1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet42/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Bog'liq
milliy goya

1-masalaning bayoni: Hayot shuni ko‘rsatadiki, inson avvalo muayyan mafkura, dunyoqarash tizimiga, asrlar davomida shakllangan ma’naviy tajribaga tayanib yashaydi. Odamni shakllangan dunyo- qarashdan ajratib bo‘lmaydi. Agar dunyoqarash to‘g‘ri yo‘lda, ezgulik asosida shakllangan bo‘lsa, inson shu yo‘lda harakat qilaveradi, ilmi, qobiliyatini ham shunga sarflaydi. Agar buning aksi bo‘lsa, demak noto‘g‘ri yo‘lni tanlaydi, adashadi yoki o‘zini «haq» deb buzg‘unchilik qiladi. Bunyodkor shaxs ezgulik g‘oyalari ruhida tarbiyalangan erkin shaxsdir. Shu bois milliy g‘oya har bir fuqaroning va butun xalqimizning qalbidan joy olgan bo‘lishi, uni ruhlantirishi, chidamli va  shijoatli qilib tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Milliy g‘oya bizning tariximiz, bugunimizni va kelajagimizning birlashtiradi.

Mafkuraviy tarbiya  inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlar  bilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Milliy tarbiya butun ma’naviy boylikni, bashariy yutuqlarni qamrab oladi, erkin shaxsga qanoat bag‘ishlaydi. Uni ruhlantiradi.

XXI asr har jihatdan murosa va kelishuvlar asri bo‘ladi. Dinlar, mazhablar, ta’limotlar orasida murosasozlik yuzaga kelishi, inson baxti uchun xizmat qiladigan narsalar eng muhim qadriyat deb qabul qilinishi lozim. Nimaiki inson uchun yaroqli bo‘lsa, u maqbul, nimaiki insonlar hayotiga xavf solsa, taraqqiyotga, o‘zaro yaqinlashishga xalaqit bersa, u nomaqbul va zararlidir. Insoniyat tarixi shunga guvohki, dunyo ilm-ma’rifati jamlangan, sintezlashgan joyda yuksak taraqqiyot vujudga keladi, inson shaxsi kamol topadi.

Zotan, Islom Karimov o‘zining «Istiqlol va ma’naviyat»[1] nomli to‘plamida umumbashariy g‘oyalarni milliy ma’naviyatning negizlaridan biri deb ko‘rsatgan edi. Chunki milliy ma’naviyat quruq yerda paydo bo‘lmaydi, u xalqning tarixan shakllangan qadriyatlari va umuminsoniy qadriyatlar bilan qo‘shilib boyib boradi. Boshqacha aytganda, umumjahoniylik, milliylik ruhida qayta qabul qilinadi va rivojlantiriladi. Shu ruhda tarbiyalangan odam esa demokratik tamoyillarga moyil, ozod ruhli kishi bo‘ladi.

Biz bolalarimizni chin ma’noda jahon bilan bahslasha oladigan o‘ktam, dili va tilidan odamlar ozor chekmaydigan, sharqona odob-axloqli, ammo haqini birovga bermaydigan ham jisman, ham aqlan va ham ruhan sog‘lom, bardam qilib tarbiyalashimiz lozim. Ular Forobiy, Ibn Sino, Bahovaddin Naqshband, Mirzo Ulug‘bek kabi ulug‘ bobolarimiz merosini ham Shekspir va Dante, L.Tolstoy va Gyote, Bayron va Gyugo merosini ham o‘rgansin, bahra olsin, zamonaga munosib, xalqiga munosib farzandlar bo‘lib yetishsin.

Ana shunday shaxslari kamolga yetgan yurt har jihatdan taraqqiy topadi, xalqi ham to‘q va farovon yashaydi. G‘ayrat-shijoat, qobiliyat, bilim va samarali tadbirkorlik – mamlakat taraqqiyotining bosh mezonidir. Ulug‘ fransuz adibi V.Gyugo aytgan edi: «Dunyoda kichik xalqlar yo‘q… Odamning ulug‘ligi uning bo‘y-basti bilan o‘lchanmaganiday, xalqning buyukligi ham hech qachon uning sonining ko‘pligi bilan o‘lchanmaydi».  

Ammo o‘zlikni anglash barobarida ana shu o‘zlikni saqlash va takomillashtirish ham muhim. Biz tarixni tikladik, o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlarini tikladik, xalq o‘z ajdodlari kim, dunyo xaritasida qanday mavqega ega ekanini bilib olmoqda. I.A.Karimov «Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo‘lmaymiz» deganda ikki jihatni nazarda tutadi:

1) tariximiz ulug‘, jahon madaniyatiga hissa qo‘shgan, ulug‘ sivilizatsiya yaratgan xalq avlodimiz, ana shu milliy g‘urur, qobiliyat, intilish negizida jipslashib bir maqsad sari harakat qilish imkoniyati bor.

2) Endigi vazifa – ana shu imkoniyatni ishga solish, ya’ni o‘qib-o‘rganib, bilim – malaka hosil qilib, dunyo maydoniga dadil kirib borish, o‘z haqini, o‘z o‘rnini egallab olishdir.




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish