4. Superplastifikatorli betondan beton qorishmalarni va buyumlarni sifatini nazorat qilish.
4.1. Qo‘shimchani xar bir partiyasini sifatini kirish nazoratini amalga oshirilayotganda:
- qo‘shimchani tashqi ko‘rinishini ko‘z bilan baxolash;
- qo‘shimchani berilgan partiyasini qabul topshirish nazoratini natijalarini xujatda keltirilgan, texnik shartlar talablari bilan taqqoslash;
- qo‘shimchani ishchi zichligini tajriba orqali tekshirish.
4.2. Beton texnologiyasida qo‘shimchani qo‘llaganda ishlab chiqarishni jarayonma jarayon nazorat qilish ishlarni quyidagi etaplarda amalga oshirishi kerak:
- beton qorishmasini tayyorlashda (qo‘shimchali beton qorishmasi tayyorlashda GOST 7473 ga muvofiq aralashtirishni bir tekisligini ta’minlash shartida beton qorishtirg‘ichlarni xamma turlarini qo‘llashni ruxsat etiladi);
- beton qorishmasini aralashtirish davomiyligini, xaroratini, xarakatchanligini, zarur bo‘lganda xavo tutishini nazorat qilishi kerak. Beton qorishmasini tashishda (yuqori xarakatchan va quyma beton qorishmalarini OK>15sm bo‘lgan qoliplash postiga sement sutini chizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan konstruksiyali moslamalar bilan amalga oshirish kerak, ortiqcha yo‘qlanishni miqdori minimal bo‘lishi kerak va qorishmani qatlamlanishini bartaraf qilinishi kerak);
- beton qorishmasini yotqizishda (vibrozichlantirishni o‘lchamlarini, davomiyligini, tebranishni amplitudasini va qatlamlanishni nazorat qilish beton qotishida tanlangan xarorat nam rejimini, qotgan betonda uni mustaxkamligini nazorat namuna kublarda, zaruriyat bo‘lganda buyumlarda va boshqalarda talab qilinadigan sifat ko‘rsatgichlarni nazorat qilish);
- sovuqqa chidamli, suv o‘tkazmaslik va boshqa yuzasi sifatini.
4.3. Beton qorishmasini sinovini GOST 10 181 bo‘yicha namuna olingandan 15 min GOST 27006 talabiga muvofiq o‘tkazishi kerak.
4.4. Beton qorishmasini qishki davrda yotqizishida qishda betonlash bo‘yicha NIIJB ni umumiy tavsiyalarga rioya qilishi kerak:
- beton qorishmasini yotqizishdan oldin opalubka, armatura va oldin yotqizilgan betondan qor va muzni, (mexanik, siqilgan xavo, gazli gorelkalar bilan) beton yotqizishdan oldin betonlashga tayyorlangan konstruksiyani atmosfera cho‘kindilardan berkitish zarur;
- beton qorishmasini to‘xtamasdan yotqazish kerak betonlashda tanafus bo‘lgan xolda betonni yuzasini yopish va isitish, zarur bo‘lganda qizdirish kerak;
- beton qorishmasini qor yog‘ganda maxsus yopinchiqli moslamalarsiz yotqizish man etiladi.
Opalubka bilan ximoyalanmagan beton yuzasini, atmosfera cho‘qindilari xisobiga ortiqcha namlangan yoki namlikni yo‘qotishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun betonlashni oxirida gidroizolyatsion material qatlami bilan tez yopishishi kerak (polietilen plenka, rezinali matovu, ruberroid va x.k.).
Oldin yotqizilgan beton yoki qurilish qorishmasi bilan keyinchalik monolit bog‘lanishga mo‘ljallanmagan beton yuzasi plyonka xosil qiluvchi birikma yoki ximoyalovchi plyonka bilan yopilishi mumkin. Beton va qorishma aralashmalarini xarakatchanlikka va qulay joylashishiga bog‘liq xolda klassifikatsiyasi 50-51 jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |