1.4 YO‘LOVCHILAR TASHISHDAGI TEXNIK VOSITALAR
Yo‘lovchilar tashishni ta’minlovchi asosiy texnik vositalar – xarakat tarkiblari, avtomatika telemexanika, yo‘l va boshqa qurilmalar yuqori darajali ishonchlilikka ega bo‘lishi lozim.
Temir yo‘llarning ko‘pgina inshootlari va qurilmalari xam yo‘lovchi xam yuk xarakatlariga xizmat ko‘rsatishini e’tiborga olsak, ularning ishlash texnologiyalarining optimal paramaetrlari xar ikkala xarakat turlari uchun xam tanlab olinadi. Yo‘lovchi tashishlarga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalar yuqori darajadagi tezlikni (ya’ni yaqin orada 160 km/soat, keyinchalik esa aloxida uchastkalarda 200 km/soatgacha), xarakaktlanish xavfsizliginiyo‘lovchi va shaxar atrof poezdlarining optimal og‘irligini, yo‘lovchilarni poezdlarda yurishlarining va ularga vokzallarda servis xizmat ko‘rsatilishining qulayligini, yo‘lovchilarga poezdlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniqliligini (poezdlarning kelishi va ketish vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar), yo‘lovchilarni poezddan poezdga qayta o‘tirishlariga ketadigan vaqtning minimalligini va shu bilan birga yo‘lovchi tashishlarining yuqori darajadagi samaradorligi va iqtisodiy jixatdan arzonligini ta’minlamog‘i lozim.
Xozirgi vaqtda temir yo‘l transporti tizimida yo‘llarning 85 % og‘ir relslarbilan jixozlangan. YUk tashish xarakatlari katta bo‘lgan liniyalarda R75 markali relslardan foydalaniladi. Tezlashtirilgan poezdlarni o‘tkazish uchun stansiyalarda quyidagi markadagi strelka o‘tkazgichlari o‘rnatilgan: 1/11, 1/18, 1/22 kelajakda esa 1/30 strelka o‘tkazgichlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Strelki tipa R65 turdagi 1/18 markali strelka o‘tkazgichlari poezdlarni yon yo‘llarga qabul qilishda 80-90 km/soat tezlik bilan xarakatlanishlariga imkon bersa, R65 1/22 markali strelka o‘tkazgichlari 120 km/soat tezlik bilan xarakatlanish imkonini beradi.
Zamonaviy elektrovozlar, teplovozlar, motorvagon xarakat tarkiblari, rolikli podshibnikdagi metall tarkibli vagonlar yo‘lovchi vagonlar tarkibida yuqori tezlik bilan xarakatlanishga mo‘ljallangan. Yo‘lovchi vagonlarining og‘irligi va xarakatlanish tezliklari lokomotivlar orqali aniqlanadi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talablar – ishonchli darajadagi ishlash, etarli darajadagi quvvqtlilik, avtonomlik, foydalanishning osonligi va iqtisodiy jixatdan samaradorligi.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyalarida quyidagi markadagi chex elektrovozlari faoliyat ko‘rsatmoqda:
– CHS-1, CHS-3, quvvati 2350 KVt va 120 km/soat tezlikgacha chiqishi mumkin;
– CHS-2 N = 4200 KVt, V = 160 km/soat;
– CHS-4 N = 5100 KVt, V = 160 km/soat;
– CHS-2T N = 4510 KVt, V = 160 km/soatgacha.
O‘zimizning elektrovozlardan esa – “O‘zbekiston” – 120 km/soat tezlikgacha va “O‘zbekiston yulovchi” - 140 km/soat tezlikgacha.
YUqori tezlik xarakatida uchun ER 200 elektr poezdidan foydalaniladi va u bir vaqtning o‘zida tarkibida 800 tagacha bo‘lgan yo‘lovchilari bilan tezlikni soatiga 200 kilometrga etkazishi mumkin.
Yo‘lovchi tashish xarakatidagi teplovozlarning asosiy turlari:
– ikki seksiyali TE7 teplovozi, kuvvati 1470 kVt (xar bir seksiyasi), tezlikni soatiga 140 kilometrgacha chiqarishi mumkin;
– bir seksiyali TE10 lokomotivi, quvvati 2200 kVt bo‘lib, tezligi soatiga 140 kilometrgacha chiqishi mumkin;
– TEP 60 quvvati 2200 kVt tezligi sovatiga 140 kilometrgacha;
– TEP 70, quvvati 2200 kVt, tezligi soatiga 140 kilometrgacha.
Teplovozlar xam elektrovozlar singari maxalliy xamda uzoq masofaga qatnovchi og‘irligi 1200 tonnagacha bo‘lgan yo‘lovchi poezdlarini soatiga 120-160 kilometr tezlik bilan tortish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bizga ma’lumki nisbatan og‘irroq poezdlar uchun bunday tezliklarga teplovozlarni seksiyalash yo‘l orqali erishish mumkin.
SHaxaratrof yo‘lovchi tashish xarakatida esa tortuv turini tanlashda yuk xamda yo‘lovchi tashish xarakatidagi tortuv bilan ta’minlash xarakteriga nisbatan aniqlanadi.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyalarda shaxar atrofi yo‘lovchilarini tashishda elektrovozlar va elektr poezdlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Elektr poezdlar asosan 8,10 va 12 vagon tarkiblaridan tashkil topadi. Ular motorvagon seksiyalardan tuzilgan bo‘ladi. (motorvagon xamda ulangan vagonlardan tashkil topadi).
Elektrpoezdlar asosan tashiladigan yo‘lovchi oqimlari miqdori katta bo‘lgan uchastkalarda qo‘llanilishi samarali xisoblanadi. Elektrlashtirilmagan temir yo‘l liniyalarida esa shaxar atrof poezdlar xarakati dizel poezdlar yoki avtomotrisalar orqali amalga oshiriladi. Dizel poezdlar xamda qo‘shilgan vagonlar tarkiidagi seksiyalarning miqdori sutka vaqtiga bog‘liqdir. U tarkibning yuqori ishonchliligini ta’minlamog‘i lozim. Seksiyalar odatda stansiyalarda ulanadi yoki ajratiladi.
Temir yo‘llarda xarakatlanadigan vagonlarning aksariyati to‘liqmettalii vagonlardir. Vagonlarning asosiy turlari: yumshoq vagonlar ikki o‘rinli kupedan tashkil topgan maxsus vagon (SV), to‘rt o‘rinli yumshoq vagonlar (MK), kupeyli (K), kupeyli bufeti bilan (KB), kupeyli radiouzeli bilan (KR), platskart (PL), xarakatlanuvchi saqlash kamerali vagonlar (PKX), bagaj (B), pochta (P), vagon-restoran ( VR), vagon-garajlar (V-gar).
To‘liq metalli vagonlarning tara kattaliklari nisbatan yuqori bo‘lib (48–56 tonna) ulardagi sig‘dira olish xususiyati yo‘lovchi vagonlarining yo‘lovchilar miqdori uncha katta bo‘lmagan sharoitiga nisbatan og‘irlik me’yorlarining yuqoriligini belgilab beradi (800–1200 t). Vagonning tara og‘irligini kamaytirish maqsadida engil va yuqori darajadagi chidamlilikka ega bo‘lgan materiallardan (alyuminiy va polimer eritmalaridan) foydalanish lozim bo‘ladi.
Lokomotiv tortuv turidagi istiqbolli yo‘lovchi vagonlarning asosiy turlarining qisqacha xarakteristikalari 2.1.jadvalda keltirilgan.
2.1.Jadval
Vagon turi
|
Qurilmaning asosiy axamiyatlari va vagonning jixozlanganliligi
|
Belgi
lari
|
Nomi
|
SV
|
1-sinf
Maxsus vagon
|
Ikki o‘rinli kupeli, radiopriyomnik, telefon (telefaks), isitgichlari,ventillyasiyasi (xavoni konditsionerlovchi) va yoritish vositalari aloxida boshqariladigan; vagonda ikkita dushli tualet, mini-bar va seyf mavjud
|
KSP
|
2-sinf yotib ketish vagoni
|
To‘rt o‘rinli kupeli, radiopriyomnik isitgichlari, ventillyasiyasi (xavoni konditsionerlovchi) va yoritish vositalari aloxida boshqariladigan; vagonda ikkita dushli tualet, mini-avtomat bar, umumiy telefon-telefaks
|
KSD-4/2
|
O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 1- sinf vagoni
|
To‘rt yoki ikki o‘rinli kreslolari xolatini o‘zgartirsa bo‘ladigan kupeli vagon, vagonning yoritilishi SV vagonining turiga o‘xshagan; nogironlar uchun kupe ko‘zda tutilgan
|
OSP
|
3-sinf yotib ketish vagoni
|
Amaldagi platskart vagonning turi bo‘yicha faqat yaxshilangan planirovka bo‘yicha, konditsioner o‘rnatilgan,yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulayliklarga ega
|
KSD-6
|
O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 2- isnf vagoni
|
Oltita o‘rinli kreslolari xolati o‘zgariladigan kupeli vagon, yoritilishi KSP turidagi vagonnikiga o‘xshagan; nogironlar uchun kupe ko‘zda tutilgan
|
OSK
|
O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 3- isnf vagoni
|
Umumiy salonli vagon, aloxida xolati o‘zgartiriladigan o‘tirish kreslolariga ega, maxalliy aloqadagi radio translyasiya, isitish xamda ventillyasiya tizimi markaziy boshqaruvda, yoritish tizimi umumiy; ikkita tualet, yuvinish jo‘mragi, mini-bar-avtomat
|
OSD
|
O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 4- isnf vagoni
|
Umumiy salonga ega bo‘lgan vagon, ikki yoki uch o‘rinli o‘tirib ketish uchun divanlar, yig‘ilish maydonchasi, keng kirish eshiklari, isitish, ventillyasiya va yoritish tizimlari avtomatlashtirilgan; maxalliy xamda shaxar atrofi yo‘lovchilarini tashish uchun ikki qavatli modifikatsiyasini yaratish imkoniyati mavjud
|
VR
|
Vagon-
restoran
|
Bir marotaba ishlatiladigan idishlarda joylashtirilgan taomlarni tarqatish asosida xizmat ko‘rsatish tizimiga ega bo‘lgan vagon-restoran (tayyorlab berish jarayonlarisiz)
|
VK
|
Vagon-klub
|
Televideo ko‘rsatuvlar namoishi uchun mo‘ljallangan zalga ega bo‘lgan vagon bo‘lib 30—40 o‘ringa, bar-bufet, telefon, tualet va xodimlar uchun kupega ega.
|
VB
|
Vagon-bufet
|
KSD-6 vagoni bazasida yaratilgan vagon-mikst bo‘libunda uchta kupe o‘rniga 15 — 20 o‘ringa ega bo‘lgan bar-bufet joylashtirilgan
|
GPB
|
YUk-pochta-bagaj vagoni
|
Bagaj, kichik partiyadagi tezkor yuklar va pochtani tashish uchun mo‘ljallangan vagon bo‘lib, aloxida qo‘shimcha eshik lar va qurilmalarga xamda xodimlarning dam olishlari uchun kupe ega.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |