2.4 YO‘LOVCHI AMALLARINI BAJARISH UCHUN POEZDLARNING TURISH VAQTLARINI ME’YORLASH
Yo‘lovchi poezdlarini turish miqdorlari quyidagilarga bog‘liq:
• yo‘lovchilar oqimining quvvati va xarakteriga;
• tarkiblarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jarayonlarning xarakteriga (lokomotivning almashinuvi, suv, yoqilg‘i va boshqalar bilan ta’minlash);
• davlatlar aro o‘tish punktlarining mavjudligi (bir o‘lchamdagi temir yo‘l izlaridan boshqasiga o‘tish, chegara yoki bojxona tekshiruvi);
• pochta va bagajni ortish yoki tushirish;
• xar xil turdagi poezdlar uchun belgilangan turishlarning mavjudligi;
• tezlashtirilgan poezdlarning turishlari tartibi.
Turishlarning davomiyligi quyidagi ishlar uchun lozim bo‘lgan vaqtlarga bog‘liqdir:
• tarkib bilan texnik amallarni bajarish;
• yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushirish;
• chegavra va bojxona amallarini bajarish;
• chegara stansiyalarida aravalarni qayta o‘tkazish;
• pochta-bagaj jarayonlarini bajarish.
Uzoq masofaga qatnovchi poezdlar uchun majburiy to‘xtashlarga Respublikaning poytaxtlarida, o‘lka va viloyat markazlarida to‘xtashlar kiradi. Qolgan barcha xolatlarda to‘xtashlarning maqsadga muvofiqligi va davomiyligi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”OAJ tomonidan xisoblar asosida (yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish, pochta bagajni ortish va tushirish bo‘yicha ish xajmidan kelib chiqib) belgilanadi.
Boshlang‘ich xamda oxirgi stansiyalardan yo‘lovchi poezdlarini jo‘natish bo‘yicha jarayonlarning umumiy davomiyligi yo‘lovchilarni vagonlarga chiqarish va tushirishga ketadigan vaqtning xisobi bilan aniqlanadi.
Yo‘lovchilarni vagonlarga to‘g‘ri chiqarish va joylashtirishda quyidagi asosiy shartlarga rioya qilish lozim:
• tarkibni o‘z vaqtida joyiga qo‘yish;
• yo‘lovchilarni poezdga chiqarish boshlanganligi, tarkibdagi vagonlarning joylashuvi, yo‘l va platformaning raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar uzatilishini tashkil etilganligi;
• yo‘lovchilar oqimi xarakatlarini to‘g‘ri taqsimlash maqsadida o‘tish joylari xamda platformalarni to‘g‘ri ixtisoslashtirish;
• yo‘lovchilar topishlariga qulay bo‘lishi uchun platformalarda vagonlar raqamlarini qo‘yib chiqish;
• poezd brigadasi ishining aniqligi.
Yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish vaqtining davomiyligi ularning poezd to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qilishlariga ketadigan vaqt, platformaga o‘tib borish vaqti, platformada qo‘l yuklari bilan o‘rtacha sekundiga 1,0-1,1 metr tezlik bilan xarakatlanib borishlariga ketadigan vaqt, vagon kuzatuvchisi tomonidan yo‘l xujjatlarini tekshirishga ketadigan vaqt, poezdga o‘tirishga ketadigan vaqt (agar platforma baland bo‘lsa 2-3 sekund, agar platforma past bo‘lsa – 6 sekund) va nixoyat poezdning jo‘nashini kutishga (vagon kuzatuvchisi vagonga chiqib kuzatuvchilarni vagonni bo‘shatib qo‘yishlari lozimligini e’lon qilishi) ketadigan vaqtlar yig‘indisidan tashkil topgan.
Boshlang‘ich xamda oxirgi stansiyalarda yo‘lovchi poezdlarining yo‘lovchilarni poezdlarga chiqarish va tushirish amallarida minimal turish vaqtlari quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi.
= ,
bunda amax — maksimal sig‘dira olishdagi vagondagi joylarning soni, yo‘lovchi;
tpos — bitta yo‘lovchini vagonga chiqarishga ketadigan o‘rtacha vaqt,sekund;
n — vagondagi ochiladigan tamburlarning soni;
lpr — yo‘lovchining o‘rtacha vagonga o‘tib borish masofa, metr;
pas — yo‘lovchining xarakat tezligi, metr/sekund;
tint— Poezdga chiqarish tugatilgandan, poezdning jo‘nashigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i, sekund. (vagon kuzatuvchisining kuzatuvchilarni vagonni bo‘shatib qo‘yishlari to‘g‘risidagi ogoxlantirishigacha).
Yo‘lovchilarni poezddan tushirish vaqtining davomiyligi avvalom bor poezdning axoli zichliligiga, vagonning turiga, platformaning balandligi va qo‘l yuklarining miqdoriga bog‘liq.
Yo‘lovchi poezdining yo‘lovchilarni tushirish bo‘yicha turish vaqtining davomiyligi Tvыs, quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi.
= ,
bunda amax — maksimal sig‘dira olishidagi vagondagi o‘rinlarning soni, yo‘lovchi;
tvыs — yo‘lovchini vagondan tushirishga ketadigan o‘rtacha vaqt, sekund, (past platformada 2—5 sekund, baland platformada 2—3 sekund);
n — vagondagi ochiladigan tamburlarning soni;
tint — vagondan tushirishni boshlashdan poezdning jo‘nab ketishigacha bo‘lgan vaqt, sekund.
Uzoq masofaga qatnovchi xamda mahalliy aloqadagi yo‘lovchi poezdlarining oraliq stansiyalarida o‘rtacha turish vaqti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
= ,
bunda avыs.pos — mazkur stansiyada bitta vagondagi chiqish va tushirish amallarida ishtirok etuvchi yo‘lovchilarning maksimal sonii;
tvыs.pos — yo‘lovchining vagondan tushishi va chiqishiga ketadigan o‘rtacha vaqt, sekund;
n— vagondagi ochiladigan tamburlarning soni.
Pochta va bagajlarni ortish va tushirish amallariga ketadigan vaqt 1 tonna bagaj uchun (18-20 o‘rin) xisobidan kelib chiqib belgilanadi. Ortish texnikasi va poddonlarni qo‘llagan xolda – 10daqiqa, ikkita ishchi qo‘lda tushirsa – 21 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |