1-ma’ruza: parazitologiya faniga kirish. Parazitlarni xo’jayinlari bilan bog’lanishi. (2 soat ) Reja



Download 1,17 Mb.
bet17/65
Sana18.04.2022
Hajmi1,17 Mb.
#559389
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
1. Maruza -

21-rasm. Fasciola hepaticaning taraqqiyot sikli sxemasi: 1-jinsiy voyaga ytgan shakli (marita); 2-asosiy xo’jayinlari; 3-tuxum; 4-miratsidiy; 5-oraliq xo’jayin-mollyuska; 6-sporotsista; 7-yosh rediya; 8-yetilgan rediya; 9-serkariya; 10-adoleskariya;11-o’tga yopishgan adoleskariyalar
Demak, serkariylar ma'lum darajada voyaga yetgan jigar qurtiga o'xshaydi. Serkariylar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasidan suvga chiqadi. Serkariyalar ham miratsidiylar singari oziqlanmaydi. Ma'lum vaqt (24-48 soat) suvda suzib yurib, so'ngra yumaloqlanadi, dumi tushib ketadi va o'zidan chiqqan po'stga, ya'ni sistaga o'ralib, adoleskariy deb ataladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi yoki ko'pincha suv o'tlariga yopishgan holda suv ostiga cho'kib, uzoq vaqt tiriklik xususiyatini saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) holat hisoblanadi. Ular o't va suv orqali asosiy xo'jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam organizmiga o'tadi. Xo'jayini ichagida sistaning qobig'i eriydi, yosh parazit hayvonning ichak devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali jigar o't yo'llariga o'tadi va u yerda jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi. Shunday qilib, miratsidiyning mollyuska organizmiga kirib serkariyga aylanishiga qadar 60-90 kun kerak bo'ladi. Partenogenetik yo'li bilan ko'payib, bitta miratsidiydan 600-800 tagacha serkariylar yetishib chiqadi. Asosiy xo'jayini organizmiga kirgan adoleskariylar 2,5-4 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy xo'jayinlar organizmida o'rtacha 10-12 oydan 3-5 yilgacha, ba'zan esa 10 yildan ortiq hayot kechiradi.
Fasciolyoz O’zbekistonning barcha viloyatlarida uchrab, sug’oriladigan, tog’ oldi va tog’ hududlarida hamda suv havzalari mavjud bo’lgan yaylovlarda tarqalgan.
F.hepatica zoogeografik belgilari bo’yicha kosmopolit tur hisoblanadi, shunga ko’ra u barcha mamlakatlarda tarqalgan. Uning tur areali doirasida bir-biridan morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiluvchi populyatsiyalari mavjud (yapon, amerika va avstraliya shakllari).
F.hepatica O’zbekistonning Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasidan tashqari barcha hududlarda tarqalgan.
F.gigantica - kosmopolit emas, dunyoning faqatgina issiq iqlimli mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu tur fastsiola hozirgi paytda O’zbekistonning barcha hududlarida uchraydi. U Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida fastsiolyozning yagona qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Boshqa viloyatlarda esa F.hepatica bilan aralash holda uchraydi. Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik fasciolyoz deyiladi. Bu kasallik qo'zg'atuvchilari ko'proq sersuv to'qayzorlarda, chuchuk suvlari ko'p bo'lgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni almashtirmasdan kasal hayvonlarni bir joyning o'zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o'z tezagi 'bilan uzluksiz parazit tuxumlarini chiqarib turadi. Jigar qurti asosan qon va jigar to'qimasi bilan oziqlanib, o'z xo'jayiniga katta ziyon yetkazadi. Bu parazit jigardagi o't yo'ilarida ohak to'planishi va uning bekilishi tufayli jigarda og'ir kasallik tug'diradi. Hayvonlarning ishtahasi pasayib, ozib ketadi, ichi ketadi. Yosh mollarning o’sishi sekinlashadi, sigirlarning sut mahsuloti kamayadi. Surunkali fasciolyozda qoramolar va qo’ylarning jag’ ostida, ko’krak qismida shishlar paydo bo’ladi. Ba’zan bola tashlash ham kuzatilishi mumkin. Kasallik davolanmasa o'lim bilan tugaydi.Fasciolyoz yer yuzida keng tarqalgan. Prof. N.V. Demidovning rna'lurnotiga qaraganda MDH mamlakatlarida har yili chorva mollarining fassiolyoz kasalligidan nobud bo'lishi natijasida 1500-2500 tonna go'sht va bir million tonnadan ortiq sut yo'qotiladi. Bu kasallik O'zbekistonda ham keng tarqalgan bo'lib, mahsuldor mollarning 35,9-65,5 %i fassiolyoz bilan kasallangan. Fasciolyoz barcha yoshdagi qishloq xo’jalik hayvonlarida parazitlik qiladi. Hayvonlarning kasallanishi bahor oylaridan boshlanadi, yoz va kuzda fastsiolalar bilan zararlanish kuchayadi, qish oylarida ham davom etadi. Fasciolyozning kechishi va uning klinik belgilari parazitlik kiladigan fastsiolalar soniga, yoshiga, turiga, hayvonning fiziologik holatiga, saqlanish va oziqalanish sharoitiga bog’liq. Fasciolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalarni o'ldiradigan va ularni hayvon tanasidan hay dab chiqaradigan dorilar (angelmintlar) beriladi. Sunday preparatlarga uglerod IV-xlorid, geksaxlorparaksilol, filiksan, geksaxloretan, dertil "O", "B", geksixol, asemidofen, faskoverm, disalan, bitionol va boshqalar kiradi. Hayvonlarga fasciolyoz yuqtirmaslik uchun, avvalo, yaylov va suv manbalarida jigar qurti lichinkalarining tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, fasciola yuqishidan saqlash, tezaklarni zararsizlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini tartibga solish, botqoqliklarni quritish, fassiola lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalarning bio-toplarini mis kuporosi, dixlosalitsilanilid, ammiak selitrasi eritmasi bilan ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko'rish kerak. Odamlar ham fassiolyoz bilan kasallanishi mutnkin. Bunda odamlar tasodifan jigar qurtining ko'zga ko'rinmas lichinkalari (adoleskariylari) bor bo'lgan hovuz, ko'l va xalqob suvlarni ichganda yoki bar xil suv o'tlarini yuvmasdan iste'mol qilganda ularni o'zlariga yuqtiradi. Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq kishi fasciolyoz kasalligi bilan og'rigan. Olimlarning tekshirishicha bu odamlar botqoqlikda o'sadigan krest-salat o'tini iste'mol qilib, bu kasallikni o'zlariga yuqtirganlar. Umuman, odamlar bu kasallik bilan og'rimasligi uchun, avvalo oqmaydigan suvni qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqliklarda o'suvchi o'tlarni yaxshilab yuvib iste'mol qilishlari kerak. Kasallangan odamlar albatta xloksil preparati bilan davolanishlari lozim. Hamma so'rg'ichlilarning hayot sikli ham jigar qurtinikiga o'xshamaydi. Ko'pchilik so'rg'ichlilar uchun suv shillig'i birinchi oraliq xo'jayin hisoblanadi. Ularnnng suv shillig'i tanasidan chiqqan serkariya lichinkasi ikkinchi oraliq xo'jayin (har xil mollyuskalar, baliqlar, itbaliq, suv hasharotlari lichinkalari va boshqa hayvonlar) tanasiga o'tib, o'z rivojlanishini davom ettiradi. Serkariya ikkinchi oraliq xo'jayinda dumini yo'qotib, yupqa tiniq po'st bilan o'raladi, ya'ni sista hosil qiladi. Parazit bu davrda metatserkariy deyiladi. Agar metatserkariyli hayvonni boshqa biror yirikroq hayvon oziq bilan birga yeydigan bo'lsa, uning tanasida parazit voyaga yetadi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish