Xotira qurilmalari iyerarxiyasi.
Ko’p ishlatiladigan tashqi xotiraturlar:
Flesh xotira(Fleshka)
– USB port orqali ulanuvchi kompakt o’lchamli tashqi xotira. Parametrlar:
hajmi 128
gigobayt va undan yuqori; tezligi USB2.0 porti orqali sekundiga 240-260 megabit.
Tashqi qattiq disk (ZIV drive
va boshqalar) – hajmi 1 terabaytgacha; USB porti orqali ishlaydi;
BluRay – disklari
– kompakt disklarning katta hajmdagi yangi ko’rinishi(bir tomonligi –
25 gigabayt, ikki tomonlalari – 50 gigabayt).
5. Bulut texnologiyalari
Bulut texnologiyalar bu ma’lumotlarni qayta ishlashninf shunday texnologiyasiki, unda
kompyuter resurslari Internet foydalanuvchilarga online-servis kabi taqdim etiladi. Bulut so’zi
murakkab infrastrukturadan tashkil topgan metafora sifatida ishlatilgan.
Bulut texnologiyalari
turli xizmatlar ko’rsatuvchi juda ko’p tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Masalan, dasturi ta’minot, infrastruktura, platforma, ma’lumotlar, ishchi o’rin va boshqalar. Bulut
texnologiyalarning asosiy funksiyasi foydalanuvchilarning uzoqlashgan ma’lumotlarni qayta
ishlashga bo’lgan extiyojini qondirishdan iborat.
Bulut texnologiyasining biznesga ta’siri:
Foydalanuvchi shaxsiy kompyuteridagi bo’sh joylar haqida o’ylamasa ham bo’ladi. Bulut
texnologiyalari avtomatik tarzda bu ishni hal qilib beradi. Foydalanuvchi
faqat bajarilgan
xizmatlarga haq to’laydi. Bulut texnologiyalari mayda korxonalarga turli sharoitlardan chiqish
imkonini beradi.
Dastur bu kompyuter tushinadigan tilda yozilgan buyruqlar ketma-ketligidir. U tizim dasturlariga
va amaliy dasturlar paketiga bo’linadi. Operatsion tizim bu - yuklovchi dastur yordamida
kompyuterga yuklanuvchi va kompyuterdagi barcha dasturlar va
qurilmalarni boshqaradigan
dasturdir. Qolgan dasturlar ilova yoki amaliy dasturlar deyiladi. Amaliy dasturlar ilovalarning
dasturiy interfeyslari orqali turli xizmatlarga so’rovlar yuborgan holda amaliyot tizimidan
foydalanadilar. Undan tashqari foydalanuvchilar amaliyot tizim bilan foydalanuvchi interfeysi
orqali to’g’ridan to’g’ri bog’lana
oladilar,masalan, buyruqlar tili yoki foydalanuvchi grafik
interfeysi (GUI).
Amaliyot tizimi quyidagi xizmatlarni bajaradi:
•
Bir vaqtni ichida bir nechta dasturni ishga tushiradigan ko’p masalaliamaliyot tizimida, tizim
boshqa ilovalarga navbatni berishdan oldin qaysi ilovalar qanday tartibda bajarilishini va ularga
qancha vaqt berilishini aniqlaydi va belgilaydi.
Amaliyot tizimi bir nechta ilovalar o’rtasida ichki xotiradan hamjihatlik bilan
foydalanishni boshqaradi.
Amaliyot
tizimi qattiq disklar, printerlar va kommutativ portlarga o’xshagan apparat
qurilmalaridan bajariladigan kirish va chiqishlarni ham qayta ishlaydi.
Amaliyot tizimi har bir ilovaga yoki faol foydalanuvchiga (tizim operatoriga) ish holati va kelib
chiqishi mumkin bo’lgan xatolar haqida xabar jo’natadi .
Operatsion tizimi tartibli topshiriqlar boshqaruvini yengilashtirishi mumkin va bunda ro’yhatdan
o’tgan ilovalar bu ishdan ozod etiladi.
Qayta ishlashni parallellashtira oladigan kompyuterlarda amaliyot tizimi dasturlarni ajratishni
shunday
boshqara oladiki, toki u birdan ortiq protsessorlar yordamida ishlasin.
Amaliyot tizimining 2 ta asosiy maqsadi mavjud:
Ilovalarni boshqarish ilovalarga apparat vositalariga kirish imkoniyatina yaratib beradi.
Optimal rejimda tizim ma’lumotlari va resurslarini boshqarish. Amaliyot
Qurilma drayverlari kichik dastur ko’rinishida bo’lib, dasturni qurilmalar bilan yuqori
darajada muloqot qilishiga yordam berish uchun ishlab chiqiladi.
Boshqaruv dasturlarining drayverlari apparat qurilmalari va amaliyot tizimlari o’rtasida
muloqotni ta’minlaydi. Qurilma drayverlari Windowsni qurilmalar
bilan birgalikda ishlashini
ta’minlaydi. Drayverlar yadro xolatida ishlaydi xamda kiritish-chiqarishda boshqaruv va apparat
ta’minoti o’rtasidagi interfeysni ta’minlaydi. Qurilma drayverlarining bir qancha turlari mavjud.
Sinov savollari:
1. Axborot texnologiyalari deganda nimani tushunasiz?
2. Axborot-komunikasiya texnologiyalari eganda nimani tushunasiz?
3. Zamonaviy jamiyatda axborot-komunikasiya texnologiyalarining o’rni?
4. AKTni qo’llash mumkin bo’lgan sohalarni sanab bering?
5. Raqamli iqtisodiyot nima?
6. Raqamli iqtisodiyot qanday belgilardan tashkil topgan?
7.Sinxron kiritish-chiqarishning asinxron kiritish-chiqarishdan farqi nimada?
8.Qurilmalar holati jadvali nima va u nima uchun ishlatiladi?
9.Bulut texnologiyalari nima?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда
барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси Президентининг лавозимига киришиш
тантанали
маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. –Т.:
“Ўзбекистон” НМИУ, 2016. – 56 б.
2. M.Aripov, B.Begalov, U.Begimqulov, M.Mamarajabov. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma.- T.: “Noshir”, 2009.
3. John Walkenbach and other.Microsoft Office 2010. Bible.-Canada:Wiley Publisheng,2010