7-MA’RUZA: Karbon kislotalar.
Reja:
Karbon kislotalarning tabiatda uchrashi,
Gomologik qator.
Tuzilishi va nomlanishi,
Olinish usullari.Elektron tuzilishi
Fizik kimyoviy – xossalari, izomeriyasi.
Tayanch iboralar: Karboksil gruppa, karbon gruppa, kislota aminlari, murakkab efirlar, etrifikatsiya, dikarbon, aromatic kislotalar, yog’lar.
-oksikarbon kislotalar, laqtid, laqton optic izomeriya asimmetrik uglerod atomi.
Molekulasida karboksil gruppa - COOH bo’lgan moddalar karbon kislotalar deb ataladi. Karbon kislotalar karboksil gruppalarining soniga ko’ra bir asosli, ikki asosli va ko’p asosli bo’ladi. Masalan: sirka kislota CH3COOH va moy kislota C3H7COOH bir asosli, oksalat kislota HOOC—COOH va malon kislota COOH CH2 — COOH ikki asosli kislotalardir. Karbon kislotalar to’yingan va to’yinmagan, shuningdek ochiq zanjirli va xalqali tuzilishiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |