Analitik reaksiyalarini bajarish usullari
Analitik reaksiyalar asosan 2 xil: "ho’l" va "quruq" usulda olib boriladi. Agar reaksiyalar qattiq moddalar bilan olib borilsa, u holda bu reaksiyalar quruq usulga kiradi. Eritmalar bilan olib boriladigan reaksiyalar ho’l usulga kiradi. Quruq usuldagi reaksiyalarni bajarish uchun reaktivlar aralashmasini yuqori temperaturagacha qizdirish yoki aniqlanayotgan qattiq moddani ikkinchi qattiq reaktiv bilan ishqalash lozim. Masalan, tiosionat CNS- ionini aniqlash uchun KCNS olib, uni chinni kosachada Fe(NO3)3 tuzi bilan ishqalansa, u=-09876izil qon tuzi hosil bo’lishi tufayli aralashma qizil rangga kiradi:
Fe3+ + 3CNS-= Fe(CNS)3 kizil kon tuzi
Quruq usuldagi reaksiyalarga alanga rangini bo’yash reaksiyalari ham kiradi. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi ba'zi elementlar gorelka alangasida yonganda alangani shu elementga xos rangga kiritadi. Reaksiyani bajarish uchun tozalangan plastinka yoki xromlangan sim tekshirilayotgan eritma bilan ho’llanadi va rangsiz alangaga kiritiladi. Hosil bo’lgan alanga rangiga qarab eritmada qanday ion borligi aniqlanadi. Masalan, Na+ alangani sariq, K+ - binafsha rangga kiritadi va h.k.
Quruq usuldagi reaksiyalar sanoatda juda cheklangan miqdorda qo’llaniladi, chunki ayrim ionlargina rang hosil qilish xususiyatiga egadir. Bu reaksiyalardan, asosan laboratoriyalarda va geologlarning dala tekshirish ishlarida foydalaniladi.
Amalda, sifat analizida, asosan, eritmalardagi reaksiyalar, "ho’l" usulda olib boriladigan reaksiyalar qo’llaniladi. Bunda analiz qilinayotgan namuna avval erituvchida eritilib, so’ngra tekshirish olib boriladi. Erituvchi sifatida distillangan suv, mineral kislotalar sulfat, nitrat, xlorid eritmalari, ishqorlar, spirtlar ishlatiladi. Agar tekshirilayotgan modda yuqorida ko’rsatilgan erituvchilarda erimasa, u holda yuqori temperaturada eritish usullaridan foydalaniladi. Eritish reaksiyalari mufel pechlarda 800-1000°C da va mo’rili shkafda olib boriladi. Analiz q ilinayotgan modda avval chinni hovonchada maydalaniladi, keyin qotishma hosil qiluvchilar (quruq Na2C03+K2C03 aralashmasi) bilan aralashtiriladi va so’ngra isitgichlarga qo’yiladi. Analiz qilinayotgan modda isitgichda berilgan aralashma bilan birikib, eruvchan tuzlarni hosil qiladi. Masalan: kalsiy silikat CaSiO3 suvda, kislota, ishqor va spirt larda erimaydi. Lekin qotishmaga o’tkazish natijasida u NaSiO3 tuzi holiga o’tadi, suvda eriydi, hosil bo’lgan CaC03 ham kislotada eriydi:
CaSiO3+ Na2C03 → CaC03 + NaSiO3
↓CaC03+ 2HC1 = CaCl2 +H2CO3
Kimyoviy sifat analizida yarimmikroanaliz usulining ko’pgina afzalliklari borligi ilgari aytib o’tilgan edi. Bunda tekshirilayotgan moddaning og’irligi yoki hajmiga qarab, reaksiyalar probirkada tomchi va mikrokristalloskopik usullarda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |