Tilshunoslik va matematik fanlar. Hozirgi paytda matematika fani aralashmagan fan bo‘lmasa
kerak. Oddiy arifmetik amallardan tortib, murakkab matematik formulalar ham barcha fanlardagi hisob-
kitoblarda qo‘llanadi. Tilshunoslikda ”Bir bosh bo‘lakli va ikki bosh bo‘lakli gaplar” degan nomlarning
mavjudligi oddiy arifmetik sonlarning qo‘llanishiga misol bo‘ladi. Endi quyidagi parchaga e’tibor
qiling: ”Vaholanki eng tor tovushni 0 raqami bilan, eng keng tovushni 1 raqami bilan belgilasak,
tovushlarning bu jihatdan farqi quyidagicha bo‘ladi:
i – u – o – e – â – a
0 – 0,2 – 0,3 – 0,8 – 0,9 - 1”
3
Bu parchada ishlatilgan ifodalar nisbatan murakkabroq formulalarga misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |