S
pirtlarning birikishi. Atsetilen uglevodorodlari ishqorlar yoki alkogolyatlar ishtirokida spirtlarni biriktirib olib, oddiy vinil efirlarini hosil qiladi:
H
osil bo’lgan vinil efirlari yana spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, atsetallarni hosil qilishi mumkin:
Butil spirtining atsetilen bilan hosil qilgan efiri–vinil butilefiri Shastakovskiy balzami nomi bilan mashhur bo’lib, o’n ikki barmoqli ichakni davolashda ishlatiladi.
O
rganik kislotalarning birikishi. Organik kislotalar atsetilen bilan birikib, murakkab vinil efirlarini hosil qiladi. Masalan, sirka kislota 2000C da rux atsetati ishtirokida atsetilen bilan birikib vinilatsetatni hosil qiladi:
Vinilatsetat yelimlar olishda, organik shisha tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |