Sifat va miqdoriy analizning mikro- va yarimmikro usullarida analitik effekt ko’z bilan kuzatilsa, mikro - ultramik-ro- va submikro usullarda maxsus asboblar: lupa yoki mikroskop, mikrotarozi, mikrobyuretkalar va boshqalardan foydalaniladi.
Analitik reaksiyalarning asosiy turlari
Analitik reaksiyalar kimyoviy jarayonlar bo’lib, elementlarni ajratish, topish va miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Kimyoviy o’zaro ta'sirlanish xarakteriga qarab analitik reaksiyalar ham almashinish, biriktirib olish, parchalanish, ajratish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga bo’linadi. Analiz uchun ko’pincha almashinish reaksiyalaridan foydalaniladi.
Misollar: a) Cho’ktirish, ya'ni geterofazali reaksiya, qattiq faza – cho’kma hosil bo’ladi:
MgC12+2NaOH= ↓ Mg(OH)2+2NaC1
Bu reaksiyaning teskarisi – cho’kmaning erishi:
↓ Mg(OH)2+2HC1 = MgC12+2H20
b) Neytrallash reaksiyasi, ya'ni kislota va asoslar orasida boradigan reaksiyalar - tuz va suv hosil bo’ladi:
HC1 + NaOH= NaCl + H20
v) Gidrolizlanish reaksiyasi, ya'ni moddaning suv bilan o’zaro reaksiyaga kirishishi:
KNO2+H2O↔ KOH+ HNO2
Biriktirish reaksiyalaridan analitik kimyoda keng foydalaniladigani kompleks hosil qilish reaksiyasidir. Kompleks modda ikkita yoki ko’proq, oddiy birikmalarning assosilanishi (birikishi) natijasida hosil bo’ladi. Sharoitga qarab, kompleks birikmani tashkil qilgan moddalar alohida molekulalar holida bo’lishi ham mumkin:
CuS04↓+4NH3 → [Cu(NH3)4]S04
Kompleks ionlarining xossasi uni tashkil qilgan moddalar xossalaridan keskin farq qiladi, shuning uchun kompleks hosil qilish reaksiyalari analitik aniqlashning hamma turlarida keng qo’llaniladi:
a) elementlarni, ya'ni ionlarni topishda:
CoC12+4NH4SCN = (NH4)2[Co(SCN)]4+2NH4Cl
b) ionlarni masalan, Fe3+ va Co2+ ni bir-biridan ajratishda:
Fe3++3NH4OH = ↓Fe(OH)3 + 3NH4+
Co2+ +6NH4OH = [Co(NH3)6]2+ +6H20
v) cho’kmalarni eritishda:
PbJ2+2KJ = K2[PbJ4]
g) xalal beradigan qo’shimcha ionlarni niqoblashda, masalan, tarkibida Cu2+ va Cd2+ ionlari bor moddaga H2S ta'sir ettirilganda Cu2+ ionni eritmada qoldirish uchun CN- ioni qo’shiladi. U Cu2+ bilan barqaror kompleks ionlar holida bog’lanadi:
Cu2+ +4CN- = [Cu(CN)4]2-
Shundan keyin Cd2+ ionini H2S ta'sirida topish mumkin.
Ba'zi parchalanish reaksiyalarida gaz ajralib chiqadi:
H2S03→ H20+S02↑
Bunday reaksiyalardan xalal beradigan ionlarni ajratishda, metall bo’lmagan ionlarni topishda va miqdoriy aniqash (volyumetriya)da keng foydalaniladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi elementlarni topish va miqdoriy aniqlash usullarining asosini tashkil qiladi. Bunday reaksiyalar biror atom, molekula yoki ionning elektron qabul kilishi, ikkinchi atomning elektron yo’qotishi bilan sodir bo’ladi:
2H2S + H2C03=2S ↓ +3H20+C02
H2CO3 + 4H+ + 4 e- = C02 + 3H20 (qaytarilish)
H2S - 2 e- = S2- + 2H+ (oksidlanish)
Do'stlaringiz bilan baham: |