Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kim
Optik analiz usullariga spektrofotometriya, fotometriya, alanga fotometriyasi, atom absorbtsion analiz va lyuminestsent analiz kabi usullar ham kiradi.
Elektro kimyoviy analiz usuli. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi aniqlanayotgan moddaning elektrokimyoviy xususiyatlardan foydalaniladigan bir qancha analiz usullari mavjud. Potentsiometrik, konduktometrik, polyarografik va elektrogravimetrik usullar xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga oid laboratoriyalarda muvaffaqiyat bilan qo’llanilib kelmoqda.
Potensiometrik usul. Eritmaga tushirilgan elektrodda vujudga keladigan potensialni o’lchashga asoslangan. Potensialning kattaligi eritmadagi ionlar konsentratsiyasiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Masalan, mis elektrodning potensiali kattaligi u tushirilgan mis (II) sulfat eritmasidagi mis (II) ionlarini konsentratsiyasiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Ana shu bog’lanish boshqa metallar va ularning eritmalari orasida ham mavjud va u yordamida eritmadagi ionlar konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Bunda metall eletrod tarkibidagi tuz konsentratsiyasi noma‘lum eritmaga tushiriladi va elektrodda paydo bo’lgan potensial o’lchanadi.
Konduktometrik usul. Temperaturaning ma‘lum qiymatida eritmadagi elektrolit konsentratsiyasi bilan eritmaning elektr o’tkazuvchanligi orasidagi bog’lanishga asoslangan. Odatda eritmaning konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, uning elektr o’tkazuvchanligi shuncha katta bo’ladi. Shunga ko’ra konduktometrik usuldan miqdoriy analizda samarali foydalanish mumkin.
Polyarografik analiz usuli ham tekshirilayotgan eritmani elektroliz qilishga asoslangan. Bunda polyarografdan foydalaniladi. Bu usulni 1922 yilda chex olimi Ya.Geyrovskiy tomonidan taklif etilgan polyarografik usulining boshqa usullarga nisbatan ba‘zi bir qulayliklari mavjud. Birinchidan, analiz tez bajariladi va sezgirlik darajasi ancha yuqori . Ikkinchidan analiz natijasi to’la ishonchli bo’ladi. Chunki analizda o’ta sezgir galvanometrdan foydalaniladi. Uchinchidan, ayrim ionlarni boshqa ionlar ishtirokida aniqlash mumkin, ya‘ni ionlarni bir-biridan ajratishdek murakkab va ko’p vaqt talab etuvchi jarayonlar bo’lmaydi. Texnikada tarkibida 0,001 % metall bo’lgan namunalar 1% ga yaqin aniqlik bilan topilishi mumkin.
Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementni elektroliz yordamida elektrod yuzasida cho’ktirishga asoslangan. Bunda elektrod yuzasi tozalanadi va uning massasi o’lchanadi, so’ng tekshirilayotgan eritmaga tushiriladi, elektroliz tugagandan so’ng elektrodning massasi yana aniqlanadi. Elektrod massalarining farqidan foydalanib, eritmadagi element ( yoki modda) miqdori to’g’risida xulosa chiqariladi. Elektr toki bunda cho’ktiruvchi “Reaktiv” vazifasini o’taydi. Cho’kish elektrodlardan birida ro’y beradi.