Darsning maqsadi.
Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosida o’quvchilar nutqini, mustaqil fikirlash qobilyatini o’stirish, xotirasini mustahkamlash, hikoyada ifoda etilgan yoqealarga munosabat bildirish, hikoya mazmunini tahlil qilish va mulohazalar,xulosalarni taqqoslash, yoqea-hodisalarni umumlashtirish, o’quvchilar lug’atini yangi so’zlar bilan boyitish markaziy o’rin egallaydi.
“Na’matak haqida qo’shiq” hikoyasi mazmunini o’zlashtirish bo’yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi.
1.Matn mazmuni yuzasidan o’ituvchi savollariga javob berish.
2.Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.
3.Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning savollar tuzishi.
4.Hikoya mazmuniga mos rasm chizish.
5.Hikoya matnini qismlarga bo’lish.
6.Har bir qismga sarlavha toppish.
7.Hikoyaga reja tuzish.
8.Reja asosida qayta hikoyalash.
9.Reja asosida bayon yozish.
Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish.
1.O’qituvchi:
“Na’matak haqida qo’shiq” hikoyasida qanday mazmun yotadi.
O’quvchi:
Bu hikoyada na’matakning chiroyli bo’lib gullashi, uning bahor fasliga qo’shib turgan go’zalligi.
2.O’qituvchi:
Hikoyadagi asosiy qahramonlarni sanang.
O’quvchi:
Tog’ga borayotgan qiz, aftobusdagi ayol, shoir Oybek, ayolning partadoshi.
O’qituvchi: 3. Qiz nima uchun tog’ga borishni xoxlaydi?
O’quvchi:
Xona derazasidan kuzatib o’tirganda bahorning mayin shamoli yuzlariga urilib bahor havosidan ilhomlanib ketadi.
4.Tog’da uning ko’zlari nimaga tushadi?
Namatakni chiroyi uning e’tiborini tortadi.
5.Aftobusdagi ayol unga nima haqida so’zlab beradi.
Shoirimiz Oybek haqida so’zlab beradi.
Hikoya matni asosidagi savol topshiriqlarni bajarish.
1.Avtobusdagi ayol “Bu tog’-u toshlarda bolaligim izlari bor” degan gapni nima sababdan aytadi?
Chunki qoyadagi na’matak butasini oldiga bir kuni kelganida istarali, oq yaktak kiygan kishi qo’lida qalam va qog’oz bilan o’tirardi. Borib so’radim nima qilyapsiz deb, dars qilyapman dedi. Na’matak haqida she’r yozyapman deb javob berdi… Keyinchalik bilsa Oybek shoir ekanligini angladi, kitobini ochib o’sha chehra ko’z oldiga keldi.
2.Hikoyada, hikoya qahramonlaridagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?)
Hikoya qahramonlarining sifatlari menga yoqdi, chunki na’matakning gullashi, hikoyani o’qishimiz bilan ko’z-ongimizga keladi. Qizning bolalarcha orzusi, ayolning bolaligi o’sha na’matak oldida o’tgani, maktabdagi o’qituvchining munosabati menda samimiy hisni uyg’atdi.
Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilarning
savollar tuzishi
-Hikoyadagi birinchi va ikkinchi xatboshini o’qing va shu qismlar yuzasidan savol tuzing?
Nima uchun qizcha tog’ga borgisi keladi va tayyorlanadi?
-Hikoyadagi birinchi xat boshida qo’llangan so’zlarning ma’nosini izohlang
Uyg’onish, manzara, quyosh, tog’
-Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing
Nafis chayqaladi bir tup na’matak
Yuksakda, shamolning belanchagida…
bu go’zal satrlar qayerda yozilgan.
Lug’at ishi
Qoya – yuksaklik, balandlik.
Belanchak – uxlatadigan, bolani ovitadigan moslama.
Muqova – kitobning ustki qismi.
Na’matak – dorivor o’simlik, buta.
Hikoya mazmuniga mos rasm chizish.
1. Gullagan na’matak rasmii chizish.
2. Avtobusdagi qiz va ayolning suhbati rasmini chizish.
Hikoya matnini qismlarga bo’lish va sarlavha topish.
Oybek.
Bir kuni echkilarimni o’tlatgani shu tomonlarga haydab keldim. xuddi mana shu toshda ko’zlari katta-katta sochi jingalak, oq yaktak kiygan bir kishi qoyaga tikilgancha qotib o’tirardi. Bolalar qiziquvchan bo’lishadi bilasiz ,shu amaki bilan juda-juda gaplashgim keldi.
Na’matak.
Bir kuni echkilarimni o’tlatgani shu tomonlarga haydab keldim. Xuddi mana shu toshda ko’zlari katta-katta sovchi jingalak, oq yaktak kiygan bir kishi qoyaga tikilgancha qotib o’tirardi. Bolalar qiziquvchan bo’lishadi, bilasiz shu amaki bilan juda-juda gaplashgim keldi.
Adabiy kecha
Adabiyot o’qituvchimiz adabiy kecha o’tkazamiz. Mana bu kitoblar ichidan istagan she’ringizni yod olinglar – dedilar. Men olgan kitobimga ko’z yugurtirdim. “Na’matak” , “qiziq , na’matak haqida ham kitob bo’larkanmi ?” – xayolimdan dastlab shu o’tdi. Muqovasini avaylab ochdim. Ochdim-u judayam tanish , mehribon chehraga ko’zim tushdi. Na’matakni she’r qilaman deb aytgan oq yaktakli kishini aniq ko’rganday bo’ldim. Oybek!
Xulosa
Hikoyaning ixchamligi , soda , qisqa , o’tkir va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi hamda o’quvchilar nutqini o’stirishda muhim material hisoblanadi. Hikoya qahramonlari-ning xatti - harakatlari , fe’l - atvorlari , nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatni o’ziga jalb qiladi. Boshlang’ich sinflarda hikoya matnini tahlil qilishda , matnni tahlil qilishni o’rganishda o’quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi , ularning saviyasiga mos , bilimlarning o’zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan , tahlil turlaridan foydalanish o’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini oshirishga xizmat qiladi.
409-guruh talabasi: Xudoyberdiyeva M
Do'stlaringiz bilan baham: |