1 Materialshunoslik va konstruktsion materiallar texnologiyasi fanining predmeti va mazmuni


Metall bogʻ — kimyoviy bogʻning bir turi, metallning



Download 79,44 Kb.
bet44/57
Sana25.01.2022
Hajmi79,44 Kb.
#409795
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
nazorat savollari

Metall bogʻ — kimyoviy bogʻning bir turimetallning kristall panjara tugunlarida (uchlarida) joylashgan musbat zaryadli ionlar bilan elektron gaz (valent elektron)ning oʻzaro taʼsiri natijasida yuzaga keladi. Metallar oʻziga xos eng muhim fizikkimyoviy xossalari bilan boshqa oddiy va murakkab moddalardan farq qiladi. Bu xossalar faqat metallargagina mansub boʻlgan metall boglanish mavjudligi tufayli namoyon boʻladi. Metall atomida valent elektronlar soni oz, lekin elektronlar bilan toʻlmagan
3. Metallurgiya sanoat tarmog’i murakkab ishlab chiqarish kategoriyasiga kiradi. Metallurgik jarayonlarni amalga oshirishda qayla ishlanayotgan material

ko’pgina fizik-kimyoviy o’zgarishlar (barqaror bo’lmagan birikmalarning parchalanishi, turli kimyoviy ta’sirlar, erish, bug’lanish va b.) ga duch keladi.

Fizika va kimyoni asosiy qoidalarini bilmasdan metallurgik jarayonlarni to’g’ri boshqarib va rivojlantirib bo’lmaydi. Shuning uchun ham metallurgiya fizika, kimyo va ayniqsa fizikaviy - kimyo bilan bog’liq. Fizikaviy - kimyo nazariy va amaliy metallurgiyaning asosi hisoblanadi. MDH hududida rangli metallar ishlab chiqarish bir necha yuz yil ilgari paydo bo’ldi. Arxeologlar bir necha marta qazilgan kon izlarini Uralda, Markaziy Osiyoda topganlar. Ma’lumki, metall ishlab chiqarishni tezlashtirish, davlat va 4 qadimgi jamiyatlarni rivojlanlirishda muhim o’rin tutdi. Evroosiyo mamlakatlarining iqtisodiy - tovar almashinuvida muhim o’rin Buyuk Ipak yo’li orqali kelgan jozibali taqinchoqlar va mahsulotlar hamda mahsulotning mahsuloti pul ko’rinishida bo’lgan nodir metallarga tegishlidir. Nodir metallarga oltin, kumush, paltinoid metallar:ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina kabilar kiradi. Markaziy Osiyo Sharqning metallar ajratib olish, mahsulot hamda tangalar ishlab chiqaradigan yirik markazlaridan bo’lgan. Qadimgi Sug’diyona va Baqtriyaning aholisi yuqori madaniyatli bo’lib, metallar eritish sirlari, zargarlik hunarlarini bilar va shug’ullanar edilar. Oltin juda ham qadimdan Amudaryo va

Zarafshon oralig’ida keng ishlatilar edi. Zarafshondaryosining nomi o’zi tarjima qilganda «oltinli - oltin tashuvchi» ma’nosini beradi. Oltin kumush, mis va meteorit temir bilan bir qatorda insoniyatga ma’lum bo’lgan birinchi metallardan hisoblanadi. Chiroyli sariq rang, tabiatda sof holda uchrashi, oson ishlov berilishi, tosh davrning oxirida oltinni qazib olishni boshlagan dastlabki insoniyatning diqqatini o’ziga jalb qildi. Beruniy o’z asarlarida

metall haqida quyidagilarni yozadi: «boshqa mamlakallarda shunday miqdorda va tozalikda oltin beradigan kon yo’q, biroq sahro va qumliklar yo’lni qiyinlashtiradi. Qaerda oltin bo’lsa o’sha erda kumush ham bor». Bu davrda Markaziy Osiyoda fan va foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash texnologiyasi yuksak darajada taraqqiy etgan edi. O’rta asrlarda eng yirik oltin va kumush qazib olinadigan joy Toshkent vohasida joylashgan Ilak quldorlik galigi edi. O’sha davr texnika yutuqlari va usullarida bizgacha metall eritish, qo’rg’oshin qotishmasidan oltin va kumushni ajratib olish uchun kupelirlash, shuningdek, metallarni kislotalar yordamida bir - biridan ajratish kabilari etib keldi. So’nggi yillarda rangli metallurgiya yuqori darajada rivojlangan

metallurgiya tarmog’iga aylandi. Zamonaviy fan va texnikaning taraqqiy etishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan yuqori darajali toza metallga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda, rangli metallurgiya turli darajadagi toza metallardan tashqari oddiy oltingugurt, sulьfat kislota, mineral o’g’itlar, sement, tuzlar va boshqa turli 5 xil mahsulotlarni ishlab chiqarmoqda. Konchilik va metallurgiya ishlarinish rivojlanishida M.V. Lomonosovning ishlari benihoya katta ahamiyatga ega. Uning «Ruda bo’laklari melallurgiyasiningbirinchi asoslari» deb nom olgan va 1763 yilda nashrdan chiqqan kitobi, rus tilida chiqqan ilk kitob edi. Rangli metallar olishning nazariy asoslari va yangi jarayonlarni ishlab chiqish ustida N.S. Kurnakov, V.YA. Mostovich, V.A.Vanyukov, G.A.Meerson, A.V.Vanyukov, G.G.Urazov, X.Abdullaev va boshqa ko’pgina olimlar ko’plab izlanishlar olib bordilar. So’nggi yuz yillikda sanoatning, ayniqsa, metallurgiyaning rivojlanishi qurilmalarning quvvatlari oshirilishi va ishlab chiqarishni ma’lum sanoat zonalarida joylashtirish hisobiga olib borildi. Bu yuqori iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishishga olib keldi. Zamonaviy metallurgik korxona rudani qazib olish vaboyitishdan boshlab, turli metall qism va buyumlar yasashgacha bo’lgan murakkab jarayonlarni o’zida mujassamlashtirgan kompleksni tashkil etadi. Shuning uchun metallurgik korxona murakkab tashkiliy tuzilmaga ega. Metall miqdori bo’yicha kambag’al rudalarni qayta ishlaydigan yurtimiz rangli metallurgiyasi uchun mantiqan bir sanoat kompleksini tashkil etgan, boyitish va metallurgik korxonalar orasidagi o’zaro bog’liqlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra rangli metallurgiya tuzilmasi

asosini kon - metallurgiya kombinatlari tashkil etadi. Biroq bu har doim ham iqtisodiy foyda keltirmaydi. Metallurgik ishlab chiqarish ko’p miqdorda energiya sarflashi sababli u arzon elektr energiyasi manbalariga yaqin joyda joylashtiriladi. Misol uchun alyuminiy sanoatida shunday yo’l tutiladi. Metallurgik korxonalarni bir joyda qurilishining salbiy oqibatlari XX asr oxirida yaqqol namoyon bo’la boshladi. Bunday sanoat rayonlarida havo, suv, tuproqning zaharli sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi, shu erdagi aholi hayoti va salomatligiga havf solib ekologik muvozanatning buzilishiga olib keldi. Shu dolzarb muammoni hal etishda teskari yo’l tutilayapti - sanoat ishlab chiqarish korxonalarini kichik quvvatli korxonalarga aylantirish, korxona faoliyati davomida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni tabiatzararsizlantira olishini hisobga olinib, shunday masala ko’tarilmoqda. Bunday mini - metallurgik korxonalar 6

boshqa bir masalani - mamlakatning uzoq rayonlarini metall mahsulotlari bilan ta’minlab, shuningdek mashinasozlik rivojlangan rayonlarda metall chiqindilarni qayta ishlash muammosini hal etadi. Ko’pchilik hollarda mini - metallurgik korxonalar raqobatbardosh bo’ladi. Bunga aniq mahsus turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yib erishish mumkin.

5-VARIANT




  1. Download 79,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish