30-Mavzu:Turli janrdagi asarlarni asarlarni ifodali o’qish va hikoya qilish
Reja:
Lirik turdagi asarlarni ifodali o’qish.
Nasriy asarlarni ifodali o’qish.
Lirik turdagi asarlar, odatda, kichik hajmli boMib, biror voqea-hodisa ta’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali hayotni aks ettiradi. Shoir lirikada ayrim shaxsning bevosita hayotiy kechinmasini beradi, bu bilan lirik asarda xarakter va kechinmani individuallashtiradi. Shu bilan bir qatorda, ijodkor lirik asarda faqat o‘z fikri, his-tuyg‘ularinigina emas, balki umuminsoniy lipik kechinmalami ham ifodalaydi. Demak, shoir voqeylikni ilg‘or ijtimoiy ideallar nuri bilan yoritadigan kechinmalar, fikr-tuyg‘ularini tarannum etadi, natijada kichik lirik asar katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.She’riy shakl lirikaning xarakterli xususiyati bo‘lib, u kishining his-tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirli ifodalashda qo‘l keladi. She’riy nutq mana shu xususiyati bilan ham nasriy nutqdan farq qiladi. Nasr nisbatan tinch-osoyishta nutq bo‘lsa, she’r - hayajonli, to‘lqinli va ehtirosli nutqdir. Zero, she’r oddiy holatni emas, favqulodda holatni, qattiq hissiyotni, hayajonli tafakkumi ifoda etadi.Erkin Vohidovning “O ‘zbekiston” she’ri lirik tur haqida aytilgan fikr-mulohazalarimizning yorqin dalilidir.
Yurtim,
Seni yana oldim qalamga,
To‘ying, shodiyonang bahona bo‘lib.
Yana kelib qo‘nding tonggi misramga,
Falak nisor etgan durdona boMib.
Iqbol peshonamga bitgan oshiyonim -
0 ‘zbekistonim.
Toleim bor ekan,
Senga hamnafas.
Otashin quyoshing bilan yo‘g‘rildim.
Yuz yil aw al emas, yuz yil so‘ng emas,
Tug‘yonli asrda senda tug‘ildim.
Gullar sochding men ilk bosgan qadamga,
Bag‘ring menga nurli koshona bo‘lib.
Jahon ichra mening tengsiz jahonim -
O ‘zbekistonim.
Vahshat vodiysida kechdi asrlar,
Aljabr ustodin tuqquncha yering.
liming yuksalguncha Beruniy qadar,
To Alisher qadar yetguncha she’ring,
Hayratga solguncha fan olamini,
Farg‘oniy chiqargan aniq hisoblar...
Tebransa ne ajab Toshkent zamini,
Bu yerga ko‘milgan milliard kitoblar.
Farangu hindu chin, iroq, ajamga
Taralding Al-Qonun, Say dona bo‘lib.
Buyuklar tan bergan buyuk dostonim -
O‘zbekistonim.
Lirik turning barcha janrlarida inson hayoti, muhabbati va nafrati, sevinch va iztirobi o‘zining badiiy ifodasini topadi. Zero, har qanday badiiy asaming markazida inson va uning hayoti, kurashi, jamiyat va tabiat hodisalariga munosabati asosiy ob’ekt bo‘lib turadi. Insonning xilma-xil hayot hodisalariga munosabatidan rang-barang lirik lavhalar bunyodga keladi.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qish lirik turdagi asarlami o‘qishdan tubdan farq qiladi. Bu farq, avvalo, asarning janr xususiyati bilan belgilanadi. Lirik turdagi asarlarda shoiming oniy hissiyoti, voqelik haqidagi kechinmalari butun harorati bilan ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, she’r shoirning voqelikdan olgan taassurotlarini jo ‘shqin aks ettiruvchi ehtiros mahsuli sifatida yuzaga keladi. She’mi o‘qiganda ham mana shu harorat, jo ‘shqinlik aks etib turadi.She’r o‘qishdagi bu shiddatkor uslubni butunligicha nasriy turdagi janrlarga qo‘llab bo‘lmaydi.Muallif nasriy asarda kishilarning hayoti va xarakterlarini ularning bir-birlariga bo‘lgan murakkab munosabatlari orqali aks ettirar ekan, asar qahramonlarining ruhiy olami, urf-odatlarini tasvirlaydi, tabiat manzaralarini yoritishga joy beradi. Demak, nasriy turdagi asarlarda biz (ayniqsa, qissa va romanlarda) hayotning keng manzarasini ko‘ramiz. Nasriy asarlarda, odatda, voqealar bayoni yetakchi o‘rin egallaydi. Bu turdagi asarlarni ifodali o‘qish she’riy janrlardan farqli o‘laroq, nisbatan osoyishta kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |