- 1-маъруза Стандартлаштириш асослари фанига кириш
- Режа:
- 1. Стандарт ва стандартлаштириш тушунчалари
- 2. Стандартлаштириш объекти
- 3. Стандартлаштириш идоралари
- Faraz qilaylik, endi dam olay deb, dam olish xonasiga kirib, chiroqni yoqqan edik, lip etib yondi-yu, o`chdi. Nima qilamiz? Darxol boshqa lampochkani olib, almashtiramiz. Xo`sh, buni nimasi g`ayri tabiiy? Siz bunda kuygan lampochkani o`rniga boshqasi aynan, ham kuchlanish bo`yicha, ham quvvati bo`yicha, ham o`lchamlari bo`yicha to`g`ri kelishini ostida qanchalar inson mehnati yotganligini hech o`ylab ko`rganmisiz?
- Odatda biz standart bo`yicha degan iborani ko`p ishlatamiz.
- Xo`sh standart nima? Standart so`zi inglizcha “Standart” so`zdan olingan bo`lib, me`yor, o`lcham, andoza degan ma`nolarni bildirib me`yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart - bu ko`pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma`lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo`naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo`lgan umumiy va takror qo`llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me`yoriy hujjatdir.
- Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijala-riga asoslangan va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
- Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va korxona miqyosida faoliyat ko`rsatadi.
- Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo`yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o`zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste`molchi oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo`naltirilgan.
- Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o`z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko`rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo`lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
- Standartlashtirish mahsulot muomalada bo`lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |