qilib, ilohiylashtirib, g’ayritabiiy kuchlarga ega bo`lsa-da, ammo o`zining intilishlari, xatti-haraktlari bilan oddiy insonlarga juda o`xshab ketadigan, xudolar haqidagi miflarni yaratganlar. Bu miflar avval toshlarga o`yilgan rasmlarda, idishlarda, matohlarda aks ettirilgan bo`lsa, yozuv paydo bo`lishi bilan - mixxat shaklida sopolda (tablichkalarda), ierogliflar shaklida papiruslarda, terida, matohlarda birinchi alifbolarning harflari bilan yozilgan. Bunga o`xshash ma`lumotlarni o`zida aks ettiruvchi arxeologik qazilmalardan bizga nafaqat qadimgi tariximiz haqidagi dalillar, balki badiiy adabiyotning eng yuqori xususiyatlariga ega bo`lgan asarlar orqali ham ayon bo`ladi. Aytish mumkinki, aynan shu manbalar jahon adabiyotining shakllanish jarayoniga o`z hissasini qo`shgan.

Hozirgi zamon o‘zbek bolalar nasrida ham salmoqli asarlaryuzaga keldi. Yozuvchilarning yangidan - yangi avlodi kamol topdi.Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to‘la javob bera oladigan ko‘plab hukoyalar yaratildi. Hakim Nazir, YoqubjonShukurov, Nosir Fozilov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Turg‘unboy G‘oipov, Rahmat Azizxo‘jayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov,Ergash Rayimov, Safar Barnoyev, Abdusaid Ko‘chimov, AnvarObidjon va boshqalarning maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan qissa va hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqdi.Juda ko‘p hikoyalarda kichkintoylar hayotidagi turli sarguzashtlar va ziddiyatlar o‘z ifodasini topmoqda.




Download 173,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish