Kompyuter tizimi modulli strukturadan iborat. Tizimda har bir qurilma ucun qurilmalar
nazoratchisi deb nomlanuvchi maxsus boshqarish qurilmasi mavjud. Barcha modullar tizim
shinasi(system bus) orqali bog’langan. Har bir nazoratchi ishini drayver boshqaradi. Drayver
amaliyot tizimining bir qismi hisoblangan maxsus dasturdir.
Markaziy protsessor – kompyuter tizimi buyruqlarini bajaruvchi qurilma. Zamonaviy
kompyuterlarda u ko’p toshli bo’ladi, yani uning tarkibida umumiy xotirada parallel ishlovchi
2tadan 32tagacha toshli protsessorlar bo’ladi.
Operativ xotira – qayta ishlanuvchi ma’lumotlarni saqlovchi qurilmadir. Xotira hajmi – 1 – 16
gigabayt va undan katta; kam hajmli xotirani ishlatish tavsiya etilmaydi. Xotiraning taktli
chastotasi– 667 MHz – 1.5 GHz.
Tizimli shina – kompyuterning barcha modullari ulangan qurilmadir Shinaning taktli chastotasi
– 1 – 1.5 GHz. Odatda PCI (Peripheral Component Interconnect) turdagi shinalar ishlatiladi.
Unga protsessor, xotira, disklar, printer, modem va boshqa tashqi qurilmalar ulanadi.
Portlar– kompyuterga tashqi qurilmalarni ulovchi qurilma. Har bir port o’zining nazoratchisi
hamda drayveriga ega.
Ko’p hollarda USB (Universal Serial Bus) porti ishlatiladi. USBportiga turli qurilmalar ulanishi
mumkin. Bunda kompyuterni o’chirish talab etilmaydi. USBning turli tezlikda ishlovchi bir
nechta standarti bor. Eng ko’p tarqalgani port tezligini sekundiga 240-260 megabit bo’lishini
ta’minlovchi USB2.0.
Kompyuter tizimlarining ishlash jarayoni.Qurilmalar holati jadvali
Amaliyot tizimi qurilmalar holatining jadvalini saqlaydi. Jadvalda har bir har bir qurilmaga mos
element,
qurilma turi, manzili, holati keltiriladi.
Quyida sinxron va asinxron kiritish va chiqarish arxitekturasi keltirilgan.
4 rasm. Sinxron va asinxron kiritish va chiqarish arxitekturasi
Xotira tuzilmasi
Xotira funktsiyasini bajaruvchi texnik vositalar kompleksi xotira qurilmasi deyiladi(XQ)
.
XQ
larda buyruq va berilganlar joylashtiriladi. Ular markaziy protsessorning dasturlar va axborotlarga
murojaatini ta’minlaydi. XQ lar quyidagi qismlarga bo’linadi:
asosiy xotira,
o’ta tezkor xotira (SOZU) tashqi xotira qurilmalari.
Asosiy xotira ikki turdagi qurilmalarni o’z ichiga oladi: operativ xotira qurilmasi va (OXQ yoki
RAM - Random Access Memory) va doimiy xotira qurilmasi (DXQ yoki ROM - Read Only
Memory).
OXQ o’zgaruvchan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Operativ xotira
protsessorning hisoblash amallarini bajarish jarayonida o’z mazmunini o’zgartirib turadi va
yozish, o’qish hamda saqlash rejimlarida ishlaydi. DXQ protsessor tomonidan bajariladigan
hisoblashlar jarayonida o’zgarmasligi kerak bo’lgan, masalan, standart dasturlar va konstantalarni
saqlaydi.
Stekli xotira keng tarqalgan bo’lib, uning EHMdagi realizatsiyasi uchun maxsus mikrosxemalar
ishlab chiqilgan. Bunda operatsion sistema dasturlari yordamida stek uchun xotira qismi ajratiladi
(IBM PC da bu maqsad uchun 64 Kbayt ). Mikroprtsessorning maxsus registri (stek ko’rsatkichi)
doimiy ravishda stek boshi rolini bajaruvchi OX yacheykasi adresini saqlaydi. Sonni o’qish doimi
ushbu stek boshidan amalga oshiriladi, keyin stek ko’rsatkichi stekli xotiradagi keyingi yacheykani
ko’rsatadi (ya’ni stekning o’zi o’zgarmas bo’lib, faqat uning boshi suriladi). Stekka son yozishda
stek ko’rsatkichi navbatdagi bo’sh yacheykaga to’g’irlanib, shu adres bo’yicha yozish amalga
oshiriladi.
Mazmun bo’yicha tanlash xotirasi adressiz hisoblanadi. Unga murojaat qidiruv tasvirini saqlovchi
maxsus niqob bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu qidiruv obraziga mos keluvchi axborotlar
xotiradan o’qiladi. Masalan, bunday tirdagi xotiraga turar joy to’g’risidagi axborot yozilgan bo’lib,
qaysidir shaxar aholisi to’g’risida axborot topish kerak bo’lsa, bu shahar nomi niqobga
joylashtiriladi va o’qish buyrug’i beriladi.
Xotira qurilmalari iyerarxiyasi.
Ko’p ishlatiladigan tashqi xotiraturlar:
Do'stlaringiz bilan baham: