9.5-rasm. Yo’ldosh neftli gazlarni tseolitli tozalash qurilmasining printsipial sxemasi
Gaz oqimi ajratilgandan keyin adsorbsiya rejimida yuqoridan pastga ishlayotgan adsorberga beriladi. Tozalangan gaz adsorberdan sharli kranlar orqali chiqariladi va gazni o’ta kichik zarralardan tozalashga mo’ljallangan F-1 patronli filtr-chang tutgichga beriladi.
Quruq tozalangan gaz filtratsiya tugunidan keyin o’lchash tuguni orqali gazuzatmasiga tashiladi.
Adsorbentni regeneratsiyalash va sovutish A-1 va A-2 asorberlarda tozalangan gaz oqimiga qarshi oqim bilan uzatilgan gazning bir qismi bilan birgalikda olib boriladi.
Quruq tozalangan gaz quritilgan gazning kollektoridan quvurli fazo bo’ylab rekuperativ issiqlik almashinuv T-1 orqali o’tadi va P-1 zmeevik pechiga beriladi. Yoqilg’i gazi sifatida tozalangan gazdan foydalaniladi va u injektsiya xilidagi qazonlarda yoqiladi. Zmeevik pechida qizirilgan gaz kollektorga gazni regeneratsiyalash uchun kirib keladi va teskari yo’l bilan regeneratsiyaga berilgan adsorberga yo’naltiriladi. Gaz adsorber orqali o’tganda suvning bug’lari va vodorod sulfid bilan to’yinadi, keyin tsiklning oxirida quvurlar oralig’idagi fazo orqali T-1 issiqlik almashtirgichga beriladi. T-1 issiqlik almashtirgichdan keyin regeneratsiya gazi mash’ala ajratgichiga va mash’alaga beriladi.
Quruq tozalangan gaz quritilgan gaz kollektoridan teskari yo’l bilan sovutiladigan adsorberga beriladi. Sovutish gazi adsorber orqali o’tadi, qizdiriladi va gazni regeneratsiyalash kollektoriga olib chiqariladi, keyin esa T-1 rekuperativ issiqlik almashtirgichga yo’naltiriladi va u orqali mash’alaga beriladi.
Adsorbtsiya tugagandan keyin vaqt bo’yicha quyidagi ketma-ketlikda adsorberlarning ish rejimiga qo’shish olib boriladi:
1. To’yingan adsorberni xomashyo va quritilgan gaz bo’yicha uchirish.
2. Quritilgan adsorberni regeneratsiyalashga qo’shish.
3. Regeneratsiyalangan gazni regeneratsiyalangan asorberdan ajratish.
4. Regenereratsiyalangan adsorberni sovutishga qo’shish.
5. Sovutilgan adsorberni sovutiladigan gazdan ajratish.
6. Sovutilgan adsorberni adsorbtsiyaga qo’shish.
Xulosa:
Dunyodagi neft qazib olish bilan shug‘ullanadigan davlat va kompaniyalarning hamda shu jumladan respublikamizda ham neftning tarkibidan ajralib chiqadigan yо‘ldosh gazlarni (NTACHYG) utilizatsiya qilish muhim dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Neft qazib olishni va yо‘ldosh neftli gazlarni (NYG) qayta ishlashni muvozanat holatida bо‘lmaganligi uchun 170-180 mlrd. m3 gazlar (AQSH davlati – 50 mlrd. m3, Rossiya davlati – 40 mlrd. m3, Negiriya – 20 mlrd. m3, О‘zbekistonda – 1,5- 1,7 mlrd. m3) mash’ala orqali yoqib atmosferaga chiqariladi. Bu hajmda gazlarni atmosferaga chiqarish kammi yoki kо‘pmi degan savol tug‘iladi. Mash’alaga chiqariladigan gazning 1 m3 ham kо‘p bо‘ladi. О‘lkan iqtisodiy yо‘qotilish va atrof muhitga jiddiy xavf xatarni keltirib chiqaradi.
Yo’ldosh neft gazi neftni tayyorlash qurilmasidan gazni siqib bosimini oshirish tizimiga kirib keladi. Gazni siqib bosimini oshirish tizimida gazni GQHA (gazni qayta haydash agregatiga) kirishdan oldin gazni siqib bosimini oshirish, HSAda sovutish va kondensatsiyalangan suyuqlikni ajratish sodir bo’ladi. Gaz 7,5 MPa bosimgacha siqiladi va uni tayyorlash uchun GKTQga yo’naltiriladi. 9.3-rasmda yo’ldosh gazlarni past haroratli ajratishda turbodetanderdan foydalanib tayyorlashda qo’llaniladigan GKTQsining printsipial sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |