5. Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik.
SHu mavzuni o‘qitish, talabalarning 1-kurs – odam anatomiyasi, gistologiya bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. 1Dars davomida olingan bilimlar patologik fiziologiya, pat.anatomiya, gigiena va klinik kasalliklari yo‘nalishlarida o‘rganilganda kerak bo‘ladi.
Organizmining fiziologik funksiyalari bajarilishi sog‘lam turmush tarzi saqlanishi salomatlikning garovi.
6.Mashg‘ulot mazmuni.
6.1.Nazariy qismi.
"Bor yoki yo‘q" qonuni. Busagadan past ta’sirotlar uzoq vaqt davom etsa qo‘zg‘alishga sabab bo‘la olmaydi (samara yo‘q); busaga kuchiga ega bo‘lgan ta’sirot esa eng katta miqdordagi qo‘zg‘alishni vujudga keltiradi (samara bor). Bu qonun yakka nerv yoki muskul tolalarida mikroelektrodlar yordamida potensiallar qayd qilinganida yaqqol ko‘rinadi. SHuni esda tutish kerakki, «yo‘q» ya’ni busagadan past kuchga ega bo‘lgan stimul xam membranada ma’lum o‘zgarishlarni, masalan: lokal javobni sodir qiladi. "Bor"ning miqdori xam o‘zgarmas emas- qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarning faoliy xolatiga qarab, u ma’lum chegarada oshib yoki kamayib turadi.
To‘qimalar qo‘zg‘aluvchiligini baxolashda ta’sirot busagasi, foydali vaqt xronaksiyalardan tashqari labillik tushunchasi ishlatiladi. Labillik yoki funksional xarakatchanlik mazkur apparatning fiziologik faoliyatiga xamrox bo‘ladigan oddiy reaksiyalarning ozmi ko‘pmi tezligini tushungan.
Qo‘zg‘aluvchanlik shu to‘qimaga tez-tez ketma-ket beriladigan ta’sirotlar tufayli shu to‘qima 1 sekundda qancha ko‘p xarakat potensialini yuzaga chiqara olmasa, ushancha xarakat potensiallarining miqdori labbillik o‘lchovi xisoblanadi. Ixtiyoriy xarakatlarni vujudga keltiruvchi xarakatlantiruvchi nerv tolalaridan o‘tadigan impulg‘slar soni bir vaqtda 50 tadan oshmaydi.
Sezuvchi nerv tollari o‘tkazishi mumkin bo‘lgan impulg‘slar soni 1 sekundda 1000 tadan ortiq demak sezuvchi tolalarning labbilligi xarakatlantiruvchi tolalarnikiga nisbatan anchagina yuqori to‘qimalarning labilligi ularning faoliy xolatiga qarab o‘zgarib turadi. Uning oshishi yoki kamayishi xam membrananing ionlar uchun o‘tkazuvchanligi o‘zgarishiga va bu o‘zgarishlar natijasida taraqqiy etadigan refrakterlikka bog‘liq.
Membrana qo‘zg‘aluvchanligi umuman yo‘qolgan vaqt mutloq refrakterlik davri deb atalgan, bu xolatning rivojlanishiga natriy kanallari deyarli to‘la inaktivatsiyalangani, kaliy uchun membrana o‘tkazuvchanligi oshgani sabab bo‘ladi. repolyarizatsiya natriy kanallarining faoolligi tiklanishiga va kaliy oqimining sekinlashishiga olib keladi. Natijada qo‘zg‘aluvchanlik sekin tiklanadi. Bu vaqtni refrakterlikning nisbiy davri deymiz.
Nerv yoki muskul tolalarining qo‘zg‘alishi va iz potensial bilan tugasa, bu davrda xam qo‘zg‘aluvchanlik o‘zgaradi. Iz depolyarizatsiyalanish vaqtida qo‘zg‘uvchanlik odatdagidan bir oz yuqori, iz giperpolyarizatsiyalanish vaqtida esa bir oz past bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |