Qisqarishlarning qo‘shilishi va tetanus.
Tabiiy sharoitda muskullarning qisqarishi uzluksiz ravishda nisbatan ancha uzoq davom etadi. Odam bajaradigan eng tez xarakatlariga kamida 100 m/sekunddan ko‘p vaqt sarflaydi, tana va qo‘l-oyoklar muskullarining taranglanish minutlab va soatlab davom etishi mumkin. Bu xildagi qisqarishlar tetanus, deb atalgan. Tetanusning kelib chiqish mexanizmi oralig‘ida qisqa vaqt bo‘lib, ketma-ket keluvchi impulg‘slarga muskulning javobini o‘rganish yo‘li bilan aniqlangan.
Agar impulg‘slar o‘rtasidagi vaqt yakka qisqarishga sarflanadigan vaqtdan ortiq bo‘lsa, muskul impulg‘slar oraliqida qisqarib - bo‘shashiga ulguradi. Miogrammada birin-ketin keluvchi yakka qisqarishlarni ko‘ramiz. Impulg‘slar o‘rtasidagi vaqtni qisqartirish ikkinchi impulg‘s muskul birinchi qisqarishdan keyin bo‘shasha boshlagan vaqtga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi impulg‘sga javoban muskul tinch xolatdagi nuqtadan emas, balki xali bo‘shashib ulgurmagan nuqtadan qisqaradi. Miogrammada ikkinchi qisqarishning egri chizig‘i birinchi qisqarish bo‘shashish bosqichning qaysi bir nuqtasidan boshlangan bo‘ladi - qisqarishlar bir-biriga qo‘shilib ketadi.
Impulg‘slar oralig‘idagi vaqtni yana qisqartiramiz. Endi birinchi qisqarish xali cho‘qqisiga etmay turib, ikkinchi qisqarish boshlanadi. Bu qisqarishlarning egri chizig‘i tamomila qo‘shilib ketib, unda yagona baland cho‘qqi xosil bo‘ladi. Ketma - ket impulg‘slarning muskulga ta’sir qilish natijasi ikki turda qo‘shiladi. Ular o‘rtasidagi vaqt nisbatan katta bo‘lsa, chala qo‘shilish kuzatiladi, bu vaqt qisqarsa to‘la qo‘shilish ro‘y beradi. Odatda xarakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga yuqori chastotaga ega bo‘lgan ritmik impulg‘slar keladi. Bu impulg‘slar paydo qilgan qisqarishlarning to‘la qo‘shilishi natijasida silliq tetanus xosil bo‘ladi. Tetanik qisqarishlar yakka qisqarishlarning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘lganidan yakka qisqarishlarga nisbatan yuqori amplitudaga ega bo‘ladi. tetanik qisqarish amplitudasi impulg‘slar kuchi va chastotasiga bog‘liq. Ta’sirot chastotasining ma’lum chegaragacha oshishi tetanik qisqarishni kuchaytiradi. Eng kuchli qisqarish yuzaga keltirilgan chastota optimal chastota deyiladi. Impulg‘slar chastotasi optimaldan ko‘payib ketsa, qisqarish kuchi kamayadi. Buni pessimal chastota deyishadi.
Muskulning qisqarib - bo‘shashishi qancha tez bo‘lsa silliq tetanus paydo qilgan impulg‘slar chastotasi shuncha yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |