Mavzu: Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari
REJA:
1. Masofali o`qitish va uning tashkil qilish asoslari
2. Masofali o`qitishning tashkiliy-uslubiy modellari
3. Masofali o`qitish.
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Masofali o`qitish (MO`) - axborot-kommunikasion texnologiya (kompyuterlar, telekommunikasiya, multimedia) vositalari va ilmiy asoslangan o`qitish usullarini qo`llab ta`lim (kunduzgi, sirqi, eksternat) olish shaklidir. O`qitishni bu shakli o`quvchilarga mos ta`lim predmetini erkin tanlash, o`qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini ta`minlaydigan an`anaviy, yangi axborot va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslanib, o`qitish jarayoni o`quvchining qaerdaligi va vaqtga bog`liq bo`lmagan holda amalga oshiriladi. O`quvchi o`quv muassasasiga qatnamay, o`qituvchi yoki o`quv muasasasi seritifikasiyalagan shaxs (tyutor)lardan doimiy maslahat olib o`qish imkoniyatiga ega.
Masofali ta`lim (distant education) - axborot texnologiyasini foydalangan holda masofadan turib ta`lim muxiti yordamida o`quv axborotlarini almashinishni ta`minlaydigan va o`quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko`nikmalarni egallash jarayoni.
Masofali ta`lim - masofali o`qitish orqali amalga oshiriladigan ta`lim.
Masofali o`qitish - o`rganayotgan materialning asosiy hajmini o`quvchilarga yetkazish, o`quv jarayonida talaba va o`qituvchining interfaol muloqati, talabalarga o`rganayotgan materiallarni o`zlashtirish bo`yicha mustaqil ishlash, shuningdek, ularning o`qish mobaynida olgan bilim va ko`nikmalarini baxolashga imkoniyat beradi axborot texnologiyalari yig`indisi.
Masofali o`qitish - o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o`qitish vositalari va hokazo), Internet-texnologiyasining maxsus vositalari va boshqalar bilan amalga oshiriladigan va interfaollikni ko`zda tutgan o`qituvchi va o`quvchilarning masofadan turib o`zaro aloqa qilishi.
Masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jaxondagi ixtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor-o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, o`quvchilarga uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv - uslusbiy ta`minotning rang barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi.
Masofali o`qitish tizimiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- dastlabki tashkiliy ishlar (an`anaviy tartibda o`tkazish ham mumkin). Bu o`z ichiga guruxni shaklalantirish, tinglovchilar bilan tanishish, ularni boshlang`ich bilimlarini aniqlash uchun mo`ljallangan (kirish) testidan o`tkazish, kirish darslari tashkil etish, o`qish uchun zarur bo`lgan o`quv manbalarni tavsiya qilish va boshqa tashkiliy masalalarini oladi;
- tinglovchilarga elektron ma`ruza va qo`llanmalarni uzatish;
- tinglovchilarni tyutor - maslahatchi bilan yozishmasi;
- professor - o`qituvchilarni tinglovchilar bilan yozishmasi.
Bu o`z ichiga elektron pochta orqali maslahatlar, teleanjumanlar ko`rinishidagi seminarlar, elektron testdan o`tkazish, tinglovchilarni Internet tarmog`i orqali mustaqil ishlashlari, audio-vidio qo`llanmalar bilan mustaqil ishlashi, ekspert tizimlaridagi bilimlar omborini esda saqlab qolishlarini oladi;
- tinglovchilarni mustaqil ishlashi;
- joriy nazorat (imtihon), bitiruv ishi (referat)ni tayyorlash va himoya qilish, tinglovchilarga diplom yoki seritifikatni taqdim etish;
- turli ko`rinishdagi teleanjuman (masalan, kurs buyicha, o`quv muassasasi bo`yicha yoki global tarmoqli) lar.
Masofali o`kitish tizimining xarakatchanlik xususiyati o`kuv auditoriyalarini tashkil etish va nazorat qilish, o`kuv - metodik qo`llanma va elektron kutubxonalarning jamg`armalarini, kompyuter tarmoqlarining global va mahalliy hisoblash ashyolarini foydalanish, tyutor - konsultant va o`qituvchilarni tayyorlash kabi ta`lim ashyolarini samarali foydalanishni rejalashtirish muamolarini keltirib chiqaradi.
Tinglovchilarni masofali o`qitish uchun:
- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali o`qitish tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`; ta`limning alohida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini taxlil qilish;
- tinglovchilarning yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish uslublarini, ajratish;
- o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar ishlab chiqish;
- zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio - va vidio kurslar, kompyuterli o`qitish dasturlari, telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash;
- malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash;
- o`quv jaraenida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;
- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash va me`erga keltirish;
- ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchilarni aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak.
7. Masofali o`qitishning tashkiliy-uslubiy modellari
1. Eksternat turida o`qitish. Ushbu o`qitish uslubi umumiy ta`lim maktab o`quvchilari va oliygox talabalariga yo`naltirilgan bo`lib, qandaydir sabablarga ko`ra stasionar o`quv yurtiga borolmagan o`quvchi va talaba uchun mo`ljallangan. Masalan, 1836 yili London universitetida qandaydir sabablarga ko`ra ana`naviy o`quv yurtiga bora olmagan o`quvchi va talabaga yordam sifatida u yoki bu darajadagi hujjat(attestat, diplom)ga ega bo`lish uchun imtixon olishga tashkil etilgan. Ushbu vazifa xozirgi kungacha talabalarni stasionar o`qishi bilan birga saqlanib kelmoqda.
2. Bir universitet negizida o`qitish. Bu stasionar o`qimaydigan (on-campus), ya`ni masofadan turib, sirtdan yoki masofali va kompyuterli telekommunikasiyani o`z ichiga olgan yangi axborot texnologiyalari asosida (off-campus) o`qiqtgan talabalar uchun butun bir ta`lim tazimidir. Dunyodagi ko`pgina nufuzli oliygoxlardagi ta`limning turli attestatlarini olish uchun mo`ljallangan dasturlar turli tumandir. Masalan, Avstraliya Janubiy Uelsning yangi universitetida 3000 talaba stasionar holda o`qisa, 5000 ta talabaga sirtqi va masofali ta`lim tizimi orqali o`qitiladi.
3. Bir necha o`quv yurtining hamkorligi. Sirqi va masofali o`qitish dasturini amalga oshirishda qilinadigan hamkorlik ularni, sifatliroq va kam xarajatli bo`lishini ta`minlaydi.
Bunday tajriba, masalan Keprikon universitetlari aro tele o`qitish dasturida amalda qo`llangan bo`lib, unda Boliviya, Braziliya, Chili va Paragvay universitetlari ishtirok etadi. Ana shunday hamkorlik misoli bo`lib, "Ta`limda hamkorlik" dasturi xizmat qilishi mumkin. Britaniya hamdo`st mamlakatlarining yurtboshilari 1987 yili barcha hamkor davlatlar uchun masofali o`qitish tarmog`ini tashkil etishni kelishib olishga yig`ilishgan. Dasturning istiqboldagi maqsadi - hamdo`st mamlakatlarda mavjud kollej va universitetlar negizida ixtiyoriy ta`lim olish imkoniyatini yaratib berishdan iboratdir.
4. Maxsus masofali o`qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta`lim massasasalari. Ana shunday muassasalardan eng yirigi Londondagi ochiq universiteti (Thy Open University) hisoblanadi. Hozirgi kunda unda nafaqat Buyuk Britaniya balki ko`pgina hamdo`st davlatlarining talabalari masofadan turib o`qimoqda.
AQShda bunday universitet sifatida Milliy texnologik universitet (Kolorado shtati)i misol bo`lishi mumkin. Bu universitet 40 ta muxandislik kollejlari bilan birgalikda turli mutaxassisliklar bo`yicha xodimlarni tayyorlamoqda.1991 yili universitet shtat raxbariyati va biznes sohasi bilan yaqin hamkorlikda 40 ta kollejni masofali o`qitish tarmog`i bilan birlashtirdi.
5. Avtonom o`qitish tizimlari. Bunday tizimlar doirasida o`qitish to`la TV va radiodastur, shuningdek, qo`shimcha nashr etilgan qo`llanmalar asosida o`qitmoqda. Masofadan turib o`qitishning bunday misoli sifatida Amerika - samoan televizion loyixasini keltirish mumkin.
6. Multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan (birlashtirilgan) masofali o`qitish.
Bunday dasturlar qandaydir sabablarga ko`ra maktabni tamomlay olmagan yoshi katta tinglovchilar auditoriyasiga mo`ljallangan.
Bunday loyhalar ushbu dasturga birlashtirilgan rasmiy ta`lim dasturining qismi (masalan, bunday dasturlar Kolumbiyada mavjud) yoki aniq ta`lim maqsadiga maxsus mo`ljallangan (masalan, Britaniyaning savodxonlik dasturi) yoki maxsus salomatlik profilaktikasi dasturiga yo`naltirilgan (masalan, rivojlanayotgan davlatlar uchun) bo`lishi mumkin.
Ta`lim tizimida qo`llaniladigan masofali o`kitish usulining rang barang shakl va modellari mavjud. Ushbu usulning rang-barangligi masofali o`kitish tizimining shakllanishidagi turli shart-sharoitlari bilan bog`liq. U shartlarga:
geografik sharoitlar (masalan, davlatlar territoriyasining ko`lami, markazdan uzoqda yoki ajralgan xududlarning mavjudligi, iqlimi va boshqalar);
davlatning kompyuterlashtirilganlik va axborotlashtirilganligining umumiy darajasi;
davlatda transport va kommunikasiya vositalarining rivojlanganlik darajasi;
ta`lim sohasida mavjud an`analar;
masofali o`qitish tizimi uchun ilmiy-pedagogik xodimlarni mavjudligi va shu kabilar kiradi.
YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan masofali o`kitish modellarini keltiramiz:
Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko`ra faqat masofali o`qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O`qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta`limning kunduzgi shakli zarur bo`lmaydi. Barcha o`qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o`qitishda xududiy markazlar bo`lib, ularda talabalar o`qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygoxlarda o`qituvchilarga ham talabalarga ham o`quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o`quv jadvallariga qa`tiy chegaralar qo`yilmaydi.
Bunday tamoyilida o`qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.
Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygox kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o`qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o`qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo`ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygox kunduzgi talabalar soni masofali o`qiyotgan talabalar sonidan katta bo`lgan ana`naviy oliygoxlardir. Shuning uchun bir universitetning o`zida ikki shaklning birgaligida ko`proq o`zlarida katta o`quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygoxlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba`zan u qisman kunduzgi talabalarni o`qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg`u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o`qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Bu model universitet talabalarini masofali o`qitishning turli shakllarini, aniqrog`i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o`qiyotgan talabalar masofali o`qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o`qituvchisi o`qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o`qiydilar. Shuningdek, bu modelda an`anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma`ruzalar ko`rinishidagi mashg`ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo`lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jixozlangan bo`lsa, shunchalik o`qitish shakllari turli-tuman bo`ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zellandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium model. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o`quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo`lishib oladilar. Masalan, bir universitet masofali o`qitish uchun o`quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o`quv guruhlarini o`qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali o`qitish dasturlarini rasmiy akreditasiyasini o`tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazalari, fakultetlari, xatto ta`lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo`lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo`ladi. Kanadadagi Ochiq o`quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo`lishi mumkin.
Franchayzing model. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o`qitish modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o`zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta`lim xizmati bozorida o`zini ko`rsatgan qandaydir universitet o`zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o`qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o`qitish uchun o`quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo`lmagan boshqa oliygox - hamkorlariga o`qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o`zlarining universitetida o`qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg`or oliygox talabasi kabi o`sha hajmda va o`sha sifatda ta`lim xizmatlalariga, o`qishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega bo`ladilar. Bunda ilg`or universitetning barcha atributikalari o`z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.
Validasiya model. Masofali o`qitishning juda keng tarqalgan modeli bo`lib, bunda ta`lim muassasalari masofali o`qitish bo`yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga ma`sul bo`ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygox (davlat akreditasiyasiga ega bo`lgan taniqli oliygox) va uning xududlardagi ko`p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. qandaydir oliygoxda o`tkazilayotgan o`quv kurslar, ma`ruzalar yoki seminarlar talabalar yig`iladigan uzoqlashtirilgan o`quv auditoriyalarga sinxron teleko`rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko`rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o`qituvchi bir vaqtni o`zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo`yicha
AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o`qitish tashkil etilgan.
Loyihalar model. Davlat ta`lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo`ljallangan masofali o`qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy ahamiyat o`quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxasissis xodimlar, masofali kurslarni olib boruvchi o`qituvchilar va olimlar yig`iladigan ilmiy - uslubiy markazga qaratiladi. Markazda ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga uzatiladi. Bunday o`qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo`ljallangan ishlar bajarilgandan yoki tugagandan so`ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerkasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o`tkazgan qishloq xo`jaligi, agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo`yicha va sh.k. masofali o`qitish kurslari olish mumkin.
Chet el davlatlari ekspertlarining ma`lumotlariga ko`ra yaqin yillarda insoniyatni yashashi uchun zarur bo`lgan ta`limning minimal darajasi oliy ta`lim bo`ladi. Shunday ekan, ko`p sondagi talabalarni kunduzgi shaklida o`qitish uchun eng rivojlangan davlatlarning ham byudjet mablag`i chidamasa kerak. Shuning uchun ham oxirgi o`n yillikda kunduzgi bo`limlarda o`qiyotgan talabalarga qaraganda noan`anaviy texnologiya asosida o`qiyotgan talabalarning soni tezroq o`smoqda.
O`qitishning noan`anaviy shakliga o`tish tendensiyasi ana shunday texnologiyalarda kadr tayyorlanadigan va ularni qayta tayyorlaydigan ta`lim muassasalarining sonini ko`payishida ham ko`rish mumkin. 1900-1960 yillarda (60 yil mobaynida) ularning soni 79 ta edi,1960-1970 yillarda (10 yil mobaynida) 70 ta, 1970-1980 yillarda (10 yil mobaynida) 187 ta va 1980 - 1995 yillarda (15 yil
mobaynida) 700 ta, 1995-2000 yillarda esa, mingdan oshib ketdi (1 - rasm).
Jahonda uzoq vaqtlardan buyon masofali o`qitish tizimini (MO`T) rivojlanish sabablaridan biri ixtiyoriy yerda yashayotgan har bir o`quvchiga ixtiyoriy kollej yoki universitetda ta`lim olish imkoniyatini yaratishdan iborat. Bu "talabalarni bir davlatdan boshqa davlatga jismonan siljishi" konsepsiyasidan "ta`lim ashyolarini almashinish orqali bilimlarni taqsimlash maqsadida ko`plab g`oya, bilim va ta`lim" konsepsiyasiga o`tishni ko`zda tutadi.
Masofadan turib o`quvchilarni o`qitish o`qituvchi bilan o`quvchi ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim berish tizimidir. Bunda o`qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun`iy yo`ldosh aloqasi, kabelli televidenie kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi.
Zamonaviy kompyuter uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikasiya sohasida o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o`quv muassasalari masofadan turib o`qitish uslubi asosida birlashtirilsa, o`qitish jarayonini yanada yuqori pog`onaga ko`tarish mumkinligi ayon.
Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko`rsatmoqdaki, hozirgi kunda, jahonda 10 milliondan ortiq o`quvchilar shu uslub asosida ta`lim olmoqdalar.
Masofali o`qitish uslubining afzalliklari quyidagilar:
- o`qitishning ijodiy muhiti. Ana`naviy uslublar asosida ta`lim berishda, o`quvchi faqat berilgan materialni o`qiydi. Masofadan turib o`qitish uslubi asosida esa, o`quvchilarning o`zlari axborotlar omboridan kerak bo`lgan ma`lumotlarni qidirib topish va o`zlarining tajribalarini boshqa o`quvchilar bilan elektron tarmoqlari asosida almashish imkoniyatlariga ega bo`ladilar;
- ish joyidagi katta o`zgarishlarni mavjudligi. Masofali ta`lim uslubi asosida ta`lim berish turi millionlab o`quvchilarga, ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta`lim olayotgan o`quvchilarga juda keng sharoit yaratib beradi.
- o`qitish hamda ta`lim olishning yangi va unumli vositasi ekanligi. Statistik ma`lumotlar shuni ko`rsatmoqdaki, masofali ta`lim uslubi asosidagi ta`lim stasionar o`qitish kabi unumlidir.
Bunday uslubda ta`lim olayotgan o`quvchilarning ustunligi ularning eng yaxshi va sifatli didaktik materiallar hamda salohiyatli ma`ruzachilar bilan ta`minlanishidadir. Ushbu uslubda o`quvchilar INTERNET tarmog`i orqali "jahon bo`yicha sayohat" qilishlari mumkin.
Masofali o`qitishni tashkil etish asosiy tamoyillarlari:
- ixtiyoriy yoshdagi o`quvchilarning guruhi ta`lim olish imkoniyatiga ega ekanligi, ya`ni vaqt va fazoda egiluvchanligi:
- yuqori sifatli o`quv materiallarni tanlash mumkinligi;
- o`qitish jarayonini yuqori darajadagi oshkoralik va samaradorlikda o`tkazish mumkinligidan iborat.
Masofali o`qitish pedagogik jihatdan:
- o`ziga xos yo`nalishi sifatida qaralishi;
- o`qitish va o`qishni individual va differensial qndoshuvni mavjudligi;
- o`quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish mumkinligi;
- o`quvchilarning o`qishga motivasiyasini kuchaytirish, olgan bilimlarini takomillashtirish va rivojlantirish;
- fanlararo uzviylik ta`minlanishi;
- muammoli o`qitish usullaridan foydalanilishi;
- zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitilishi;
- guruhli va yakkama-yakka usullardan izchillik bilan foydalanish mumkinlik xususiyatlariga ega.
Masofali o`qitish, o`qituvchi va o`quvchilarning fuqorolik huquqlarini tenglashtirish, tanlash, shuningdek, o`z fikri va nuqtai nazarlarini erkin bayon etish huquqlarini beradi.
Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni to`lib toshgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol faoliyat ko`rsata olishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash sharoitini yaratib berish zarur.
Pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda qo`llaniladigan masofali o`qitishning asosiy maqsadi: tinglovchilar qaerda yashashlaridan qat`iy nazar jahondagi ihtiyoriy ta`lim muassasasida o`qish imkoniyatini yaratish, ta`lim muassasalaridagi professor - o`qituvchilarning saloxiyatlardan foydalangan holda ta`lim sifatini oshirish, tinglovchilarga uzluksiz ta`lim olishni ta`minlash va ta`limning turli shakllarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat.
Masofali ta`lim tizimining an`anaviy ta`lim shaklidan farqi, uning egiluvchanligiga bog`liq ravishda yuqori xarakatchanligi, tinglovchilarning mustaqil ishlash imkoniyatini kattaligi, o`quv - metodik ta`minotning rang-barang shakldaligida bo`lib, ular tinglovchilarning qaerdaligidan qat`iy nazar ta`lim jarayonini samaradorligini ko`tarishga imkon beradi.
Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish uslubi bilan malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun:
- ashyolarni turli taqsimotida mintaqaviy va xududiy markazlarning tarmoqlarini o`tkazish imkoniyati; xujjat almashinish muddatlari; masofali ta`lim tizimida tinglovchilarni o`qitish uchun sarflanadigan mablag`; ta`limning aloxida shakllari; turli kurslar va masofali o`qitish xususiyatlarini tahlil qilish;
- tinglovchilarning joriy, oraliq va yakuniy attestasiyasi uchun zarur bo`lgan bilimlari sifatini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqarish;
- o`qituvchi va tinglovchilar uchun fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy qo`llanma va materiallar ishlab chiqish;
- zamonaviy o`qitish vositalari: elektron darslik, audio- va vidio kurslar, kompyuterli o`qitish dasturlarini yaratish va telekommunikasiya vositalarini foydalanishning metodologik asoslarini aniqlash;
- malaka oshirishda ishtirok etadigan o`qituvchi va tyutor - maslahatchilarni tayyorlash;
- o`quv jarayonida interfaol uslublari va yangi pedagogik texnologiyalarini o`z joyida fodalanishni taxlil qilish va aniqlash;
- malaka oshirish va qayta tayyorlash o`quv rejalariga kiritiladigan o`quv kurslarni asoslash va me`erga keltirish;
- ta`lim yo`nalishi va fanlari bo`yicha masofali o`qitishni amalga oshiruvchi xodimlarni aniqlash kabi muammolarni hal qilish kerak.
Pedagog va ilmiy xodimlarni masofali o`qitish tizimi orqali malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun: o`quv - uslubiy adabiyot; egallagan bilimlarini nazorat qilish tizimi va tashkiliy shakllar kabi iborat uchta elementlar orasida qat`iy bog`lanish bo`lishi zarur.
Masofali o`qitishda yuqori faollikni elektron darslik va qo`llanmalar o`ynashi kerak. Ular tinglovchilar uchun ta`lim berish tizimlarini vazifasini bajarishlari kerak. Har bir fanga mo`ljallangan kurslar uchta (eng kamida): ta`limiy, mashqli va nazorat qilish asosiy qismlarga ega bo`lishlari kerak.
Masofali ta`limda ishtirok etayotgan o`qituvchidan ma`lum bilim va ko`nikmalarni egalaganliklarni talab etadi. Ushbu bilim va ko`nikmalarni qo`yidagi to`rt qismga bo`lish mumkin:
O`qituvchining ta`limda yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko`nikmalari:
- shaxsiy kompyuter va ularning tashqi qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilish;
- zamonaviy dasturiy ta`minotni egallash;
- Internet tarmog`ida ishlashning asosiy tamoyillari va dasturiy ta`minotini egallash;
- ta`limda yangi axborot texnologiyalarining vositalarini foydalanish muammosi bo`yicha uslubiy materiallar va ilmiy adabiyotlarni bilish;
- o`quv jarayonini boshqarish uchun kompyuterni foydalanish imkoniyatlarini tushunish;
- dasturiy ta`minotning didaktik imkoniyatini tahlil qila olish;
- yangi axbort texnologiyalarining vositalarini foydalangan holda mashg`ulotlarni tashkil etish va o`tkazish uslubiyotiini egallash;
- mustaqil ravishda Internet, turli elektron ma`lumotnomalar, ma`lumotlar ombori, axborot izlash tizimlari va lug`atlardan axborotlarni izlay olish;
- axborotlarni saqlash, u taxlil qila olish va tasvirlash shakllarini tanlay olish;
- olingan ma`lumotlarni hal qilinayotgan masalalarga qo`llay olish.
O`qituvchilarning Internet texnologiyalari sohasidagi maxsus bilim va ko`nikmalari:
- telekommunikasiya tizimlari asosiy shakllari va umumiy ishlash ptamoyillarini bilish;
- foydalanuvchilarni Internetga turli darajada kiritish xususiyatlarini tushunish;
- teleanjumanlar tashkil etish va o`tkazish xususiyatlarini bilish;
- telemmunikasiya muomalasi (aetiketi)ni bilish;
- boshqa foydalanuvchilar bilan axborot almashinish uchun telekommunikasiyaning turli vositalaridan foydalana olish;
- tarmoqda axborot "navigasiya" malakalariga ega bo`lish;
- tarmoqning axborot ashyolari bilan ishlay olish;
- masofali o`qitish kurslarini yaratish uchun dasturiy vositalarni foydalanish xususiyatlarini tushuna olish;
- elektron pochta bilan ishlay olish;
- tarmoq orqali foydalanuvchilar bilan muloqat qila olish;
- zamonaviy gipermatnli va gipermedia tizimlari bilan ishlay olish;
- Internet axborot ashyolari ichidan ta`lim maqsadiga moslarini ajrata olish;
- turli amaliy dasturlari va zaruriy utilitlardan foydalangan holda axborotlarni tarmoqdan uzatish uchun tayyorlay olish.
O`qituvchining pedagogika va psixologiya sohasidagi umumiy bilim va ko`nikmalari:
- masofali o`qitishda o`quvchilarning o`quv - bilish faoliyatida shaxsiy stillarini bilish;
- masofali o`kitishda o`quvchilarni faoligini aniqlovchi omillarni bilish;
- masofali o`qitishda bilimlarni egallash jarayonining xususiyatlarini bilish;
- Internetning axborot bilish muxitida o`quvchilarni mustaqil ishlashini tashkil etish xususiyatlarini bilish;
- masofali ta`lim ishtirokchilari bilan muloqat tashkil etish usullariga ega bo`lish;
- o`quvchilarni psxologo-pedagogik testlardan o`tkazishni tashkil etish va o`tkaza olish;
- o`quvchining shaxsiy psixologo-pedagogik portretini tuza olish;
- o`quv faoliyatning dastlabki bosqichida o`quvchilarni psixologik qo`llab-quvvatlay olish;
- o`quvchilar psixologik mosliklari prinsipiga ko`ra kichik o`quv guruhlar shakllantira olish;
- virtual o`quv guruhini psixologo-pedagogik tashxisini o`tkaza olish;
- virtual o`quv guruhi ichida yaxshi psixologik muxit yarata olish;
- nizolik vaziyatlarni oldini olish va yecha olish.
O`qituvchining yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko`nikmalari:
- shaxsga yo`naltirilgan zamonaviy uslublar - hamkorlikda ta`lim olish uslubi, loyihalar uslubii, tadqiqot uslublari va boshqa uslublarni bilish;
- ta`limning yakama-yakka, guruhiy va frontal uslublariga ega bo`lish;
- qo`llanilayotgan ta`limning kunduzgi shaklini Internet sharoyitiga moslashtira olish;
- ta`limning kunduzgi va sirtqi shakllarini birlashtira olish;
- masofadagi o`quvchilar bilan ishlayotganda ta`limning yakkama-yakka, guruhiy va frontal shakllarini birlashtira olish;
- telekommunikasiya loyiha tashkil etish va o`tkaza olish;
- moderator sifatida o`quv mavzulik telekonferensiya tashkil etish va o`tkaza olish;
- mavzuga oid chat tashkil etish va o`tkaza olish;
- o`quvchilarning o`quv faoliyatini monitoringini tashkil etish va o`tkaza olish;
- o`quvchilarni bilimini samarali nazorat qilish va testlash tizimini tashkil eta olish.
Masofali o`qitish orqali olib o`rta maxsus, kasb-hunar muassasalari kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kam xarajatli, ana`naviy o`qitish tizimiga qaraganda samaraliroq hamda kelajagi porlok shakllardan biridir.
Xozirgi kunda Amerika Qo`shma shtatlarida 50% korporasiyalari MO` dan foydalanadilar, 200 (Universitetlarning 60 foyizi ) OU, 1000 dan ko`p kollej-lari MO` kurslarini taqdim etadilar.
Unga 3 mln. mutaxas-sis jalb qilingan. Bir necha yillardan keyin ularning soni 5 mln.ga yetishi mumkin.
Masofali o`qitishda ta`limni rejalashtirishdan natijalarni tahliligacha bo`lgan besh bosqich. Har qanday masofali kurs qo`yidagi bosqichlarda amalga oshadi: g`oyani tug`ulishi, amalga oshirishni rejalashtirish, kursning kontenti (mazmuni)ni yaratish, kursni kursni siljitish, kurs bo`yicha shaxsan o`qitish va o`qitish kursini yoki ashyoni ishlab turish naijalarini tahlili. O`qitish natijalari bo`yicha kursni to`g`rilash, to`ldirish va o`zgartirish.
Yuqorida keltirilgan bosqichlar, mohiyati bo`yicha savol, muammo yoki masala (jarayon)larni shakllantirish va ularni amalga oshirish, hal qilishdan iboratdir.
Quyida tuzilishli keltirilgan matn masofali o`qitish kursi yoki ashyosning texnik vazifalarning uni ishlab chiqish yoki rejalashtirilayotgan loyihaning texnik-ishchi loyihasini tashkil etishi mumkin.
Bundan tashqari, bu oddiy savollar yig`indisi bo`lishi mumkin va unga javob berib, masofali o`qitish kursi bo`yicha loyihangizning amalga oshirilishini tassavur qilishingiz mumkin.
Kursning hayotilik sikli(mavjudligi)ning har bir bosqichida "yaratuvchining" savollari va/yoki harakat qilishini to`la vazifalari tavsiflangan. Zarur bo`lmagan yoki ortiqcha harakatlar ko`rib chiqish va bajarishdan olib tashlanishi mumkin. "O`qitish kursining kontenti (mazmuni)ni tayyorlash" bosqichining bo`limi o`qitish ashyosini yaratishning sodda harakat rejasini tashkil etishi mumkin.
Ixtiyoriy bosqich (bosqichning mavjudligi) avtonom holda foydalanilishi mumkin.
Material o`zining katta bo`lmagan shaxsiy ashyosini yaratuvchi (2 bosqich) va uni o`qitishda foydalanilayotgan (3 bosqich) o`qituvchiga ham, shuningdek, masofali tinglovchilarni ommaviy o`qitish (barcha bosqichlari) uchun kurs yoki bir qancha kurslarni yaratishni o`ylayotgan menejerga ham foydali bo`lishi mumkin. U holda ham, bu holda ham "yuqoridan pastga yurish", javoblarni ifodalash, amallarni bajarish yetarli va mujiza - masofali o`qitish ashyolarini "tug`ilishi" paydo bo`ladi.
Taklif qilinayotgan tuzilish o`qitish ashyosini loyihalashning chiziqli va izchil algorimi bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu algoritmda oshkor bo`lmagan sikllar (loyihalashda qaytish va to`g`rilash), bosqichlarni takrorlanishi ("MO` kursini o`ikazish" bosqichini "adadi", shaxsiy o`qish jarayoni).
Qo`llanilayotgan atamalar [ 1 ] ishga mos keladi.
1. Masofali o`qitish kursini rejalashtirish
2. O`qitish kurs kontenti (mazmuni) ni tayyorlash
3. Masofali o`qitish kursini oldinga siljitish va faollashtirish
4. MO` kurslarini o`tkazish
5. O`tkazilayotgan o`quv kursining natijasini tahlil qilish
Xindistonda masofali o`qitish. Xindistondagi Indra Gandi nomidagi Milliy ochiq universiteti 1985 yili tashkil etilgan bo`lib, faqat 1987 yildan e`tiboran talabalarni akademik dasturlar asosida tayyorlay boshlagan. Universitetning asosiy vazifasi-axborot va kommunikasiya texnologiyalardan foydalangan xolda o`kitish sifatini, shu jumladan nashr etiladigan materiallarni ham, ko`tarishdan iboratdir. Universitet axolining keng qatlami, shu jumladan ayollar, nogiron va kam ta`minlangan aholilarga ta`lim imkoniyatini yaratishga qaratilgan.
Taqdim etayotgan Masofali o`qitish ta`lim muhitilari uz ichiga chop etilgan qo`llanmalar, audio-vidiokasetalar, radio-tele eshittirishlar, shuningdek, mamlakatning turli qismlarida joylashgan ana`nviy universitet va kollejlarda joylashgan ko`p sondagi o`quv markazlarida kunduzgi maslahatlar o`tkazishnini oladi.
Universitetda umumiy kontengenti 185000 nafar talabao`qiydi. Har yili universitetning turli dasturlari bo`yicha 80000 ga yaqin talaba qabul qilinadi.
Evropadagi masofali o`qitish. Shimoliy Amerika doirasidan tashqarida masofali o`qitish asosan davlat tomonidan ta`minlanadigan "Ochiq" universitetlar hisobiga rivojlanmoqda. 60 yillarda Buyuk Britaniyada paydo bo`lgan MU Yevropa tashkiloti dastlab qandaydir darajada sirtqi ta`lim tizimiga o`xshash edi. Ularning asosiy farqi shunda ediki, o`qitish talabaning turar joyiga yaqin yerga ko`chirilgan bo`lib, ular maxsus qo`llanmalardan foydalangan xolda o`zlari mustakil ravishda tayyorgarlik qilar edilar. Bunda talabalar o`zlarining asosiy faoliyatidan uzok ajralishga ega bo`lmaganlar. Bundan tashkari o`quv jarayonida asosiy ahamiyat talabaga yaqinyashab, ularga o`quv jarayonida maslahatlar beradigan, seminar va yakshanba maktablarini tashkil qiladigan tyutorlar berillangan edi. Kurslarning bir qismi televidenie va radiodan foydalangan holda taqdim etadilar. Yevropada MO`T Ochiq, universitetlarning tashkil etilishi bilan bog`liq ravishda 70 yillarda faol ravishda rivojlandi.
Ispaniyaning Masofali o`qitish Milliy universiteti (Universidad National de education a distancia UNED) mamlakatida 58 ta o`quv yurti va chet davlatlarda 9 ta o`quv yurtini o`z ichiga qamrab olgan. Buyuk Britaniyada boshqaruv soxasida magistr darajasi uchun mo`ljallangan dasturlarining 50% dan ko`prog`i MU orqali amalga oshiriladi. Ushbu sohada Britaniya Ochiq, Universitetining Ochiq, tijorat maktabi ilg`or hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda Yevropa MO` da imkoni boricha zamonaviy kompyuter va kommunikasiya texnologiyalari qo`llanilmokda. Bu bilan shimoliy Amerika va Yevropa tashkilotlari orasidagi texnologik farq, borgan sari kamaymoqda. Umuman olganda, elektron oliy ta`lim dasturlari 30 dan ortiq, davlatlarda ishlab chiqilmoqda.
Xitoyda masofali o`qitish. XX asrning 50-yillari Xitoyda masofali o`qitishning asosiy shakli sirtdan o`qitish bo`lgan.1951 yili Shimoliy-Sharqiy tajriba maktabida sirtqi bo`lim ochildi, Pekinda esa sirtqi pedagogik bilim yurti tashkil etildi va shu bilan o`rta maxsus sirtqi pedagogik ta`lim boshlandi. Sirtqi oliy ta`lim dastlab Xitoy xalq universitetida (1952 y.) va Shimoliy-Sharqiy pedagogika instituti (1953 y.) da ochildi. 1965 yilga kelib Xitoyning 123 ta oliygoxida 138 ta mutaxassislik bo`yicha sirtqi ta`lim joriy qilingan bo`lib, unda 189 ming talaba, ya`ni barcha o`qiyotgan talabalaning 28 % ni tashkil etgan. 1960 yilda Pekinda birinchi radioteleuniversiteti tashkil qilinda. U radio,televidenie va nashr etilgan materiallar orkali ochiq o`qitish olib bordi.
1966 yilga kelib bunday universitetni 8 ming kishi maxsus kurs bo`yicha va 50 ming kishi alohida fanlar bo`yicha bitirib chiqdi.1986 yili Xitoy o`qitish televideniyasi (SETU) ochildi. Shundan boshlab Xitoy zamonaviy texnikali uchta: o`quv yurtlarida o`qitish tizimi, radio va televidenie orqali o`qitish tizimi va sun`iy yo`ldosh orkali o`qitish tizimiga ega bo`ldi. 1998 yilning oktyabridan e`tiboran masofali o`qitishda sun`iy yo`ldosh aloqasi foydalanila boshlandi va ular birinchi navbatda iqtisodiy koloq rayondagi o`quvchilarni o`qitishga karatilgan edi. 1996 yili Sinxua Politexnika instituti zamonaviy masofali va tarmoqli o`qitish tizimini ko`tarib chiqdi, shu bilan 1998 yili Xitoyning 4 ta -Sinxua politexnika instituti, Pekin aloqa instituti, Chjeszyan universiteti va Xunan universiteti hamda Markaziy radioteleuniversitet, keyinchalik Pekin universiteti Xitoyda zamonaviy masofali o`qitishning birinchi tajriba markavzlariga aylantirildi va 1999 yildan boshlab masofali o`qitish dasturi amalga oshira boshlandi. 2000 yildan boshlab Xitoy o`qitish televideniyasi ommaviy axborot vositalarini sun`iy yo`ldoshli keng tasmali translyasiya platformasini ochilishi tomoshabinlarga uylaridan chiqmasdan turib masofali o`qiishning 30 xil turidan ixtiyoriysini tanlash imkoniyatini berdi.
Pekin universitetining masofali o`qitish uslubiga kelsak, u quyidagicha: tinglovchilar o`qishga kirayotgan paytda ularning qo`liga ma`ruzalar jadvali kiritilgan o`quv rejasi beriladi. Rejadagi ma`ruzalarni o`tagan tinglovchi o`qishni tugatishi mumkin. Ma`ruzalar sun`iy yo`ldoshli raqamli radiotarmog`i bo`yicha uzatiladi. Bunday o`qish asosan auditoriyalarda o`tadi. Internet orqali asosan fanlar bo`yicha o`quv material, tinglovchi savollariga javoblar va vazifalar uzatiladi.
Tinglovchilar aniq bir markazlarda, imkoniyati bo`lgan tinglovchilar esa, mustaqil ravishda Internet orqali o`qishlari mumkin.
Pekin universitetining barcha auditoriyalari ochiq bo`lib, ularga turli oliygoxlarning o`qituvchilarini ma`ruzalari uzatiladi. Mamlakatning 8 provinsiyasida oliygoxlardan tashqarida 9 ta masofali o`qitish markazlari ochilgan. Bu markazlarda tinglovchilar Internet orqali o`qituvchilar bilan kompyuter yordamida muloqat qilishlari mumkin.
Tinglovchilarning o`qishga sarflaydigan to`lovlari oddiy oliygoxlarda o`qishlariga qaraganda 10% ga kamroq. Hozirgi kunda Pekin universitetining bir yillik to`lovi 4800-5200 yuanni tashkil etadi.
2000 yilning oxirlaridan boshlab boshlang`ich va o`rta maktab o`qituvchilarning malakasini oshirish kompyuter tarmog`i (www.chinatde.net) ishlay boshladi. Unda navbat bilan 10 mln. o`qituvchi malakasini oshirish mo`ljallangan.
29 provinsiyada o`z tayanch nuqtalariga ega bo`lgan Sinxua Politexnika instituti masofali o`qitish tarmog`iga ixtiyoriy vaqtda nafaqat pedagoglar, balki institutning o`zida taxsil olayotgan talabalari ham bog`lanishlari mumkin. Ushbu institutning tarmog`ida masofali o`qitish orqali magistrlar ham tayyorlanmoqda.
"Xuasyadadi" tarmog`i (www. edu-edu.com.cn) o`zlarining taniqli institutlari bilan birgalikda mustaqil ravishda o`quvchilarga imtixon topshirishlari uchun kompyuter maslahatlari o`tkazishni tashkil etdi. Unda har yili 14 mln. o`quvchilar mustaqil ravishda o`zlariga zarur axborotlar olishlari mumkin.
Ispaniyada masofali o`qitish. Ispaniyaning masofali o`qitish Milliy universiteti 1972 yili turli sabablarga ko`ra an`anaviy dastur asosida o`qiy olmaydigan barcha kishilarga oliy ta`lim berish maqsadida Parlament tomonidan tashkil etilgan. Universitet Madridda joylashgan. Mamlakat tumanlarida qator o`quv markazlari bo`lib, ular bakalavriat, magistratura va oliy o`quv yurtdan keyingi ta`limga mo`ljallangan kurslar taklif etadilar.
O`quv materiallari sifatida audio-va video kasetalar, kompyuterli o`qitish texnologiyalari, telema`ruzalar va telematnlar bilan to`latiladigan maxsus tayyorlangan nashrlardan foydalaniladi. Talabalar bilan doimiy muloqatda bo`lib turish va telefonda suhbat qurib turish maqsadida 50 ta o`quv markazlarida o`quv materiallarini muhokama qilish bo`yicha kunduzgi uchrashuvlar foydalaniladi. Oxirgi vaqtlarda universitet boshqa mamlakatlar bilan birgalikda o`qitish maqsadida yana 8 ta markazlarini tashkil etilgan.
Universitetda taxsil olayotgan talabalarning umumiy soni 124000 ta bo`lib, shulardan 85000 tasi turli daraja olish uchun o`qimoqdalar.
Germaniyada masofali o`qitish. Germaniyadagi masofali o`qitish o`ziga xos xususiyatlarga ega. U markalashtirilgan xolda oliy kasbiy ta`lim mutaxassislarini masofadan turib tayyorlashni rejalashtirishdan boshlangan. Sharqiy yerlarni birlashtirilishi masofali o`qitish bozorini yanada kengaytirish imkoniyatini berdi. Mutaxassislarni masofali tayyorlashni amalga oshirayotgan oliy kasb-hunar o`quv yurtiga misol sifatida Xagen (Reyn-Vestfaliyaning shimoliy yerida) shahridagi Sirtsi universitetni keltirish mumkin Universitet bir yilda 50000 dan ortiq talabaga ta`lim xizmatini amalga oshiradi.
Lekin ta`lim talablariga bardosh bera olmagan talabalar ro`yhatdan chiqarilganligi tufayli umumiy kontengentning 20% dan ko`p bo`lmagan qismi oliy kasb-hunar ta`limini diplomiga ega bo`ladilar.
Kanadada masofali o`qitish. Kanadada ochiq va masofali o`qitish texnologiyasini turli xududlardagi, shu jumladan, uzoq va aholisi kam bo`lgan xududlardagi kishilarninig ta`limga bo`lgan ihtiyojlari rivojlanishi bilan asosan Atabaskaning universitetlari va Teleuniversitet amalga oshirmoqdalar.
Kanadadagi masofali o`qitish universitetlarining asosiy vazifalari: an`anviy universitetva kollejlarga kira olmagan abiturientlarga oliy ma`lumot berish; ishsizlarga ta`lim berish va ularni bo`sh yurishga yo`l qo`ymaslikni ta`minlash; faoliyat sohasi o`zgarishi munosabati bilan bilimlari etishmayotgan xizmatchilar va texnik xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashni, barcha odamlar uchun butun umrlari mobaynida uzluksiz ta`lim va qayta tayyorlashni ta`minlash va inson ashyolarini yangilab turishdan iborat. Universitet 20 dan yuqori bo`lgan yoshdagi ishlayotganlarlar uchun maqsadli guruhlariga ega. Ular uchun masofali o`qitish ikkinchi oliy ta`limdan ko`ra ko`proq, kasbiy tayyorgarlikni olishdan iborat. Qabul
talablari oliy ta`lim modeli bilan bir xildir.
Kanada masofali o`qitish universitetlari o`quv kurslarini an`anaviy axborot tashuvchilarida ta`minlaydilar. Kurslar odatda nashr etilgan materiallardan iborat bo`lib, o`z ichiga uslubiy ko`rsatmalar, qo`shimcha ta`lim uchun makrlalar to`plami, laboratoriya praktikumlarini bajarish uchun uslubiy ko`rsatmalar va boshqalarni oladi. Faqat ba`zi universitetlargina ta`limning bir qismi sifatida kompyuter ta`limi imkoniyatlari va elektron aloqalardan foydalaniladilar. Kanadaning Nyu Brunsvik shahari uzoq provinsiyada joylashganligiga qaramay, undagi barcha maktablarga optik tolali aloqa o`rnatilgan. Masofali o`qitish bo`yicha 38 kurslarning faqat uchtasidagini vidioanjuman foydalaniladi.
Kanadaning eng shimoliy qismida joylashgan Atabaska universiteti uzoqda va kam aholilik joylardagi kishilarning ta`limga bo`lgan talabini qondirish maqsadida 1970 yili tashkil etilgan.
1972 yili yoshi katta yoshdagi kishilar uchun ushbu universitet noan`anaviy ta`lim shaklidagi universitetga aylantirildi. Universitet boshqarish, san`at, savdo mutaxassisliklaridan masofali o`qitish bo`yicha bakalavr va magistr darajalarini olish uchun kurslar taqim etadi. 1980 yillardan toki 1992 yillarga qadar talabalar soni 3446 nafardan 11351 nafargacha ko`paygan. Tavsiya etilayotgan kurslar olti martaga oshdi, ya`ni 1980 yildagi 40 ta kursdan 90 - yillarga 248 taga yetdi.
Indoneziyada masofali o`qitish. Terbuka universiteti Indoneziyaning 45 - chi universiteti hisoblanadi. Ushbu universitet 1984 yili Jakartada birinchi Masofali o`qitish universitei qatorida tashkil etilgan. Universitetning diplomi boshqa ihtiyoriy davlat universitetlari bilan bir xil tan olinadi. Universitet taklif qiladigan Masofali o`qitish dasturlari qishlok, xo`jaligi, statistika, kompyuter va axborot texnologiyalari, ijtimoiy fanlar sohalarini o`z ichiga qamrab oladi.
Universitet mamlakatning turli tumanlarida talabalarga ta`lim olishda yordam berish uchun 32 o`quv markazlariga ega. O`qitish uslublari mustaqil ta`lim olish uchun mo`ljallangan materiallar majmuasini foydalanishga asoslangan. Bular ichiga audiokasetalar, mashqlar to`plamlari, ma`ruzalarni radio va televidenie orqali translyasiya qilishga mo`ljallangan seanslar ham kiradi.
Uning barcha bo`limlarida taxsil olayotgan o`quvchilar soni 172000 kishiga yetgan.
Indoneziyaning bank ishlarini rivojlantirish instituti 1985 yili tashkil etilgan bo`lib o`z tizimiga masofali o`qitish bo`limini olgan an`anaviy ta`lim shakliga ega bo`lgan institutlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda institut tomonidan masofali o`qitish bo`yicha ikkita: zaymlar va qishloq xo`jaligi sohasida bankni boshqarish bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini taqdim etmoqda. Ushbu institutning talabalari asosan Indoneziyaliklar bo`lib, unga kirish uchun ish bilan ta`minlovchilarning tavsiyasi talab qilinadi. O`qitishda foydalaniladigan asosiy materiallar nashr etilgan materiallar hamda audiokasetalardan iborat. Hozirgi kunda Indoneziyaning ushbu institutida 5000 dan ortik, talaba o`qimoqda.
Isroilda masofali o`qitish. Isroilning Ochiq universiteti fuqorolarini faqat masofali o`qitish uslubiga asoslangan. Universitet 1974 yili Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunda tabiiy fanlar, matematika, xisoblash texnikasi, boshqarish, musiqa, san`at va boshqa sohalar bo`yicha 200 dan ortiq kurslarni taqdim etmoqda. O`quv jarayonini tashkil etishda nashr etilgan materiallar muhim o`rin egallagan.
Har semestr mobaynida universitetda va uning turli shaharlarida joylashgan 60 ta, shu jumladan Rossiya hamda boshqa MDH davlatlaridagi o`quv markazlarida taxminan 12000 talaba taxsil oladi.
7-mavzu. Gipermatnli elektron darsliklar
Respublikada elektron o`quv adabiyotlaridan foydalanishga mo`ljallangan axborot texnologiyalari vositalarini rivojlantirish, shuningdek, masofadan turib o`qitishni tashkil etish bo`yicha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Elektron adabiyotlar yaratishning ilmiy-uslubiy tomonlari ko`pgina olimlar tomonidan tadqiq etilmoqda. 2004 yildan e`tiboran elektron o`quv adabiyotlaridan foydalanishning ikkinchi tajriba-sinov bosqichi boshlanishiga qaramay, ta`lim muassasalari uchun elektron darslik yaratish bo`yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu ham bo`lsa elektron darslik yaratish uslubieti, uning tuzilishi, o`z ichiga oladigan komponentalarining aniq bir tizimga solinmaganligida bo`lsa kerak.
Elektron o`quv adabiyotlarining uchinchi - o`quv jarayonida keng foydalanish bosqichiga o`tib, o`quv adabiyotlarning yangi avlodini keng ishlab chiqarish va ta`lim muassasalarini ta`minlash uchun ushbu yo`nalishdagi vazifalarni jadallashtirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Ushbu vazifalardan biri fanlardan elektron darslik yaratishdir.
Avvalo darslik - davlat ta`lim standarti, o`quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g`oyasi singdirilgan, muayyan o`quv fanining mavzulari to`liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o`zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta`lim yo`nalishdarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr ekanligini ta`kidlaymiz.
Elektron darslik esa, kompyuter texnologiyasiga asoslangan o`quv uslubini qo`llashga, mustaqil ta`lim olishga hamda fanga oid o`quv materiallar, ilmiy ma`lumotlarning har tomonlama samarador o`zlashtirilishiga mo`ljallangan bo`lib:
- o`quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida;
- o`quv materiallar verbal (matn) va ikki o`lchamli grafik shaklda;
- multimedia (multimedia - ko`p axborotli) qo`llanmalar, ya`ni ma`lumot uch o`lchamli grafik ko`rinishda, ovozli, video, animasiya va qisman verbal (matn) shaklida;
- taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o`quvchi (talaba, tinglovchi) ni "ekran olamida" stereo nusxasi tasvirlangan haqiqiy olamga kirishi va undagi ob`ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Yangi asr ta`limini rivojlanish tendensiyasi - axborot texnologiyalarini o`quv-tarbiya jarayoniga keng qo`llash va tarqatishdir.
Bugungi kunning eng asosiy vazifalaridan biri turli predmet sohasini o`z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish deb hisoblash mumkin. Yangi axborot texnologiyalarini ta`limga tatbiq etish ta`limda an`anaviy o`qitish jarayonidan o`quvchining o`zi ta`lim jarayonini borishini aniqlaydigan yangi jarayoniga o`tishni ta`minlaydi.
Katta oshkoralikda o`tadigan bu jarayon kelajakda ta`lim tizimida keskin inqilob qilishga qodir bo`ladi. Ko`pchilik iqtidorli o`quvchilar o`zlarining qobiliyati va qiziqishiga ko`ra mos ravishda mustaqil bilim olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Ta`limning bunday ochiqchalik tizimida chuqur bilimga ega bo`lgan maktab o`qituvchilari bilimlarini o`quvchilarga yetkazishda anchagina qiyinchiliklarni yengishga to`g`ri keladi.
Hozirgi kunda ta`lim muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta`lim hozircha bemalo deyish mumkin emas. Elektron darslik yaratish borasida anchagina ishlar qilanayotgan bo`linsada, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega bo`lishdek ochiq tizimlar mavjud emas. Albatta, ta`lim tizimini rivojdanishi bilan bunday kamchiliklar asta-sekin yo`qolib boradi.
Elektron darsliklar yaratish juda murakkab va qiyin ishdir. Ta`lim texnologiyasi markazida o`quvchi (talaba), texnologiya mazmunida - o`quvchi(talaba)lar tomonidan mustaqil ravishda ta`lim olish qobiliyatini rivojlantirish; o`quv faoliyat asosida hamkorlik yotadi.
Elektron darslik ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o`quv materialni bayon etish, amaliy mashg`ulotlar bajarish va teskari aloqa (o`quvchilar tomonidan bilimlarni o`zlashtirganlik darajasini aniqlash jarayoni) e`tiborga olinishi kerak.
Elektron darslik to`laligicha bir faylda bo`lishi maqsadga muvofiq emas. U juda katta bo`ladi. Bu darslikni kompyuterga yuklashdagi tezlikni kamaytiradi va materialni o`zlashtirishni qiyinlashtiradi. Har bir bob bitta hujjat sifatida tayyorlanishi yuqoridagi kamchiliklarni yo`q qiladi.
Elektron darslik yaratishda Microsoft FrontPage dan foydalanish maqsadga muvofiq. Darslikning matni uchun ixtiyoriy matn muxarriri qo`llanilishi mumkin bo`lib, tayyorlangan hujjatlarni txt formatida yoki birdaniga HTML da yozib qo`yish mumkin.
Matn darslikning faqat axborotli qismidir. Eng kerakli narsa darslikni tayyorlashning umumiy uslubi hisoblanadi.
Freymlar monitorda zarur hollarda ko`rinishi kerak bo`ladigan doimiy axborotlarni hosil qilish imkoniyatini beradi. Bunday axborot sifatida darslik muallifining ismi va sharifi, o`quv muassasa nomi va boshqalar olinishi mumkin. Lekin masalaning boshqa yaxshi tomoni, darslikning mazmunini joylashtirish va matn bo`yicha xarakatlanish (sahifalash) qulay. Shuni aytish joizki freymlarning o`zlari axborot joylashadigan xotiraning ko`p qismini egallaydilar va matnlarga joy kam qoladi.
Elektron darslikning yaratilishini oddiy kitobga o`xshash, ya`ni bet ketidan bet chiqadigan qilib freymlarsiz yaratish ham mumkin. Bunday holda darslikni yuklash vaqti ko`payadi, chunki kitobning o`zi katta hajmda bo`ladi. Unda harakat qilish, ya`ni ekranda sahifalashning osonligi yo`qoladi. Lekin bunda axborot fazosi anchagina iqtisod qilinadi. Matn bo`yicha harakatlanishini osonlashtirish uchun ekranda doimiy joylashgan maxsus tugma yaratgan ma`qul.
Elektron darslik yaratishda yuqori sifatdagi rasmlarni iloji boricha kamroq qo`llanish kerak. Chunki ular ham darslikni kompyuterga yuklashni sekinlashtiradi.
Yaxshi elektron darslik ma`ruza mobaynida namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil ishlash mashg`ulotlarida repititor, mustaqil ta`lim olishga vosita, kompyuterda laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslubiy yordamchi, o`quvchilar tomonidan bilimlarni o`zlashtirishini nazoratchisi, amaliy mashg`ulotlar uchun masala va mashqlar bilan ta`minlovchidir.
Lekin elektron darslikda yuqorida sanalgan imkoniyatlarni mujassamlanishi uchun darslik yaratayotgan mualliflardan pedagogik mahorat, bilim va ularda o`rganilayotgan predmet xususiyatini hisobga oluvchi murakkab uslubiy ishlanmalarning bo`lishi talab etiladi.
Avvalo elektron darslikda boblar alohida bo`lishi va unga ko`rgazmalilik, ijobiy emosional fon tamoyil, xushfe`llik va qo`yilgan masalani yechishda keng yordam berish tamoyillari qo`llanilishi zarur.
Elektron darslik bilan ta`limning eng qulay ssenariysini tanlashni ta`minlaydigan interfaol tartibda ishlash o`quvchilar bilim olishini faollashtiradi.
Elektron darslik abstrakt mavjudotlar uchun emas, balki shaxs bilan ishlashga mo`ljallangan. O`quvchi o`zining qobiliyati, fanga qiziqishi va uning tayyorgarlik darajasiga qarab ta`lim usulini tanlashi kerak.
Elektron darslik o`quvchini bilim olishini vaqt bo`yicha chegaralamaydi. Shuning uchun ham o`quv materialni o`zlashtirish vaqti o`quvchining xohishiga ko`ra qisqarishi yoki uzayishi mumkin.
Elektron darslik o`quvchilarga axborotni o`qish, ma`ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlariga mo`ljallangan vazifalarni ishlarini bajarish, o`z bilimlarini tekshirish va zarur hollarda ularni to`ldirish, o`z-o`zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini tavsiya etishi mumkin.
O`z ichiga trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari uchun vazifalar, testlarni, bir vaqtni o`zida bilim berish va ularni o`zlashtirish jarayonini nazorat qiluvchi dasturiy ta`minotga ega bo`lishi kerak. Boshqacha aytganda u kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilish tashkil etuvchisi; olingan bilimlarni mustahkamlashga mo`ljallangan mashqlar, o`quvchilarning bilimlarini oqilona baholash imkoniyatini beradigan testlar kabi uchta komponenti bo`lishi zarur.
Kompyuterga mo`ljallangan darslik:
- bir onda teskari aloqani ta`minlashi;
- zarur axborotni tezlikda topishga yordam berishi;
- gipermatnli tushuntirishlarga ko`p marta murojaat qilishda vaqtni iqtisod etishi;
- ekranga matnni to`g`ridan-to`g`ri chiqaribgina qolmay, balki multimedia texnologiyasi orqali ovozli tahlil qilish va modellashtirishi;
- aniq bir bo`lim bo`yicha o`quvchilarning o`zlashtirish darajalariga mos holda tezlikda bilimini baxolay olish imkoniyati;
- zarur o`quv axborotlarni yangilash imkoniyatini mavjudligi bilan an`anaviy darsliklardan farq qiladi.
Boshqacha aytganda, elektron darslik o`quv materiallarini ilmiy va ko`rgazmali qilib tasvirlash; taxliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to`la, tizimli va mantiqiy ketma-ketlikda tasvirlash, o`quv materialini bir tizimda berish va faollashtirish kabi axborot-bilim; muammoli; o`quv materialini o`zlashtirilishining mustahkamligi; ta`limni differensiallashgan va yakkama-yakkalanganligi; moslanuvchanligi va emosional ta`sirchanligi kabi psixologo-pedagogik; to`la didaktik ta`lim davriyliligi, ta`limni interfaolligi, teskari aloqa, o`z-o`zini boshqarish vazifalarini amalga oshirish kabi boshqarish, shuningdek, auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlash jarayonida darslik bilan ishlash mumkinligi; ishlashda qulaylilik; katta hajmdagi axborotni saqlashning osonligi va o`quv adabiyoti bilan ishlash uchun zarur maxsus texnik jixozlarni (masalan, kompyuterlarni) mavjudligi kabi tashkiliy-texnologik imkoniyatlarini mavjud bo`lishini taqqoza etadi.
Nashr etilgan o`quv materiallarning yuqorida sanalgan didaktik imkoniyatlari an`anaviy darslik, dasturlashtirilgan darslik, elektron darslik va o`quv qo`llanmalarni tajribada taqqoslanib ko`rilganda, eng ko`zga ko`ringan belgilarni oxirgi tur (multimediali) o`quv qo`llanmalarda mavjud ekanligi tasdiqlangan.
Elektron darsliklarni yaratishda imkoni boricha uning zarur qismlarini printer orqali chop etish va o`quvchilar xoxlagan paytda uni o`qish imkoniyati ham bo`lishini nazarda tutish kerak. Chunki matnni ekrandan ko`p o`qish o`quvchilar ko`ziga salbiy ta`sir etishi mumkin.
Xulosa qilib, aytganda ta`lim muassasalarining o`quv-tarbiya jarayonida foydalanish uchun mo`ljallangan elektron darsliklar quyidagi xususiyatlarga ega bo`lmog`i lozim:
- predmetdagi axborotlarning yaxshi tuzilishga egaligi;
- o`quv predmetning tuzilishidagi elementlariga gipermatnli, namoyishli, audio va videoizoxlarga asosiy mavzularni mos kelishi;
- matn va namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikni asosiy bo`limlari bo`yicha o`qituvchilarning o`quv materialini video yoki audio yozuvli bayonlarini berilishi;
- rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish tizimiga ega bo`lishi va bunda gipergrafikadan foydalanilishi;
- ko`p oynalik interfeysni qo`llanilishi;
- matn qismlarida zarur manbalarga murojaat etishga mo`ljallangan gipermatn tizimini mavjudligi;
- matn bilan tushuntirish qiyin bo`lgan predmetning boblari qo`shimcha videoaxborot va animasiyalik kliplar bilan ta`minlanishi;
- audioaxborotlar musiqa bilan olib borilishi;
- o`quvchilar sinf va sinfdan tashqarida bajarishi kerak bo`lgan vazifa va mashqlar hamda ularning javoblarini berilishi;
- asosiy tushuncha va modullarning izoxli lug`atini mavjudligi bilan an`anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. Elektron darslikning har bir bo`limidan so`ng o`quv materialini mustahkamlash uchun savollar berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ta`lim muassasalarida elektron darsliklarni foydalanish orqali o`quv-tarbiya jarayoni jadallashtiriladi. O`quv-tarbiya jarayonini jadallashtirishning asosiy omillari qatoriga:
- bir maqsadga yo`naltirilganligini ko`tarish;
- o`quvchilarning motivasiyasini kuchaytirish;
- o`quv mazmunini axborotli hajmini kengaytirish;
- o`quvchilarning o`quv-bilish harakatini faollashtirish;
- o`quvchilarning o`quv amaliy darajasini tezlashtirishlarni kiritish mumkin.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida elektron darsliklarni yaratish tamoyillarini sanash mumkin.
Ular:
- o`quv axborotlarni notekis va ko`p darajali tasvirlash;
- o`quvchiga, mustaqil va yakkalashtirilgan bilim olishga yo`naltirilganligi;
- o`quvchining ruxiy faoliyatini: kuzatish, fikrlash va amaliy faoliyatlarini rivojlanish xususiyatlarini integrasiyalashdir.
Har qanday predmetdan to`laqonli elektron darslik yaratish juda mushkul ish. Hozirgi kunda yaratilgan va yaratilayotgan elektron o`quv adabiyotlar soni uncha katta emas. Ushbu ishni jadal odimlar bilan amalga oshirish va ta`lim muassasalarining o`quv jarayoniga joriy etish hozirgi kunning zaruratiga aylandi. Qo`yilgan vazifani amalga oshirish uchun respublikadagi salohiyatli va tajribali o`qituvchi, uslubchi, olim va tizimli dasturchilarni birlashtirib maxsus elektron darslik yaratuvchi guruhlar, imkoniyatdan kelib chiqqan holda xatto markazlar tashkil etish zarur. Bu bilan mustaqil respublikamiz kelajagini ta`minlaydigan yosh avlodni yangi axborot texnologiyalardan foydalangan holda o`qitib, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va rivojlangan chet davlatlarining yoshlari bilan raqobatdosh kadrlar tayyorlashga zamin yaratgan bo`lamiz.
O`quv-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin bo`lgan ba`zi saytlar ro`yhati
www.ilm.uz - O`zbekiston ta`lim portali. O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalarining ro`yhati va saytlari. Respublika oliy ta`lim bo`yicha ma`lumotlar.http://tstu.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Abu rayxon Beruniy nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti http://bfa.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - bank - moliya akademiyasining sayti
http://namiei.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Namangan muxandislik Iqtisodiyot instituti sayti
http://samgasi.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining sayti
http://nsmi.re.uz/domaincatalog.jspqdomain_id=62 - Navoi Davlat konchilik instituti sayti
www.goldenpages.uz/partners.php - O`zbekiston Oltin varoqlari sayti http://const.uz/content/page_20_0.html
http://ft.re.uz/domaincatalog.jspqlanguage=ru - O`zbekiston respublikasi "Fan va taraqqyotit" ilmiy-texnik majmuasi.
8. Masofali o`qitish:
www.wcb.vcu.edu - Virginia Commonwealth universitetining On-layn kurslari. - Virginia Community Colleges Schools.
www.dlcoursefinder.com - xalqaro masofali o`qitish kurslari.
www.homeworkheaven.com - uy vazfalari.
www.meditac.com/MedITAC/education - MEDITAC (Medical Informatics and Technology Applications Consortium) markazining telemedisina bo`yicha kurslari.
www.weblist.ru/russian/Education/Distance_learning - Rossiya masofali o`qitishiga bag`ishlangan sayt.
www.dist-edu.ru - Yevraziya masofali o`qitish tizimi Assosiasiyasi.
youthcenter.freenet.uz - Yoshlar Internet Markazi (Internetda ishlash, o`qish, AT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni rivojlanishiga sharoit yaratish, masofali o`qitish).
www.eden.bme.hu -Evropa masofali ta`lim tarmog`ining sayti.
www.sailloft.demon.co.uk -Janet Jenkins masofali o`qitish bo`yicha xalqaro maslahat sayti.
Xulosa.
Mustaqilligimiz tufayli, biz nafaqat ijtimoiy xayotimizda, shu bilan barcha dunyoning ilg`or mamlakatlari fan va tehnika yutuqlari, yuqori sifatli texnik vositalarni qo`llash, ularni yaratish imkoniga ega bo`lib bormoqdamiz. Bu ishlab chiqarishning turli sohalarida yangi kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish hamda etuk mutaxassislar yetishtirishga xizmat qiladi.
Jamiyatimiz rivojlanib borayotgan bir vaqtda Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning roli juda katta deb o`ylayman.
Xulosa qilib aytganda, Informatika fanida qiziqmaydigan va uni o’rganishni xoxlamaydigan shaxsni uchratish qiyin shuning uchun ham yangigan-yangi metod va shakllardan ta’lim tizimida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ularni o`quv jarayoniga tadbiq qilish va ularni tajribada o’quvchi-talaba yoshlarga mukammal o’rgatish bugungi kunda zarur ehtiyojlardan biri hisoblanadi.
Shu qatorda Informatika va axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish, unda ishlash mexanizmini o`zlashtirish va uni o`quv jarayonida qo`llay bilish o`quvchining bilim olish jarayonini osonlashtiradi.
Ushbu malakaviy bitiruv ishini bajarish davomida, men aballo Informatika va axborot texnologiyalari haqida to`liq ma`lumot izlab va uni o’qitish jarayonida qaysi metod yoki usullardan foydalanib o’quvchi-talaba yoshlarga fanni chuqur o’rgata olish mumkinligini yoritishga harakat qildim. Ushbu bitiruv malakaviy ishim 2 bo’limdan tashkil topgan bo`lib asosan Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish shakl va metodlarining barcha qirralari yoritilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |