Ko‘ndalang targ‘il muskullarning xossalari.
Skelet muskullari odamning xarakat - muvozanat apparatining asosiy qismi xisoblanadi. SHuning uchun muskullar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Insonni aniq bir xolatini ta’minlaydi.
Tanani fazoga bog‘laydi.
Tanani aloxida qismlarini bir - biri bilan bog‘laydi.
Termoregulyasiya vazifasi bilan issiqlik manbai xisoblanadi.
Odamning va umurtqali xayvonlarning kundalang-targ‘il muskullari uchta asosiy xossaga ega bular: 1) qo‘zg‘aluvchanlikka, ya’ni membrananing ionlar uchun o‘tkazuvchanligini o‘zgartirib, ta’sirotga xarakat potensiali vujudga keltirish bilan javob berish qobiliyati; 2) o‘tkazuvchanlikka, ya’ni xarakat potensialini tola bo‘ylab tarqatish qobiliyati; 3) qisqaruvchanlikka, ya’ni qo‘zg‘alish natijasida kaltalanish yoki o‘z tarangligini o‘zgartirish qobiliyati; 4) elastiklik - cho‘zilganda taranglikni oshirish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |