AYRIM VAKILLARI
Geksozalar. Geksozalardan eng muximlari: D-glyukoza, D- mannoza, D - galaktoza va D - fruktozalar bilan tanishib chiqamiz.
D - glyukoza (uzum shakari).
D-glyukoza tabiatda keng tarqalgan bo’lib erkin xolda daraxt mevalarida uzumda, asalda, odam va xayvonlar organizmida uchraydi. Sanoatda glyukoza asosan, kraxmalni mineral kislotalar ishtirokida gidroliz qilib olinadi.
Mannoza tabiatda polisaxarid mannonlar xolida uchraydi.
Mannonlar asosan yongoq po’chogida va ayrim palmalarning mevasi tarkibida bo’ladi.
D - galaktoza; glyukozaning tabiatda keng tarqalgan fazoviy izomeridir. U asosan birikma xolida sut shakari tarkibida bo’ladi. Sut shakarining gidrolizlanishi natijasida D-glyukoza xosil bo’ladi.
D-fruktoza. U shirin mevalar, qamish shakari (saxaroza) va asal tarkibida glyukoza bilan birgalikda uchraydi. Fruktoza tabiiy polisaharid –inulin tarkibiga kiradi. Uni asosan gidrolizlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |