Kontrpassiv schyotlarning ta’rifi
Tartibga solinuvchi
passiv schyot
|
|
Tartibga soluvchi
aktiv schyot
|
D-t
|
K-t
|
|
D-t
|
K-t
|
qoldiq A
|
|
|
|
qoldiq B
|
B-A=C
Shartli belgilar:
A - tartibga solinuvchi moddaning boshlang’ich summasi
B - boshlang’ich summadan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi moddaning summasi
C - tartibga solinuvchi moddaning haqikiy summasi.
Schyotlarni tayinlanishi va tarkibiga ko’ra turkumlanishi.
Yig’ib taqsimlovchi schyotlar. Taqsimlovchi schyotlar korxonalarning ba’zi xarajatlari ustidan nazorat qilish va ulariing to’g’ri taqsimlanishini ta’minlash (shu jumladan, ayrim faoliyat tannarxini ham aniqlash) uchun taynilangan.
Yig’ib-taqsimlovchi schyotlar u yoki bu xo’jalik jarayonlari bo’yicha xarajatlarni, ularni keyiichalik taqsimlash maqsadida yig’ish uchun qo’llaniladi. Ular aktiv schyotlardir, chunki ularda mablag’lar (xarajatlar) harakati hisobga olinadi. Bu schyotlarda yigiladigan summalar mazkur obyekt bo’yicha barcha xarajatlar hisobga olinadigan schyotlarga o’tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Yig’ib taqsimlovchi schyotlar ikki sababdan zarurdir: eng avvalo, ba’zi xarajatlarni bir nechta obyektlar o’rtasida taqsimlash kerak bo’ladi. Bular egri (bilvosita) xarajatlar bo’lib, ularga umumishlab chiqarish xarajatlari kiradi. Bu yerda biz «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotini mukammal ko’rib chiqamiz. Uning debetida umuman ishlab chiqarishga xizmat qilish va uni boshqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar yig’iladi. Kreditida esa ularning summalari tegishli xarajatlarga kiritish maqsadida, faoliyat turlari bo’yicha schyotlarga o’tkaziladi (hisobdan chiqariladi). Bunda umumishlab chiqarish xarajatlarining katta qismi «Asosiy ishlab chiqarish» schyotiga o’tkaziladi, ya’ni mahsulot tannarxiga kiritiladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari hisobot davrining oxirida hisobdan chiqariladi va taqsimlanadi, bunda debetda yig’ilgan hamma summa hisobdan chiqarilib, hisobot davrining oxiriga hyech qanday qoldiq bo’lmaydi.
Yig’ib-taqsimlovchi schyotning umumiy tarxi quyidagicha ko’rinishga ega:
A schyoti
|
|
Yig’ib-taqsimlovchi schyot
|
|
G schyoti
|
Dt
|
Kt
|
|
Dt
|
Kt
|
|
Dt
|
Kt
|
qoldiq
|
1/a
|
|
1/a
|
4/M
|
|
4/g
|
|
B schyoti
|
|
2/b
3/v
|
|
D schyoti
|
Dt
|
Kt
|
|
|
Dt
|
Kt
|
qoldiq
|
2/b
|
|
|
4/d
|
|
C schyoti
|
|
|
Ye schyoti
|
Dt
|
Kt
|
|
|
Dt
|
Kt
|
qoldiq
|
3/v
|
|
4/ye
|
|
a+b+v = M = g+d+ye
Shartli belgilar:
1,2,3 - operasiyalar - har xil xarajatlarning yig’ilishi;
4 - operasiya - xarajatlarning taqsimlanishi, hisobdan chiqarilishi.
Kalkulyasiya schyotlari. Kalkulyasiya schyotlari xo’jalik mablag’lari - tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Tannarx hisoblab chiqilgan, hisob-kitoblar aks ettirilgan jadval kalkulyasiya deb nomlanadi. Shundan kelib chiqib, kalkulyasiyani tuzish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo’lgan schyotlar kalkulyasiya schyotlari deb ataladi.
Tannarxi aniqlanadigan obyektlarga tegish bo’lgan xarajatlar ushbu schyotlarning debetida yig’ish yo’li bilan hisoblab chiqiladi, chunki bu xarajatlar summalari mazkur jarayonda sarflangan mablag’lardir. Shuning uchun kalkulyasiya schyotlari aktiv hisoblanadi.
Kalkulyasiya schyotlarining tuzilishini «Asosiy ishlab chiqarish» schyotining misolida ko’rib chiqamiz.
«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti
D-t
|
|
K-t
|
1) 21000
|
10) 45000
|
|
2) 30000
|
|
|
3) 2400
|
|
|
4) 9500
|
|
|
5) 4600
|
|
|
Oborot 67500
|
Oborot 45000
|
Qoldiq 22500
|
|
|
Kalkulyasiya schyotlar tarkibiga 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan tashqari 0800 «Kapitaya qo’yilmalar», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 2610 «Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot», 2720 «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» schyotlari kiradi.
Solishtiruvchi (taqqoslovchi) schyotlar. Solishtiruvchi schyotlar xo’jalik jarayonida olingan moliyaviy natijalarni aniqlash uchun mo’ljallangan. Bu natijalar ushbu jarayonni tavsiflovchi ikki har xil oborot (oborot)larni solishtirish yo’li bilan topiladi. Shundan kelib chiqqan holda, xo’jalik jarayonlarining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun qo’llaniladigan schyotlar solishtiruvchi schyotlar deb nomlanadi. Bu schyotlardaga oborotlarni solishtirish, ularning birini - debetda, boshqasini esa - kreditda aks ettirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Debet bilan kredit o’rtasidagi farq qidirilayotgan natijani anglatadi, bunda aks ettirilayotgan operasiyalarning xususiyatiga qarab, farq debetida yoki kreditida bo’lishi mumkin.
Solishtiruvchi schyotlarning tuzilishini «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti misolida ko’rib chiqamiz.
Foydalar «Yakuniy moliyavny natija» schyotining kreditida doromadlar yoki foyda, xarajatlar yoki zararlar esa - debetida yig’ilib boriladi. Korxonalar ishining pirovard moliyaviy natijalari debet bilan kreditni solishtirish yo’li bilan aniqlanadi.
Agar korxonaning yalpi foyda summasini ko’rsatuvchi kredit oborot ushbu korxonalar tomonidan qilingan yalpi xarajatlar (debet oborot) summasidan ko’p bo’lsa, unda debet bilan kredit o’rtasidagi farq korxonalar tomonidan olingan foydani anglatadi. Agar kredit oborot debet oborotdan kam bo’lsa, o’rtasidagi farq korxonalar tomonidan ko’rilgan zararni ko’rsatgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |