1-ma’ruza: «turizmda innovatsion faoliyat» faniga kirish


Innovatsiya tushunchasining mazmun-mohiyati



Download 0,64 Mb.
bet3/65
Sana18.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#561590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Туризмда инновацион фаолият majmua

2. Innovatsiya tushunchasining mazmun-mohiyati
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning hozirgi bosqichi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlardan tadbirkorlik faoliyatida yangi mahsulotlar va texnologiyalar yaratish hamda eksportbop tovarlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan innovatsion siyosat yurgizishni talab etmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, “Innovatsiya, bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”.
Mamlakatimizda innovatsiya sohasiga katta e'tibor berila boshlandi, bunga misol sifatida innovatsion sohaga oid ko‘plab qonun, qaror hamda farmoyishlar ishlab chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida Innovatsiya vazirligi tashkil qilindi, ushbu vazirlik innovatsiya g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda barcha sohalarda qo‘llashni o‘zining asosiy maqsadi sifatida belgilangan. Innovatsiya vazirligi barcha tarmoqlardagi g‘oyalarni biriktirish uchun har yili tanlov va forumlar o‘tkazib kelayapti. Bu esa innovatsion g‘oyasi bor insonlar uchun ayni muddao hisoblanadi. Bunda kichik tadbirkorlikda innovatsiya g‘oyalar tatbiq etish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Innovatsiyalar iqtisodiyotga katta ta'sir ko‘rsatadi. Ularni qo‘llash kengligini o‘lchash mumkin emas. Biroq ta'sirning eng muhim nuqtalarini aniqlash mumkin. Birinchidan, innovasiyalar mahsulot sifatiga ta'sir qiladi, ya'ni inson ehtiyojlariga to‘liq javob bera oladigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar mavjud. Demak, boshqa ta'sir nuqtasi – insoniy ehtiyojlar. Ikkinchidan, ular iqtisodiy o‘sish, ya'ni iqtisodiyotning yangi tarmoqlari, yagona bozor (masalan, internet) yaratilishiga yordam beradi. Bugungi kunda odamlar onlayn-do‘kon orqali dunyoda istalgan narsalarni sotib olishlari mumkin. Uchinchidan, malakali mutaxassislarning ulushi ortadi. Masalan, bir fabrikada yangi mashina paydo bo‘ldi, deylik. Unda ishlash uchun o‘z mahoratingizni oshirishingiz kerak. Shunday qilib, xodimlarning sifati yaxshilanadi.
Avvalambor, «innovatsiya» so‘zi, ushbu so‘z negizida, «novatsiya» so‘zi yotadi. O‘zbek tili lug‘atiga bu so‘zlar xorijiy tillardan kirib kelgan. Chunonchi, inglizcha «innovation», ruschasiga «innovatsiya» so‘zi lug‘atlarda «novovedenie», «novatorstvo» sifatida talqin etilgan Rus tilida berilgan talqinga ko‘ra bu so‘z o‘zbek tiliga «yangilik kiritish», «yangi usul», «kiritilgan yangilik» kabi ma'nolarda tarjima qilingan va izohlangan. O‘zbek tili izohli lug‘atida «Innovasiya» atamasiga – texnika va texnologiyaning yangi turlari (avlodlari)ni joriy etish maqsadida iqtisodiyotdan sarflangan mablag‘lar tushunchasi sifatida keltirilgan. «Novatsiya», lotincha «novation» so‘zi rus tilidagi lug‘atlarda «izmenenie», «obnovlenie», o‘zbek tili lug‘atlarida esa «o‘zgarish», «yangilanish» ma'nosida talqin etilgan.
Innovatsiya va innovatsion faoliyat an'anaviy tarzda ilmiy-tеxnik taraqqiyot (uning yuqori tеxnologik qismi) yo’nalishi va ilmiy tadqiqotlar hamda ishlanmalar natijalarining amaliyotga joriy etilishi bilan bog’liq jarayon sifatida tushuniladi. Biroq, «innovatsiya» tushunchasining ma'no va mazmuni ancha kеng. Innovatsiyalar sohasi kеng ko’lamli bo’lib, u nafaqat ilmiy-tеxnik ishlanmalar va ixtirolardan amaliy foydalanishni qamrab oladi, balki mahsulot, jarayonlar, markеting (savdo), tashkilotchilikdagi o’zgarishlarni ham o’z ichiga oladi.
Innovatsiya o’zgarishning yaqqol omili, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, tеxnologik jarayonlar, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning yangi xizmatlari va yangi yondashuvlari sifatida kеladi. Zamonaviy talqinda «innovatsiya» atamasini Y.Shumpеtеr birinchi bo’lib qo’llab, innovatsiya – bu yangi matеriallar va komponеntlardan foydalanish, yangi jarayonlarning joriy etilishi, yangi bozorlarning ochilishi, yangi tashkiliy shakllarning kiritilishiga asoslangan barcha yangi uslublarning yangicha qo’shiluvi va tijoratlashuvidan iborat hosila funksiyalarining jiddiy o’zgarishidir, dеb ta'kidlaydi.
Innovatsiya – bu bozordagi yangi mahsulot, yangi hodisa yoki hatti-harakat bo’lib, u istе'molchini jalb qiladi. Uning ehtiyojlarini qondirish va shu bilan bir vaqtda tadbirkorga daromad kеltirish maqsadiga ega ekanligini bunga qo’shimcha qilish mumkin. Innovatsion rivojlanishni bеlgilovchi omillar:
- bozorga oid kon'yunktura va raqobat (ham ichki, ham tashqi bozorlarda);
- muhit (fan va tеxnika rivojining rivojlanish darajasi, qonuniy va mе'yoriy asos, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik);
- kadrlar (olimlar, mutaxassislar, tadbirkorlar, mеnеjеrlar, siyosiy arboblar, davlat xizmatchilari);
- rеsurslar (tabiiy, ishlab chiqaruvchi, moliyaviy, ilmiy-tеxnik, tеxnologik, infraqurilma).
Inson faoliyatining turli sohalarida yuz bеrayotgan doimiy o’zgarishlar innovatsiyalarga turtki bеradi. Ulardan har birida yangiliklarning maqsadlari barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy o’sishni ta'minlashga qaratilgan yangi jarayonlar yoki mahsulotlarni joriy qilishdir.
Biror-bir faoliyat sohasining samaradorligni oshirish bo’yicha tadqiqotlar, ishlanmalar yoki tajribaviy ishlarning hujjatlarda rasmiylashtirilgan natijasi yangilik (novatsiya) hisoblanadi. Bularga kashfiyotlar, ixtirolar, patеntlar, nau-xau, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga hujjatlar, tеxnologiya yoki ishlab chiqarish jarayoni hamda markеting tadqiqotlarining natijalari, standartlari, yo’riqnomalari, uslublari, tavsiyalari, oqilona takliflari kiradi.
Innovastiya tushunchasi bilan ixtiro va kashfiyot tushunchalari uzviy bog`liq hisoblanadi. Ixtiro deganda inson tomonidan yaratilgan yangi qurilmalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar va boshqa moslamalar tushuniladi. Ixtiro so’zi arabchadan o’ylab topish, ijod qilish ma’nosini bildirib, keng ma’noda fan va texnikaning mavjud darajasini ko’tarishga yordam beradigan va iqtisodiy jihatdan o’zgacha hal qilingan yangilikdir. Tor ma’noda davlat tomonidan tan olinadigan va tegishli qonun bilan muhofaza qilinadigan yangi echim demakdir.
Kashfiyot so’zi arabcha “kashf” so’zidan olingan bo’lib, lug`aviy ma’nosi oshkor qilmoq, zohir etmoq, pardani ko’tarmoq kabilarni bildiradi. Kashfiyot deganda tabiatning ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlari va qonuniyatlarini aniqlash tushuniladi.
Ixtiro va kashfiyot tushunchalarini farqlashda ularning kelib chiqish ildiziga e’tibor qaratish joiz. Ixtironing ildizi sun’iy (inson tomonidan yaratilgan), kashfiyot ildizi esa tabiiy (tabiatning mavhum xususiyatlari)
Innovastiya tushunchasi kashfiyot hamda ixtiro tushunchalari bilan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:

  • Ixtiro va kashfiyotlar asosan, fundamental darajada qilinadi, innovastiyalar esa doimo texnologik (amaliy) darajada amalga oshiriladi.

  • Kashfiyot va ixtiro yakka shaxs-kashfiyotchi yoxud ixtirochi tomonidan qilinishi mumkin, innovastiya bo’lsa jamoa (laboratoriya, bo’limlar, institut) tomonidan ishlab chiqilib, Innovatsion loyiha ko’rinishini oladi.

  • Kashfiyot foyda olishni bosh maqsad qilib qo’ymaydi. Innovastiya esa doimo texnika va texnologiyaga yangilik kirish orqali katta pul oqimiga ega bo’lish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish hamda tannarxni pasaytirish, shuningdek, boshqa e’tiborga molik foyda olishni ko’zlaydi.

  • Kashfiyot tasodifan yuz berishi mumkin, innovastiya esa doimo izlanishlar natijasi hisoblanadi. U belgilangan aniq maqsad va texnik-iqtisodiy asoslashni talab etadi.

Yangi bilimlar, yondashuvlar, usullar ko’rinishidagi yangiliklar joriy etilgan va tarqala boshlagan paytda innovatsiyaga aylanadi.
Innovatsiya – jamiyat talab qilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-tеxnik yoki boshqa turdagi samaraga erishish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasidir. Boshqacha qilib aytganda, innovatsiya – bu tavakkalchilik xavfi bilan bog’liq har qanday yaratuvchanlik faoliyatining aniq natijasi bo’lib, u bozorda avvalgilaridan tubdan farq qiluvchi, ehtiyojlarni to’laroq qoniqtiruvchi mahsulotlar, xizmatlarni olg’a surilishi va joriy etilishini ta'minlaydi: yangi bozorlarni ochish va o’zlashtirish yoki boshqa aniq maqsadlarga erishish natijasidir.
Innovatsiya ijodiy-intellektual faoliyatning yakuniy natijasi bo‘lib, yangi yoki takomillashgan mahsulot ko‘rinishida mujassamlashadi va bozorda sotishga mo‘ljallanadi yoxud amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashgan texnologik jarayon hisoblanadi.
Yangi g‘oyalar ishlab chiqilgan chizmalar, rasmlar yoki batafsil tavsifnoma ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsa-yu, lekin undan birorta tarmoq yoki sohada foydalanilmasa, bozorda iste'molchisini topmasa, ushbu g‘oya yoki bilim, ilmiy-ijodiy mehnat natijasi bo‘lsa-da, innovasiya hisoblanmaydi.
Innovatsiyalarni yangiligi bo‘yicha asosiy 3 turga bo‘lish mumkin.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish