1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja


Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurusfaing



Download 1,17 Mb.
bet21/65
Sana18.04.2022
Hajmi1,17 Mb.
#559389
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
1. Maruza -

Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurusfaing bosh tomoni uzun qilga o‘xshash ingichka bo‘ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo‘g‘onlashib boradi. Qilbosh nematodalar asosan odamning yo‘g‘on ichagida parazitlik qiladi. Ular ayrim jinsli, erkagining uzunligi 30-40 mm bo‘lib, orqa uchi spiral kabi buralgan boiadi. Urg‘ochisining uzunligi 30-50 mm keladi. Qilbosh nematodaning oldingi uchida og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngach joylashgan. Tananing kengaygan orqa qismida esa o‘rta va orqa ichaklar, orqa chiqaruv teshigi va jinsiy organlar sistemasi joylashgan. Qilbosh nematodalar bosh qismini o‘z xo‘jayini ichak devorining shilimshiq qavatiga sanchgan holda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning urugiangan tuxumlari xo‘jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum yetarli namlik va harorat boigan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg‘ochi qilbosh nematoda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo‘yadi. Qulay sharoitda tuxum 20-30 kunda yuqumli holatga keladi.
Odam ko‘pincha yuvilmagan sabzavot-mevalami iste’mol qilganida qilbosh nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda taxminan bir oydan keyin voyaga yetadi. Bu nematodalar odam organizmida 5 yilgacha yashashi mumkin.
Qilbosh nematodalar trixotsefalyoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik yer sharining hamma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko‘p uchraydi. Qilbosh nematoda asosiy xo‘jayini hazm organlarini yalligiaydi va bir qator mikroorganizmlaming tushishiga y o i ochadi. Nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallangan odamlar vermoks (mebendazol), difezil, naftamon, osarsol va timak kabi dorilar bilan davolanadi.
Chorva mollarda ham qilbosh nematodalaming bir necha turlari parazitlik qiladi. Masalan, cho‘chqalarda - cho‘chqa qilbosh nematodasi (Trichocephalus suis), qo‘y, echki va qoramollarda - Trichocephalus ovis, Trichocephalus skijabini kabi turlari parazitlik qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya qilish, meva va sabzavotlami yuvib iste’mol qilish, axlatlami dalaga ishlatishdan oldin zararsizlantirish, hojatxonaga so‘ndirilmagan ohak sepish kabi chora-tadbirlami amaiga oshirish lozim,Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancvlostoma duodenal^ odamlaming 12 barmoqli ichagida parazitlik qilib yashaydi. Parazitning bosh qismi egilgan, qiyshiq boiib, unda rivojlangan ogiz kapsulasi joylashgan.
Og'iz bo‘shlig‘ida o‘tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga o‘xshash “tish”lari bo‘lib, ular yordamida parazit o‘z xo'jayini ichagi shilliq pardasiga yopishib qon so‘rib oziqlanadi. Qon so‘rgani uchun ham parazitning rangi qizg‘ish boiadi. Ular ayrim jinslidir, urg‘ochisining tana uzunligi 10-18 mm, erkaginiki esa 8-10 mm atrofida boiadi. Erkagining orqa uchida bursa va spikula joylashgan. Qiyshiqbosh nematoda geogelmintdir. Urugianishi xo‘jayini ichagida o‘tadi.
Urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin urugiangan tuxum qo‘yadi. Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay haroratda (26-30°C da) bir-ikki kun ichida lichinka chiqadi. Bir hafta davomida lichinka 2 marta tullab, yuqumli (invazion) davrga о ‘tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati pasayganda, 1 m pastga tushadi. Harorat ko‘tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi va tuproqda 18 oygacha o‘z hayotchanligini saqlab qoladi.
Odamlaming egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro‘y beradi. Bunda odam go‘ng va har xil axlatlar tashlangan dalalarda hamda polizlarda oyoqyalang yurganida parazit lichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kirgan joylarda har xil toshmalar hosil boiib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib shishadi. Odam organizmiga kirgan lichinkalar terming mayda qon tomirlari orqali vena qon tomiriga o‘tadi va organizm bo‘ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar qon bilan oyoqdan o‘pkaga, so‘ngra halqumga o‘tadi. Bu yerda odam lichinkalami yutib yuboradi, bunday lichinkalar 12 barmoqli ichakka borib o‘mashadi va tekinxo‘rlik qilib, jinsiy voyaga yetadi. Egribosh nerpatodalar ichak devorida yaralar hosil qiladi va xo‘jayini qonini so‘rib oziqlanadi. Bunday odam ozadi, ichakdan qon oqadi,natijada bemor kamqon boiib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bilan og‘iz orqali (suv va oziq-ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin.
Qiyshiqbosh nematoda xususan janubda, namgarchilik ko‘p boigan joylardagi aholi o‘rtasida, ayniqsa, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan, shaxtalarda ishlaydigan odamlar o‘rtasida keng tarqalgan. Umuman, egribosh nematoda tug‘diradigan kasallik ankilostomoz deb atalib, rasmiy maiumotlarga qaraganda, yer yuzida u bilan 500 mln. ga yaqin odam kasallangan. Bu kasallik MDHda Kavkaz ortida, Qozog‘iston va 0 ‘rta Osiyo respublikalarida yashovchi aholi o‘rtasida ham uchraydi. 0 ‘zbekistonda Toshkent, Sirdaryo,Andijon, Farg'ona va Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh nematodalar odamichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun,avvalo, egribosh nematodalar uchraydigan joylarda oyoqyalang yurmaslik, yer va o‘t usti da yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va ovqatga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda aholi o‘rtasida muntazam ravishda degelmintizatsiya o‘tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, iste’mol qiladigan sabzavot va ko‘katlami qaynoq suvda yuvish,hovuz suvini qaynatib ichish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim. Ankilostomoz bilan og‘rigan odamlar kombantrin, vermoks, naftamon, tetraxloretilin kabi dorilar bilan davolanadi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish