Qayd qiluvchi kodlashtirish tizimida ob’ektlar avvaldan sinflarga ajratilmaydilar.
Masalan: Fakultetning barcha talabalari o’quv guruhlariga ajratilib, ularga tartib nomeri beriladi. Har bir guruh ichida Har bir talaba alfavit tartibi bo’yicha o’z qayd nomeri beriladi.
Sanoq sistemalari
Sanoq sistemasi berilgan maxsus belgilar (raqamlar) yordamida sonlarni yozish usulidir.
Insoniyat faoliyatida pozitsion va nopozitsion sistemalaridan foydalaniladi.
Nopozitsion sanoq sistemalarida sondagi raqamning hissasi (ya’ni, uning sonni ifodalash uchun ahamiyati) uning pozitsiyasiga bog'liq emas. Masalan, rim sanoq sistemasida XXXII (o’ttiz ikki) sonida X raqamining ixtiyoriy pozitsiyadagi hissasi o’nga teng.
Pozitsion sanoq sistemasida sondagi har bir raqam hissasi o’zining pozitsiyasi, ya’ni o’rni bilan bog'liq. Masalan, 757,7 sonida birinchi 7 raqami yuzliklar soni, ikkinchi 7 raqami birliklar soni va uchinchi 7 raqami 1 ning o’ndan bir hissalari sonini anglatadi.
757,7 sonining o’zini esa quyidagi hisoblanadigan ifoda orqali belgilash mumkin: 700 + 50 + 7 + 0,7 = 7*102 + 5‘Sh1 + 7*10° + 7*10-1 = 757,7.
Ixtiyoriy pozitsion sanoq sistemasi o’zining asosi xarakterlanadi.
Pozitsion sanoq sistemasining asosi ushbu sistemada sonlarni ifodalash uchun ishlatiladigan raqamlar va belgilar sonidir.
Sanoq sistemasi asosi sifatida ixtiyoriy natural sonni - ikki, uch, to’rt, o’n va hokazo sonni ishlatish mumkin. Demak, ikkilik, uchlik, to’rtlik va ko’plab sondagi saplab sondagi sanoq sistemalaridan foydalanish mumkin. Har bir q asosli sanoq sistemasida sonlarni qisqacha
quyidagicha ifodalash mumkin:
an-1 q
bunda ai
razryadlari.
n-2 1 0 —1 —^m
+ an—2 q +... + ai q + a0 q + a— i q +... + a—m q ,
sanoq sistemasining raqamlari; n va m - mos ravishda butun va kasr qismi
Hayotda
o’nlik sanoq
sistemasi keng foydalaniladi. Undan tashqari ikkilik sanoq sistemasi, shuningdek sakkizlik, o’n oltilik sanoq sistemalaridan ham foydalaniladi:
ikkilik sanoq sistemasida 0 va 1 raqamlari;
sakkizlik sanoq sistemasida 0, 1, ..., 7 raqamlari;
o’n oltilik sanoq sistemasida 0, 1, ..., 9 raqamlari bilan birga inglizcha A, B, C, D, E, F harflari ishlatiladi.
Sakkizlik va o’n oltilik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazish juda oson: sondagi har bir raqamni unga ekvivalent bo’lgan ikkilik triada yoki tetrada bilan almashtirish kifoya Masalan,
537, 18 = 101 011 111,0012 ; 1A3, F16 = 1 1010 0011, 11112
Ikkilik sanoq sistemasidagi sonni sakkizlik yoki o’n oltilik sanoq sistemasiga o’tkazish uchun sonni butun qismi o’ng tomonidan, kasr qismining chap tomonidan boshlab triadalarga (sakkilik) yoki tetradalarga (o’n oltilik) ajratib olinib, mos ekvivalent raqam bilan almashtiriladi. Masalan:
10101001,10111 = 10 101 001, 101 110 =251,56
Do'stlaringiz bilan baham: |