Fizik xossalari. Atsetilen, metil va etilatsetilenlar oddiy sharoitda gazsimon, dimetilatsetilendan boshlab esa suyuq holatda bo’ladi. Atsetilen havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Yonganda harorat 30000C gacha yetadi. Shuning uchun atsetilen metallarni qirqish va payvandlashda ishlatiladi.
Atsetilen uglevodorodlarining fizik xossalari uchbog’ning joylashuviga bog’liq bo’ladi. Atsetilen uglevodorodlarining zichligi hamda nur sindirish ko’rsatkichlari tegishli olefinlarga va parafinlarnikiga qaraganda katta.
Infraqizil spektrlarda 2100-2300 sm-1 oralig’ida uchbog’ning valent tebranishlari uchun xarakterli yutilish chiziqlari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |