Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi
D-t
|
K-t
|
Oborot-mazkur operasiyalar bo’yicha har ikki solishtiruvchi summalardan biri(korxonalarniig yalpi zarari, sotilgan resurslar tannarxi va hokazo)
|
Oborot-mazkur operasiyalar bo’yicha har ikkala solishtiruvchi summalardan (ikkinchisi (korxonalarning foydasi, sotilgan resurslarning sotilish qiymati va hokazo)
|
Taqqoslovchi schyotlar tarkibiga 9910 «Yakuniy moliyaviy natijalar» schyotidan tashqari 9210 «Asosiy vositalarning tugatilishi» va 9220 «Boshqa aktivlarning tugatilishi» schyotlarini ham kiritish mumkin. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning tugatish jarayoni nixoyasiga yetgandan so’ng bu schyotlarning debet va kredit oborot summalari o’zaro solishtirilib moliyaviy natija aniqlanadi. Shuning uchun ham bu schyotlarni taqqoslovchi schyotlar deyish mumkin. Lekin yangi schyotlar rejasida bu schyotlarni tranzit schyotlar tarkibiga qo’shilib, taqqoslovchi schyotlar maqomi berilmagan.
2. Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi
Schyotlar rejasi buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo’jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. Buxgalteriya hisobi schyotlarni ma’lim bir tizimga solinishi schyotlar rejasi deyiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har xil mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi subyektlarni paydo bo’lishi, xo’jaliklarning rivojlanishi, xalqaro andozalarga mos bo’lgan hisob tizimi va schyotlar rejasini ishlab chiqishni talab qildi. Shu munosabat bilan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9-sentyabrdagi 103-sonli buyrug’i bilan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy (BHMA) (21-BHMA) «Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ni tasdiqladi va u O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23-oktyabrda 1181-son bilan qayd qilindi.
Ushbu andoza, byudjet muassasalari va banklardan tashqari, mulk shakllaridan qati nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan boshlab qo’llanila boshlandi.
Yangi schyotlar rejasi jami bo’lib 249 ta balansli va 16 ta balansdan tashqari schyotlardan iborat bo’lib, u moliyaviy hisobotlarni tuzishga moslashtirilgan.
Barcha buxgalteriya schyotlari oltita qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
I.Uzoq muddatli aktivlar;
II.Joriy aktivlar;
III.Majburiyatlar;
IV.Xususiy kapital;
V.Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
VI.Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to’rt qism schyotlarining ma’lumotlariga asosan moliyaviy hisobotning I-shakli «Buxgalteriya balansi» tuziladi. Beshinchi qism «Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi» schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl) tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo’limda tizimga keltirilib ko’rsatilgan:
1- bo’lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2- bo’lim. Tovar-moddiy zahiralar;
3- bo’lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar -joriy qismi;
4- bo’lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi;
5- bo’lim. Pul mablag’lari, qisqa muddatli investisiyalar va boshqa joriy aktivlar;
6- bo’lim. Joriy majburiyatlar;
7- bo’lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8- bo’lim. Kapital, taksimlanmagan foyda va rezervlar;
9- bo’lim. Daromadlar va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo’limgacha bo’lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9-bo’lim schyotlari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir (1-bo’lim) ikkinchi qismi to’rt (2, 3, 4 va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7), to’rtinchi qism bir (8-bo’lim) va beshinchi qism bir (9-bo’lim) bo’limlardan iborat.
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo’lib ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |