Unli fonemalar tasnifi jadvali:
Lablarning ishtirokiga ko‘ra
|
Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra
|
Tilning vertikal harakatiga ko‘ra
|
Old qator
|
Orqa qator
|
Yuqori tor unlilar
|
I
|
|
Lablanmagan
|
|
u
|
Lablangan
|
O‘rta (keng) unlilar
|
E
|
|
Lablanmagan
|
|
o‘
|
Lablangan
|
Quyi (keng) unlilar
|
A
|
|
Lablanmagan
|
|
o
|
Lablangan
|
Ayrim unli fonemalar tavsifi
I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi.
2) so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.
3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir.
4) cho‘ziq varianti bor: muhim, musiqa.
5) e(e) tovushiga moyil varianti bor: mix-mex,
U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi.
2) jonli nutqda sheva ta’sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.
3) o‘g‘uz shevalarida a tovushiga o‘tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi.
2) q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g‘azab, xabar.
3) ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
O‘ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) sodda so‘zlarning asosan birinchi bo‘g‘inida uchraydi: o‘g‘il, bo‘ri, to‘g‘ri, o‘rin, bo‘yin.
2) o‘zlashma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida ham keladi: ro‘baro‘, xushro‘y, gulro‘, kubok, (kubo‘k).
3) til oldi varianti ham bor: o‘rik, ko‘l, cho‘l.
ONA TILINING UNDOSH TOVUSHLAR TIZIMI
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bo‘lib, bular b, d, f, g, h, j (jurnal, vijdon kabi so‘zlardagi birinchi va ikkinchi undosh), dj (jumla, joy kabi so‘zlaridagi birinchi undosh), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng fonemalaridir. Undosh fonemalar tizimi tilshunoslikda konsonantizm (ingl. undosh degan ma’noni ifodalaydi32) deb ham yuritiladi. Undosh fonemalar ham uch tomondan tasnif qilinadi:
1) hosil bo‘lish (artikulyatsiya) o‘rniga ko‘ra;
2) hosil bo‘lish (artikulyatsiya) usuliga ko‘ra;
3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.
Hosil bo‘lish (artikulyatsiya) o‘rniga ko‘ra undoshlar uch guruhga bo‘linadi:
1) lab undoshlari;
2) til undoshlari;
3) bo‘g‘iz undoshi.
Lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida paydo bo‘luvchi undoshlar bo‘lib, ularga b, n, m, v, f undoshlari kiradi.
Lab undoshlaridan b, p, m undoshlari, shuningdek, ov, qovun, vodiy, voris, birov kabi so‘zlaridan v undoshi hamda pufak, tufli, juft, Fotima kabi so‘zlaridagi f undoshi ikki lab orasida paydo bo‘ladi; vatan, va’da, vafo, vagon, arava kabi so‘zlar tarkibidagi v undoshi, fazo, farzand, fitna, telefon kabi so‘zlar tarkibidagif undoshi pastki lab bilan ustki tishlar orasida hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra lab undoshlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1) lab-lab undoshlari: b, p, m, v, f;
2) lab-tish undoshlari: v, f.
Til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil bo‘lib, ularga g, d, j (jurnal so‘zidagi undosh), dj (jilo so‘zidagi undosh), z, y, k, l, n, ng, r, s, m, x, ch, sh, q, g‘ undoshlari kiradi.
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo‘lishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi, masalan, z, s, sh kabi undoshlar tilning old qismida, y undoshi tilning o‘rta qismida, k, g, ng kabi undoshlar tilning orqa qismida hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra til undoshlari to‘rt guruhga ajratiladi:
1) til oldi undoshlari: d, j (jurnal so‘zidagi kabi), dj (jiyda so‘zidagi kabi) z, l, n, r, s, t, ch, sh:
2) til o‘rta undoshi: y;
3) til orqa undoshlari: k, g, ng;
4) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.
Bo‘g‘iz undoshi faqat bitta – h dan iborat bo‘lib, u bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |