a) burun undoshlari: m,n,ng;
b) yon undoshi: l;
d) titroq undosh: r.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra undoshlar dastlab ikki turga bo‘linadi:
1. Sonor yoki shovqin ishtirok etqan ovozdor undoshlar; 2. Shovqinli undoshlar.
Sonor (ingl. sonorous - jarangdor degani33) undoshlar tarkibiga ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo‘ladi, ularga m, n, ng, l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlarning hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi bo‘g‘iz bo‘shlig‘idagi un (ovoz) paychalarini faol ishtirok ettiradi, shuning uchun bu undoshlar unlilarga yaqin turadi. Lekin bu undoshlar havo oqimining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab, qisman shovqin hosil qilishi natijasida yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |