Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Har qanday til tovush tilidir, chunki nutq tovushlarning muayyan ketma-
ketligidan iborat bo‘lgan so‘zlardan tashkil topadi. Nutq tovushlari esa fizika fanining akustika bo‘limida ham
o‘rganiladi. Nutq faoliyati insonning markaziy asab tizimi yordamida boshqariladi, demak, tilshunoslik fani
fiziologiya fani bilan aloqada bo‘lishi lozim. Kimyo fanida valentlik degan tushuncha mavjud. Bu molekula
tarkibidagi atomning boshqa atom bilan bog‘lanish xususiyatidir. Xuddi shu xususiyat tildagi so‘zlarda ham
mavjuddir. Masalan, qizil, shirin, achchiq, yirik so‘zlari olma so‘zi bilan bog‘lana oladi, lekin yupqa, aqlli,
a’lochi, beg‘am, ozg‘in so‘zlari olma so‘zi bilan bog‘lana olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |