Bog'liq yakuniy nazorat savollari Nazariy mexanika fannidan
1. «Materiallar qarshiligi» fani nimalarni o'rganadi? Mustahkamlik, bikrlik
va ustvorlik tushunchalari haqida so'zlang.
2. Fanning qisqacha tarixini gapirib bering.
3. «Materiallar qarshiligi» hisoblarida nazariy mexanikaning qanday
qoidalarini qo'llab bo'lmaydi? Nima uchun?
4. Muhandislik tuzilmalari elementlarining asosiy turlarini tushuntiring.
5. Brus, plastinka va massivlarning xarakterli geometrik belgilarini ko'rsating.
6. «Materiallar qarshiligi» hisoblarida qabul qilingan asosiy farazlar va
cheklanishlar nimalardan iborat?
7. Sirtqi va hajmiy kuchlar bir - birlaridan nima bilan farqlanadilar? Sirtqi
kuchlarning qanday turlarini bilasiz?
8. To'plangan kuch va moment nima?
9. Taqsimlangan kuchlarning qanday turlarini bilasiz? Taqsimlangan kuchning
jadalligi nima?
10. Deformastiya tushunchasini ta'riflang?
11. Chiziqli va burchak deformastiyalarining farqi nimada?
12. Statik aniq sistema nima? Statik aniqmas sistemachi?
13. Masalaning statik aniqmaslik darajasi nimani ifodalaydi?
14. Cho'zilish - siqilishdagi statik aniqmas sistemalarni echish usulini tushuntirib
bering.
15. Asosiy sistema nima? Ekvivalent sistemachi?
16. Uchlari qistirib mahkamlangan brus uchun deformastiyalar orasidagi
boglanish tenglamasining mohiyati nimada?
17. Nuqtadagi kuchlanish holati deganda nimani tushunasiz.
18. Kuchlanishlar indekslari nimalarni ifodlaydi.
19. Kuchlanishlar tenzori ifodasini yozing.
20. Umumiy holda urinma kuchlanishlarning juftlik qonuni qanday tushunasiz?
21. Bosh kuchlanishlar deb qanday kuchlanishlarga aytiladi.
22. Bosh yuzalar nima.
23. Bosh yuzalarda urinma kuchlanishlar nimaga teng.
24. Mor doirasi (kuchlanishlar doirasi) nima uchun xizmat qiladi.
25. Bosh yuza va bosh kuchlanishlar nima. Bosh yuzalar bir-biriga nisbatan qaday
joylashgan.
26. Bosh kuchlanishlar va yuzalar holatini ifodalovchi formulalarni keltirib
chiqaring.
27. Mor doirasi qanday quriladi.
28. Turli metallarning cho'zilish diagrammalari bir-biridan qanday farq qiladi?
29. Mustahkamlik chegarasidan o'tgach, nagruzkaning kamayishini qanday
tushuntira olasiz?
30. Elastik va qoldiq deformatsiyalar orasida qanday farq bor?
31. Qanday metallar dinamik nagruzkada yaxshi ishlaydi?
32. Materialning plastiklik xarakteristika nima a ular qanday aniqlanadi?
33. Mashinada chizilgan diagramma qanday koordinatalarda?
34. Oqish chegarasiga etganda nima uchun namunaning sirti xiralashadi?
35. Namunani uzish uchun sarflangan ish qanday hisoblanadi?
36.Eguvchi moment va qirquvchi kuch qanday yuzaga keladi?
37.Eguvchi moment va qirquvchi kuch masshtabi qanday tanlanadi?
38.Eguvchi moment va qirquvchi kuch epyuralari qanday quriladi?
39. Qanday tushuncha ustivorlikni yo'qotish deb ataladi?
40. Qanday kuch kritik kuch deb ataladi.
41. Egiluvchanlik nima? Uning qiymati qanday hisoblab topiladi? O'lcham birligi
qanday?
42. Kritik kuch uchun Eyler formulasi qanday yoziladi? Uning ishlatilish chegarasi
qanday?
43. Berilgan sterjen uchun kritik kuchning miqdori nimalarga bog'liq?
44. Kesim yuzining minimal inertsiya momenti qanday hisoblanadi?
45. Kritik kuch tajribada qanday qilib topiladi?